Yangiliklar

not found

1300 ga yaqin dorixonalarda qonunbuzilish holatlari aniqlandi — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan Respublika hududidagi ko‘plab dorixonalarda nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasining “FAIR TECH” yagona axborot tizimi orqali respublikamizning hududlari kesimida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan referent narxlarning oshirilishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoringda 1300 ga yaqin dorixonalarda qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Jumladan, — Qoraqalpog‘iston Respublikasida 88 ta dorixona (38 ta ulgurji va 50 ta chakana); — Andijon viloyatida 49 ta dorixona (44 ta ulgurji va 5 ta chakana); — Buxoro viloyatida 50 ta dorixona (7 ta ulgurji va 43 ta chakana); — Jizzax viloyatida 106 ta dorixona (25 ta ulgurji va 81 ta chakana); — Qashqadaryo viloyatida 43 ta dorixona (9 ta ulgurji va 34 ta chakana); — Navoiy viloyatida 118 ta dorixona (30 ta ulgurji va 88 ta chakana); — Namangan viloyatida 119 ta dorixona (65 ta ulgurji va 54 ta chakana); — Samarqand viloyatida 182 ta dorixona (72 ta ulgurji va 110 ta chakana); — Surxandaryo viloyatida 18 ta dorixona (17 ta ulgurji va 1 ta chakana); — Sirdaryo viloyatida 65 ta dorixona (15 ta ulgurji va 50 ta chakana); — Toshkent viloyatida 134 ta dorixona (20 ta ulgurji va 114 ta chakana); — Farg‘ona viloyatida 36 ta dorixona (13 ta ulgurji va 23 ta chakana); — Xorazm viloyatida 36 ta dorixona (18 ta ulgurji va 18 ta chakana); — Toshkent shahrida 228 ta dorixona (80 ta ulgurji va 141 ta chakana). Yuqoridagi hududlarda olib borilgan o‘rganishlar natijasida 270 ming ta holatda jami 11,6 mlrd. so‘m miqdorida asossiz daromad olinganligi aniqlanib, ortiqcha olingan pul mablag‘larini iste’molchilarga qaytarish choralari ko‘rildi. Raqobat qo‘mitasi dorixonalarni narxlarni asossiz oshirmaslikka va iste’molchilardan ortiqcha mablag‘larni olmaslikka chaqirib qoladi, — deyiladi xabarda.

  • 28 Yanvar, 11:45
  • Batafsil
not found

JSST: AQSH 2026 yil 22 yanvarda JSSTni tark etadi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qo‘shma Shtatlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tarkibidan chiqishi haqida xabar berganini tasdiqladi. Prezident Donald Tramp tomonidan imzolangan qaror 2026-yil 22-yanvardan kuchga kiradi. AQSH JSSTning eng yirik moliyaviy ko‘makchisi bo‘lib, umumiy byudjetining taxminan 18 foizini ta’minlaydi. Tashkilotning so‘nggi ikki yillik byudjeti 2024–25 yillar uchun 6,8 milliard dollarni tashkil etdi. Biroq, AQSH o‘z majburiyatlari doirasida JSST a’zoligidan chiqquniga qadar qancha pul to‘lashi kerakligi hozircha noma’lum. Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini koronavirus va sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqa global inqirozlarda javob choralarini vaqtida ko‘ra olmagani uchun keskin tanqid qildi. U shuningdek, AQSHning pandemiya shartnomasi bo‘yicha muzokaralardagi ishtirokini tugatishni va JSST bilan ishlaydigan Amerika vakillarini chaqirib olishni buyurdi. “Hayotiy dasturlarning amalga oshirilishini ta’minlay oladigan muqobil hamkorlarni qidiramiz”, — deyiladi farmonda. Mutaxassislar AQSHning tarkibdan chiqishi JSSTning asosiy dasturlariga, jumladan sil, OIV/OITS va sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashga putur yetkazishidan qo‘rqishadi, deb yozadi Reuters agentligi. JSST rasmiylari Vashingtonning qaroridan taassuf izhor etib, buni global salomatlik uchun jiddiy tahdid deb atadi. Tramp avvalroq 2020-yilda AQSHni JSST tarkibidan chiqarishga harakat qilgan, biroq bu jarayon Jo Bayden ma’muriyati tomonidan to‘xtatilgan edi.

  • 28 Yanvar, 08:49
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech