17:41 (23.06.2026)

29

Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–115-son, 23.06.2026-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 7 foizga oshiriladi. Bunda:

▪️ yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 983 000 so‘m;

▪️ nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 083 000 so‘m;

▪️ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

➖ 3 yoshgacha bo‘lgan 1 ta kichik farzandi uchun – 386 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 1 ta farzandi uchun – 295 000 so‘m;
➖ oilaning 2-farzandi uchun qo‘shimcha – 177 000 so‘m;
➖ oilaning 3- va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 118 000 so‘m;

???? Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 450 000 so‘m etib belgilandi.

2026-yil 1-sentyabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi.

2026-yil 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 504 000 so‘m etib belgilandi.

2026-yil 1-sentyabrdan:

▪️ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 360 000 so‘m;
▪️ bazaviy hisoblash miqdori – 440 000 so‘m etib belgilandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech