Yangiliklar

not found

2024 yil 1 apreldan nimalar oʼzgaradi?

Tibbiy xizmatlarga QQS imtiyozlari bekor qilinadi. Quyidagi savdo aylanmasi boʼyicha QQS toʼlanadi: ➖ tibbiy xizmatlar;➖ veterinariya xizmatlari;➖ dori vositalari;➖ veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʼljallangan buyumlar. Shuningdek, 2024 yil 1 apreldan boshlab, Oʼzbekiston hududiga olib kirishda quyidagilar boʼyicha QQS toʼlanadi: ♦ dori vositalari;♦ veterinariya dori vositalari;♦ tibbiyot va veterinariya uchun moʼljallangan buyumlar, shuningdek, qonunchilikda belgilanadigan roʼyxat boʼyicha olib kiriladigan xomashyo. Shuningdek: ➖ Subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar tadbirkorlik subʼektlariga barqarorlik reytingidagi oʼrnidan kelib chiqqan holda ajratiladi va qoʼllaniladi. ➖ 2024 yil 1 apreldan boshlab nogironligi boʼlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlarida bolalar reabilitatsiyasi boʼlimlari tashkil etiladi. ➖ ijtimoiy himoya milliy agentligiga protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan elektron tijorat orqali vaucher asosida taʼminlashni toʼxtatmagan holda, 2024 yil 1 apreldan 2026 yil 1 aprelga qadar elektr yuritmali kreslo-aravacha va eshitish moslamalarini markazlashtirilgan tartibda xarid qilish va muhtoj shaxslarga yetkazib berish vakolati beriladi;  ➖ “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida pulli xizmat koʼrsatish tartibi joriy etiladi. Bunda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida koʼrsatiladigan pulli xizmatlar roʼyxati agentlik tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; ➖ maxsus axborot platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining raqamlashtirishga masʼul oʼrinbosarlari va xodimlari raqamlashtirish sohasidagi qoidalar va qonunchilik talablari boʼyicha «hayot davomida taʼlim olish» tamoyili asosida oʼqitiladi.

  • 28 Mart, 11:48
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech