Yangiliklar

not found

Xitoyda dunyodagi birinchi sun’iy intellekt shifoxonasi ochiladi

Pekinning Sinxua universiteti to‘liq sun’iy intellekt bilan ishlaydigan dunyodagi birinchi shifoxonaga asos soldi. “Agent shifoxonasi” deya nomlangan bu muassasada 14 nafar virtual shifokor va 4 nafar hamshira faoliyat ko‘rsatadi. Bu haqda Medium nashri xabar berdi. Virtual tibbiyot xodimlari kuniga 3 000 nafargacha bemorga tashxis qo‘yish, davolash va boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Tizim bir necha kun ichida 10 ming holatni ko‘rib chiqadi — bu shifokorlar ikki yilda bajaradigan ish. Bu, ayniqsa, mutaxassis yetishmaydigan hududlarda as qotadi. Robot shifokorlar AQSHning tibbiy litsenziyalash imtihonidan 93 foizdan ortiq aniqlik bilan o‘tishga muvaffaq bo‘lishgan. Ular avvalgi tibbiy sun’iy intellekt tizimlaridan farqli o‘laroq, faqatgina tasvirlarni tahlil qilib qolmay, bir nechta sohalarda mutaxassislik xizmatini taklif etadi. “Bu texnologiya mavjud tibbiy sun’iy intellektdan tubdan farq qiladi. Ular avvalgi tibbiy sun’iy intellekt tizimlaridan farqli o‘laroq, nafaqat tasvirlarni tahlil qiladi, balki bir nechta yo‘nalishda mutaxassislik xizmatini ham taklif etadi”, deydi loyihaning yetakchi tadqiqotchisi doktor Lixua Chjan. AQSH tibbiy litsenziyalash imtihonidan o‘tkazilganda, virtual shifokorlar 93,06 foiz aniqlik bilan muvaffaqiyat qozongan. Bu ko‘plab mamlakatlar tibbiyot bitiruvchilari uchun o‘rtacha o‘tish darajasidan yuqori. Bemorlarga g‘amxo‘rlik qilishdan tashqari, bu kasalxona tibbiy ta’lim uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlarni taqdim etadi. Tibbiyot talabalari ushbu virtual muhitda malaka oshirishi mumkin bo‘ladi. Bu ularga haqiqiy bemorlarga hech qanday xavf tug‘dirmasdan sohasida rivojlanishga yordam beradi. Ushbu shifoxona katta texnologik yutuq bo‘lsa-da, hali ommaga taqdim etilganicha yo‘q.

  • 13 May, 11:36
  • Batafsil
not found

Diabetni erta aniqlovchi ignasiz qurilma yaratildi

Yaponiyalik olimlar qandli diabetni og‘riqsiz va ignasiz aniqlaydigan yangi usulni yaratishdi. Bu usul inson organizmidagi shakar miqdorining kundalik o‘zgarishlarini maxsus qurilma orqali kuzatadi va kasallik xavfi haqida erta ogohlantiradi. Bu haqidagi tadqiqot natijasi «Communacation Medicine» jurnalida maqola chop etildi. Tokio universiteti tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan bu texnologiya maxsus «uzluksiz glyukoza nazorati» (CGM) qurilmasidan foydalanadi. Bu qurilma organizmdagi shakar miqdorini kun bo‘yi kuzatib boradi. Odatda diabet testlari uchun qon olish kerak bo‘ladi, ammo bu usulda bunday og‘riqli amaliyot talab etilmaydi. Tadqiqotda qatnashgan sog‘lom odamlarda maxsus algoritm yordamida shakar miqdorining tebranishi tahlil qilindi. Bu natijalar asosida olimlar kasallik boshlanishidan ancha oldin shakar boshqaruvida muammo borligini aniqlay olishdi. Ya’ni, oddiy testlarda sog‘lom deb topilgan odamlar aslida diabet xavfiga ega ekani ma’lum bo‘ldi. Yangi usul hatto yurak xastaligi kabi diabet asoratlarini ham oldindan bashorat qilishda foydali bo‘lishi mumkin. Shuningdek, olimlar bu tahlilni mustaqil ravishda bajarish uchun veb-ilova ham yaratishdi. Endilikda har kim ushbu qurilma va dastur orqali shakar miqdorini tekshirishi, xavfni erta bilib, chora ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Mutaxassislar fikricha, bu texnologiya diabetni erta aniqlash va uning og‘ir asoratlarining oldini olishda katta imkoniyatlar yaratadi. Eng asosiysi — bu usul ignasiz, qulay va hammaga tushunarli.

  • 12 May, 14:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech