Yangiliklar

not found

Kanadada noma’lum miya kasalligi ommaviy ravishda tarqalmoqda. Shifokorlar va olimlar xavotirda

Kanadaning Nyu-Bransuik provinsiyasida noma’lum miya kasalligi bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda. Kasalxonalar bemorlar oqimiga dosh bera olmaydi, deb xabar bermoqda rasmiylar. Viloyat rahbari Syuzan Xolt Kanada sog‘liqni saqlash agentligini qo‘rqinchli hodisani tekshirishga chaqirdi. «Biz odamlarning nima uchun kasallanayotganining sabablarini chuqur o‘rganishimiz kerak... Biz nafaqat uni qanday aniqlash, tashxis qo‘yish va davolashni bilmaymiz. Eng achinarlisi uning nima sababdan paydo bo‘lganini ham bilmaymiz», deydi Xolt. Avvalroq Kanadaning yetakchi olimlaridan biri deb atalgan Maykl Kulthart sirli hodisani tushuntirishga harakat qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, atrof-muhitga ta’sir qilish, birinchi navbatda, Alsgeymer va Parkinson bilan kasallangan bemorlarda turli neyrodegenerativ jarayonlarni qo‘zg‘atishi mumkin. U, shuningdek, kasallikni o‘rganishi taqiqlanganini aytgan. Keyinchalik uning so‘zlariga yana bir taniqli olim qo‘shildi. U ham 350 kishi ushbu kasallikdan aziyat chekkanini aytdi. Bu kasallik haqida ilk bor xabar qilinmayapti. 2021-yilning bahorida viloyat aholisining sirli kasallik tufayli kasalxonaga yotqizilishi ham qayd etilgan edi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, u kam uchraydigan Creutzfeldt-Jakob kasalligiga o‘xshaydi. Bu miya va orqa miyaning korteks va subkortikal markazlariga zarar yetkazadi. Noma’lum kasallik holatlari 2020 va 2019-yillarda ham qayd etilgan. Bemorlar bosh og‘rig‘i, hatti-harakatlarning o‘zgarishi, depressiya va xavotirdan shikoyat qiladilar. Shuningdek, uyqu buzilishi, oyoq-qo‘llarining og‘rig‘i va mushaklarning kuchli spazmlari, ko‘rish muammolari va gallyutsinatsiyalar kabi alomatlar ham qayd etilgan. Kasallanganlarning aksariyati 45 yoshdan kichik. Mutaxassislar kasallik ekologiyaning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini istisno qilmaydi.

  • 18 Noyabr, 10:50
  • Batafsil
not found

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 4,0 trln. so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarildi

AOKAda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Anvarxon Akabirov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda joriy yilning oʻtgan davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi: Xususan, oʻtgan 10 oy davomida 2,73 trln. soʻmlik dori vositalari, 771 mlrd. soʻmlik tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar hamda 498 mlrd. soʻmlik boshqa turdagi farmatsevtika mahsulotlari, yaʼni, biologik faol qoʻshimchalar va gigiyenik vositalar ishlab chiqarildi.  Korxonalar tomonidan 153,2 mln. AQSH dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Eksportchi korxonalar soni 36 taga ortib, jami 365 tani tashkil etmoqda. Ushbu korxonalar tomonidan 45 ta davlatga mahsulotlar eksport qilinmoqda. Joriy yildan Fransiya, Germaniya, Daniya va Slovakiya davlatlariga mahsulotlarni eksport qilish yoʻlga qoʻyildi.  Farmatsevtika yoʻnalishida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida 147 mln. AQSH dollari mablagʻlar oʻzlashtirildi. Shundan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar – 92 mln. AQSH dollarni tashkil etdi. Joriy yilning 10 oyida 12 ta loyiha ishga tushirildi, ular doirasida 641 nafar yangi ish oʻrinlari va 145 mlrd. soʻmlik ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi. Xususan, Xorazm viloyatida qiymati 4 mln. AQSH dollarlik infutsion eritmalar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi; Samarqand viloyatida qiymati 18 mln. AQSH dollarlik dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi; Toshkent shahrida qiymati 3 mln. AQSH dollarlik infuzion dori vositalari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihalari ishga tushirildi. Joriy yilda “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining Maʼmuriy binosi ishga tushirildi. Xalqaro Farmatsevtika texnik universiteti oʻz faoliyatini boshlab, ilk talabalarni qabul qildi. “Tashkent Pharma Park” klasterning sanoat zonasida umumiy qiymati 658 mln. AQSH dollarlik 20 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar uchun Klaster hududidan 77,65 gektar yer maydoni ajratildi. Klasterda, qiymati 40 mln. AQSH dollarlik ilk yangi loyiha ishga tushirildi va 300 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi. Shuningdek, 51 gektar yer maydonda 607 mln. AQSH dollarlik 18 ta loyihalarni amalga oshirish boʻyicha investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Janubiy Koreyaning Eksimbanki bilan birgalikda “Tashkent Pharma Park” klasterining ilmiy-oʻquv qismini tashkil etish II bosqichi doirasida qiymati 105 mln. AQSH dollarlik bitim imzolandi. Loyihaning I bosqichi doirasida, yaʼni 83,7 mln. AQSH dollarlik Farmatsevtika texnik universiteti binosini qurish loyiha smeta hujjatlari koreyalik maslahatchilar tomonidan ishlab chiqildi. Hozirda quruvchi kompaniyani tanlash boʻyicha tender tanlovlari oʻtkazilmoqda. Joriy yilda sohadagi korxonalarga xalqaro standartlarni joriy etish ishlarini jadallashtirish maqsadida “Zarur amaliyotlar markazi” Davlat muassasasi xodimlari soni 4 barobar oshirildi. Buning natijasida joriy yilning 10 oyida 39  ta ishlab chiqaruvchi korxonalarda (shu jumladan, ishlab chiqarish liniyalarida) “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – (GMP)” standarti joriy etildi. GMP standartiga ega korxonalar soni 53 taga, ishlab chiqarish liniyasi soni 87 taga yetdi. “Zarur distribyutorlik amaliyoti – GDP” standartiga ega tashkilotlar soni 328 taga yetdi. Bu yilning oʻzida 182 ta distribyutorga GDP standarti joriy etildi. 2024-yilda “Zarur dorixona amaliyoti – GPP” standarti boʻyicha dorixonalarni sertifikatlashtirish ishlari boshlanib, bugungi kunda 1 246 ta tarmoqli dorixona sertifikatlashtirishdan oʻtdi. Dorixonalar tomonidan GPP sertifkati uchun jami 5 311 ta ariza topshirildi. Yil yakuniga qadar respublikadagi barcha tarmoqli dorixonalarda GPP standartini joriy etish ishlarini yakunlash belgilangan.

  • 15 Noyabr, 17:45
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech