Yangiliklar

not found

Rossiyada saratonning barcha turlariga qarshi vaktsina muvaffaqiyatli sinovdan oʼtkazildi

Rossiyada saratonning barcha turlariga qarshi vaktsinaning birinchi sinovlari yaxshi natijalarni koʼrsatdi. Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Aleksandr Ginzburg Gazeta.Ru bilan suhbatda shu haqda gapirdi. Preparatning birinchi sinovi melanoma bilan sunʼiy ravishda emlangan sichqonlarda oʼtkazildi. Shundan soʼng, baʼzi kemiruvchilar yangi vaktsina bilan emlandi. 15-kuni, hayvonlarning immun tizimi ishlay boshlaganida, olimlar emlangan va emlanmagan sichqonlar oʼrtasida oʼsimta oʼlchamida katta farq borligini koʼrdilar. Vaktsinani olgan kemiruvchilar tirik. 19 va 22 kunlar orasida emlanmaganlari orasida oʼlim qayd etilgan. Ginzburgning qoʼshimcha qilishicha, tajriba hozirda davom etmoqda. “Haqiqatan ham, onkologiyaning barcha muammolarini tom maʼnoda hal qilish imkonini beradigan universal texnologiya yaratilgan. Bu amaliyotga qanday tatbiq etilishi boshqa masala”, - dedi u. Olimning qayd etishicha, terapevtik vaktsina COVID-19 ga qarshi dori vositalariga oʼxshash mRNK texnologiyalari asosida yaratilgan. U saraton kasalligiga chalingan odamlarga qoʼllaniladi. Shunisi eʼtiborga loyiqki, vaktsinalar individual boʼladi, yaʼni bemorning oʼziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda ishlab chiqiladi. Ginzburgning soʼzlariga koʼra, Rossiyada saraton kasalligiga chalingan bemorlarga vaktsina mushak ichiga yoki toʼgʼridan-toʼgʼri oʼsimtaga kiritilishi, soʼngra preparat butun tanaga teng taqsimlanishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, tomchilar orqali yuborish imkoniyati koʼrib chiqilmaydi, chunki bu jigarga salbiy taʼsir qilishi mumkin. “Albatta, samaradorlik dorining yuborilish usuliga bogʼliq. Yaqin kunlarda bu savolning javobiga oydinlik kiritamiz”, deb tushuntirdi u.

  • 10 Iyun, 09:57
  • Batafsil
not found

Manfaatlar toʼqnashuvi haqida xabar bergan shaxslarga jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi

“Manfaatlar toʼqnashuvi toʼgʼrisida”gi Qonun ijrosini samarali tashkil etish boʼyicha Prezident qarori (PQ-210-son, 05.06.2024 y.) qabul qilindi. Qaror bilan Bosh vazir rahbarligida Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi. Respublika komissiyasi: ➖ 1 iyulga qadar Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq roʼyxatini shakllantiradi; ➖ Qonun kuchga kirgunga qadar ish guruhlar tuzgan holda davlat organlari va tashkilotlarida oʼrganishlar tashkil etadi; ➖ Qonun kuchga kirgandan keyin har chorakda davlat organlari va tashkilotlarda qonunbuzilish holatlarini tahlil qilib boradi; ➖ har yarim yilda davlat organlarining birinchi rahbarlari ishtirokida Qonun ijrosini tanqidiy muhokama qilib boradi. Qarorga koʼra,  2024 yil yakunigacha “E-anticor.uz” elektron platformasida manfaatlar toʼqnashuvi bilan bogʼliq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushiriladi. Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar toʼqnashuvi holatlari boʼyicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol ishtirok etgan shaxslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi. Qarorga koʼra, 1 oktyabrga qadar manfaatlar toʼqnashuvi toʼgʼrisidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar toʼqnashuvi toʼgʼrisidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllari tasdiqlanadi. Qarorga koʼra: ➖ 1 oy muddatda davlat organlari va tashkilotlarining xodimlari oʼrtasida manfaatlar toʼqnashuvi boʼyicha bilim va koʼnikmalarni baholash uchun onlayn test sinovlari oʼtkaziladi; ➖ 3 oy muddatda davlat organlarida manfaatlar toʼqnashuvini holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda oldini olish yuzasidan xodimlar uchun oʼquv trening mashgʼulotlari tashkil etiladi. Masʼul tashkilotlar — Аdliya vazirligi, Bosh prokuratura va Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi.

  • 7 Iyun, 11:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech