Yangiliklar

not found

1 iyundan Toshkent shahri va viloyatida tezkor murojaatlar uchun 112 raqami ishga tushadi

112 yagona dispetcherlik xizmati 1 iyundan boshlab Toshkent shahri va viloyatida, keyinchalik bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ishga tushiriladi. “112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi Hukumat qarori (304-son, 29.05.2024 y.) qabul qilindi. Qarorga koʼra, hodisa va favqulodda vaziyatlar roʼy berganda shoshilinch yordam koʼrsatish uchun “112” qisqa raqam orqali fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi. 112 yagona dispetcherlik xizmati IIV, FVV, SSV, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda «Hududgaztaʼminot» shoshilinch xizmatlarini maʼlumotlarni uzatishning yagona tarmogʼiga birlashtiradi. U respublikaning barcha hududlari boʼyicha shoshilinch yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlash, aholiga shoshilinch yordam koʼrsatish faoliyatini boshqarishning yagona tizimi sifatida ishlaydi. Qarorga koʼra, quyidagilar 112 yagona dispetcherlik xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi: -fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash, ularga bepul asosda shoshilinch, tez va kechiktirib boʼlmaydigan yordamni tashkil etish va koʼrsatish;-shoshilinch yordam koʼrsatishni boshqarish va muvofiqlashtirish;-vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari tomonidan fuqarolarga oʼz vaqtida yordam koʼrsatilishi yuzasidan tizimli nazorat yuritish;-vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari oʼrtasida yaqindan axborot almashinuvi boʼyicha tezkor oʼzaro hamkorlikni taʼminlash. Dispetcherlik xizmati 1 iyundan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ishga tushiriladi. Shundan soʼng bosqichma-bosqich tarzda 2024 yil birinchi yarim yilligida Аndijon, Namangan va Fargʼona viloyatlarida, yil yakuniga qadar Qoraqalpogʼiston Respublikasi va qolgan viloyatlarda yoʼlga qoʼyiladi.

  • 31 May, 18:00
  • Batafsil
not found

Fransiyadagi dorixonalar ish tashlash tufayli yopildi

Fransiyada farmatsevtika xodimlarining umumiy ish tashlashi uyushtirildi, natijada butun mamlakatdagi dorixonalarning 90 foizi yopildi. Namoyishning asosiy sabablari dori-darmon taqchilligi va ish haqining pastligi. Fransiyada farmatsevtika mutaxassislari umumiy ish tashlash uyushtirdilar, natijada butun mamlakat boʼylab dorixonalarning 90 foizi yopildi. Bu farmatsevtlarning soʼnggi oʼn yildagi eng yirik noroziligi boʼldi, deya xabar beradi Franceinfo radiostantsiyasi. Ish tashlash farmatsevtlar federatsiyasi kasaba uyushmalari (FSPF) va farmatsevtlar uyushmasi (USPO) tomonidan tashkil etilgan. Ularning maʼlumotlariga koʼra, oʼsha kuni Frantsiyadagi 20,5 ming dorixonadan 18 mingtasi (90%) ishlamay qolgan. Qayd etilishicha, ayrim farmatsevtlar ishdan ketishga majbur boʼlmoqda. Namoyishga dori-darmon taqchilligi, ish haqining pastligi va retsept boʼyicha dori-darmonlarni internet orqali sotishga ruxsat beruvchi qonunning qabul qilinishi mumkinligi haqidagi xavotirlar sabab boʼlgan. Kasaba uyushmalari, shuningdek, farmatsevtika mutaxassislari taʼminot uzilishlari tufayli bemorlarga muqobil dori-darmonlarni izlash uchun katta vaqt sarflashga majbur boʼlishlarini taʼkidladilar. Bu jarayon esa vaqt talab etadi va dorixonaga tashrif buyuruvchilarning noroziligiga sabab boʼladi. Fransiyada dorixonalar soni kamayib bormoqda. Oʼtgan yili 283 ta, soʼnggi oʼn yil ichida 2 mingga yaqin dorixona bankrot boʼlgan. Farmatsevtika mutaxassislari shuningdek, dorixonalarning mamlakatdagi inflyatsiya bilan bogʼliq yuqori xarajatlaridan shikoyat qilmoqdalar.

  • 31 May, 15:53
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech