Yangiliklar

not found

Olimlar telefonlardan foydalanish miya saratoniga olib kelmasligini isbotladi

Avstraliyaning Radiatsiyadan himoya qilish va Yadro xavfsizligi boshqarmasi mobil telefonlardan foydalanish miya saratoniga olib kelmasligini isbotladi. Bu haqda Reuters хабар bermoqda. Tegishli tadqiqot Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti topshirig‘i asosida o‘tkazilgan. Mutaxassislar 1994-yildan 2022-yilgacha dunyoning o‘nta davlatidan to‘plangan, mobil telefondan foydalanish va miya saratoni xavfi o‘rtasida bog‘liqlik bor-yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishdi. Agentlikning qayd etishicha, mobil aloqa paydo bo‘lgan paytda ko‘plab mutaxassislar uyali telefonlarni boshga yaqin joyda tez-tez ishlatish miya saratoniga olib kelishi mumkinligidan qo‘rqishgan. Shu sababli, mobil telefon ishlab chiqaruvchilari har bir telefon modelining aniq radio emissiya darajasini o‘lchab, e’lon qilishdi. Biroq avstraliyalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda mobil telefondan foydalanish va miya saratoni o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik aniqlanmadi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, miya saratoni bilan kasallanishning umumiy darajasi tadqiqot va ma’lumotlar yig‘ish davomida barqaror bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan hech qanday tebranishlarni ko‘rsatmadi, chunki iste’molchilar mobil telefonlardan tobora ko‘proq foydalanmoqda. Shunday qilib, 1993-yildan 2022-yilgacha qayd etilgan miya shishi holatlarining ko‘payishi diagnostika usullarining rivojlanishi, shuningdek, MRT- tadqiqotlarining keng tarqalishi bilan bog‘liq. Shuningdek, 2003-yildan beri suhbat paytida mobil telefon eng yaqin bo‘lgan temporal loblar sohasida kasalliklar sonining ko‘payishi kuzatilmagan.

  • 9 Sentyabr, 09:48
  • Batafsil
not found

Semizlikka qarshi preparat jigar va buyrak kasalliklarida samarali bo‘lishi mumkin

Amgen kompaniyasi bosh direktori Robert Bredey yurak-qon tomir tizimi, jigar va buyrak kasalliklari xavfi bo‘lgan bemorlarda semizlikni davolash uchun mo‘ljallangan MariTide preparatini o‘rganish bo‘yicha III- bosqich klinik tadqiqotlarini o‘tkazish rejalari haqida ma’lum qildi. Kaliforniya kompaniyasi semirishga qarshi dori vositalarining boshqa kasalliklarda samaradorligini o‘rganayotgan o‘z raqobatchilari Eli Lilly va Novo Nordiskdan o‘rnak olish niyatida. Lilly yurak yetishmovchiligi va surunkali buyrak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda Zepbound dori vositasini sinovdan o‘tkazmoqda.Novo Nordisk ning Wegovy dori vositasi yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirish uchun tasdiqlangan. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, keyingi o‘n yillikning boshida tana vaznini kamaytirish uchun yangi dori vositalari bozorining hajmi 150 milliard AQSH dollaridan oshishi mumkin. Morgan Stanley konferensiyasidagi nutqida Bredey MariTide boshqa preparatlardan ta’sir mexanizmi va organizmga yuborilish soni bilan farq qiladigan yangi avlod dori vositasi deb atadi. "Bizning preparatimiz bir oyda bir marta yuborishga mo‘ljallangan, bu ikki raqobatchimiz preparatlari bilan davolashda talab qilinadiganidan to‘rt baravar kam," — dedi u. Lilly va Novo kompaniyalari semizlikni davolash uchun dori vositalariga o‘sib borayotgan talabni katta qiyinchiliklar bilan qondirishga erishmoqda. Oxirgi chorakda Lilly ishlab chiqarish hajmini oshirdi. MariTide bo‘yicha II- bosqich tadqiqotlarining dastlabki natijalari shu yil oxirida e’lon qilinishi kutilmoqda.

  • 6 Sentyabr, 11:44
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech