12:00 (05.10.2026)
124
Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan "sirli mijoz" tadbirlarida ayrim dori vositalari belgilangan narxdan 6 barobargacha qimmat sotilgani aniqlandi.
Jumladan:
“SHUNQORLAR” MCHJga qarashli dorixonada:
➖“POLIMIK® blisterы №10(1x10)” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan narxi 12 837,18 soʻm boʻlsa-da, 5,5 barobar qimmatga yaʼni, 70 000 soʻmdan taklif etilayotganligi;
➖“KONVULEKS® Kapli dlya priyema vnutr 300mg/ml” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan narxi 66 481 soʻm boʻlsa-da, 6 barobar qimmatga yaʼni, 395 000 soʻmdan taklif etilayotganligi aniqlandi.
“MUNO FARM” MCHJga qarashli (Qoraqamish 2/5-mavzesi) dorixonada:
➖ “STIMULOTON Tabletki pokrыtыe obolochkoy 50mg blisterы№30(3x10)” dori vositasi narxi soʻralganida sotish uchun ruxsat etilgan narxi 50 666,17 soʻm boʻlsa-da, 6 barobar qimmatga yaʼni, 295 000 soʻmdan taklif etilayotgani aniqlandi.
“CITY FARM” MCHJga qarashli dorixonalarda:
➖“BAKTAMED 3.5ml ampulы” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan narxi 18 849,43 soʻm boʻlsa-da, 3,3 barobar qimmatga yaʼni, 63 000 soʻmga sotilgani;
➖“NO-SHPA® 40 mg/2 ml ampulы №25” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan narxdan qimmatga sotilgani maʼlum boʻldi.
“HOSIL FARM” MCHJga qarashli dorixonada:
➖“Lantus® SOLOSTAR® 100 YED/ml 3ml №5(1x5)” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan 20 foiz ustama qoʻyilgandagi narxi 115 173,3 soʻm boʻlsa-da, 80 foiz ustama qoʻyilib, 190 000 soʻmga;
➖“SLIDERON Tabletki 16 blisterы №20(2x10)” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan narxi 115 677,1 soʻm boʻlsa-da, 3 barobar qimmatga yaʼni, 349 000 soʻmga sotilgan.
“AMIR FARM TRADE” MCHJga karashli dorixonada “BAKTAMED 0,5% 3.5ml ampulы” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan narxi 18 849,43 soʻm boʻlsa-da, 20 foiz oʻrniga 100 foiz ustama qoʻyilib, 32 000 soʻmga sotilgan.
“FERUZA NUR MED” MCHJga karashli dorixonada “POLIMIK® blisterы №10(1x10)” dori vositasini sotish uchun ruxsat etilgan narxi 12 837,18 soʻm boʻlsa-da, narxdan 5 barobar qimmatga yaʼni, 62 000 soʻmga sotilgan.
“LEADER PHARMGROUP” XK, “PHARM S GOLDEN” MCHJ va “RUSLAN BUYUK FARM” MCHJga qarashli dorixonalarda “NO-SHPA® 40 mg/2 ml ampulы №25” dori vositasi ham belgilangan narxdan yuqori narxda sotilgani aniqlandi.
Yuqorida aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan, belgilangan tartibda koʻrsatma berilib, litsenziya talablari boʻyicha qayta koʻrib chiqish uchun tegishliligi boʻyicha vakolatli organga soʻrov yuborildi.
"Sirli mijoz" tadbirlari belgilangan tartibda tizimli ravishda davom ettiriladi.