Yangiliklar

not found

Mutaxassis: Grippga qarshi vaksinalarning ta’sir kuchi bir yilgacha yetadi

Nurmat Atabekov, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari: — Kuzning birinchi oyi yarimlab qoldi. Hademay yog‘ingarchilik mavsumi boshlanib, havo harorati sezilarli darajada pasayadi. Bu — gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning tarqalishi uchun qulay davr. Ko‘tarilish mavsumi esa odatda noyabr oyidan boshlanib, mart oyigacha davom etadi. Gripp virusining xavfli jihatlari va asoratlari ko‘pchilikka ma’lum: bu kasallik qon tomirlari devorlarining himoya qobiliyatini susaytirib yuboradi. Shu sababli infeksiyalar qon oqimi orqali ichki organlarga yetib borib, yallig‘lanish o‘choqlarini hosil qiladi. Oqibatda u pnevmoniya, bronxit, yuqori nafas yo‘llarining ikkilamchi bakterial infeksiyalari, asab va yurak-qon tomir tizimi hamda qandli diabet kabi xastaliklarni keltirib chiqaradi. Eng yomoni, ushbu darddan o‘z vaqtida davolanmaslik o‘lim holatlariga ham sabab bo‘lishi mumkin. Bu borada Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tahliliy hisoboti bor. Unga ko‘ra, dunyo bo‘yicha yiliga 650 ming nafarga yaqin inson mavsumiy grippdan vafot etadi. Albatta, kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olgan afzal! Xo‘sh, bu borada qanday muhim tavsiyalar bor? Avvalo, immun tizimini mustahkamlash lozim. Shunda organizmning turli kasalliklarga nisabatan himoya qobiliyati oshadi. Qolaversa, grippdan ishonchli himoyalanish uchun unga qarshi emlanish — eng to‘g‘ri va oqilona usul. Chunki vaksina xavfsiz va yuqori ta’sirga ega. Yillik kasallanish va o‘lim holatlarini yetarlicha kamaytiradi. Ya’ni zamonaviy grippga qarshi emlash vositalarining samaradorligi 90 foizga teng. Binobarin, bunday vaksina organizmda 15 kun ichida grippga qarshi immunitet ishlab chiqadi. Ta’sir kuchi 1-yilga yetadi. Emlashdan oldin shifokor tomonidan, albatta, emlanuvchi shaxsning umumiy salomatligi tekshirilib, shunga ko‘ra vaksinatsiya qilish-qilmaslik belgilanadi. Ya’ni, emlanadigan kishi shamollash, nafas olish yo‘llari yallig‘lanishi kabi kasalliklardan tamoman sog‘lom bo‘lishi kerak. Shuningdek, vaksina tarkibidagi komponentlarga nisbatan allergik ta’sirchanlik darajasi ham tekshiriladi. JSST ushbu virusga qarshi, birinchi navbatda, homilador ayollar, 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar, keksa yoshli insonlar (65 yoshdan katta), surunkali kasalliklari bor bemorlar va tibbiyot xodimlarini emlashni tavsiya etadi.

  • 16 Sentyabr, 15:29
  • Batafsil
not found

JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti birinchi maymunchechak (mpox) vaksinasi - MVA-BN ni dastlabki kvalifikatsiyadan o‘tkazdi, bu undan xalqaro miqyosda keng foydalanish imkoniyatlarini ochib beradi. JSST ta’kidlashicha, MVA-BN vaksinasi oldindan kvalifikatsiya ro‘yxatiga kiritilgan, bu emlash imkoniyatini sezilarli darajada yaxshilaydi, virus tarqalishini kamaytirishga yordam beradi va epidemiyalarni oldini oladi. Preparat Daniyaning Bavarian Nordic A/S biotexnologiya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. MVA-BN 18 yoshdan oshgan odamlarga 4 haftalik interval bilan 2 dozali inyeksiya shaklida qo‘llanilishi mumkin. Vaksina 8 hafta davomida 2 dan 8 ° C gacha bo‘lgan haroratda saqlanishi mumkin. JSST ko‘rsatmalariga ko‘ra, emlashning foydasi potensial xavflardan yuqori bo‘lsa, vaksina «chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlar, shuningdek, homilador ayollar va immunitet tanqisligi bo‘lgan odamlarda epidemiya o‘choqlarida» qo‘llanilishi mumkin. «Maymunchechakka qarshi vaksinaning dastlabki kvalifikatsiyasi Afrikadagi hozirgi avj olish sharoitida ham, kelajakda ham ushbu kasallikka qarshi kurashimizdagi muhim qadamdir», dedi JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus. Afrika Ittifoqi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda qit’ada 38,4 mingta mpox kasalligi qayd etiladi, bu allaqachon 1465 kishining o‘limiga olib keldi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 160% ko‘p. Ma’lumot o‘rnida, mpox virusi sichqon kabi kemiruvchilardan yoki kasal odamdan yuqadi. Infeksiyaning eng keng tarqalgan sabablaridan ba’zilari tanadagi toshmaga tegish, ifloslangan kiyim, choyshab va shunga o‘xshash narsalarni ishlatishdir. mpox virusli kasallik bo‘lib, u asosan markaziy va g‘arbiy Afrikaning chekka hududlarida tropik o‘rmonlar yaqinida uchraydi. Ushbu kasallikni hayvonlardan odamlarga yuqtirishning birinchi holati 1970-yilda Kongo Demokratik Respublikasida qayd etilgan. JSST maymunchechak epidemiyasini xalqaro favqulodda holat deb e’lon qildi va uni oldini olish uchun global sa’y-harakatlarga chaqirdi.

  • 16 Sentyabr, 12:44
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech