Yangiliklar

not found

Bachadon bo‘yni saratonini uy sharoitida tekshirish uchun yangi test ishlab chiqildi

Kolorado universiteti olimlari uy sharoitida bachadon bo‘yni saratoni diagnostikasini o‘tkazish imkonini beruvchi Teal Wand nomli qurilmani ishlab chiqdi. 2025-yil may oyida FDA ma’qullagan tizim professional tibbiy muolajalar bilan solishtirishtirganda 96% gacha aniqlikni ta’minlaydi. Nufuzli JAMA jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, yangi usul ko‘pchilik ayollar uchun qulay va maqbuldir. Tadqiqotda 600 nafar bemor ishtirok etdi va ularning 86 foizi ushbu qurilma tufayli tez-tez tekshiruvdan o‘tishga tayyorligini bildirdi. Respondentlarning 90% dan ortig‘i ginekolog tomonidan an’anaviy tekshiruvdan ko‘ra uyda test o‘tkazish ancha qulay ekanligini aytdi. Tadqiqotchilar bachadon bo‘yni saratoniga erta tashxis qo‘yish kasallikning deyarli 100% oldini olishini ta’kidladi. Yangi texnologiya qo‘rquv, moliyaviy qiyinchiliklar yoki vaqt yetishmasligi tufayli tekshiruvchi ortga surish muammosini hal qilishga yordam beradi. Kech tashxis qo‘yish muammosi ayniqsa dolzarb - kasallikning taxminan 50% holatlari so‘nggi besh yil ichida skrining tekshiruvidan o‘tmagan ayollarda aniqlanadi. Yangi test erta tashxisni va ushbu muammoni hal qilish uchun mo‘ljallangan. Yangi testning klinik sinovlari 16 ta tibbiyot muassasalarida o‘tkazildi. Ma’lum bo‘lishicha, ishlab chiqilgan usul 96% hollarda saratondan oldingi o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beradi. Bu esa kasallikni eng erta - davolash mumkin bo‘lgan bosqichlarda aniqlash imkoniyatini ham ko‘rsatdi. Ushbu ixtironi joriy etish kasallikni aniqlashni sezilarli darajada oshirishi va buning natijasida saratonning ushbu turidan o‘limni kamaytirishi mumkin.

  • 11 Iyun, 11:42
  • Batafsil
not found

Tovarlarni markirovkalashda yangi tartiblar: muhim 5 savolga javob

Tadbirkorlar olgan markirovka kodlarini mahsulotlarga qo‘llash uchun belgilangan 90 kalendar kunlik muddatni bekor qilindi. Shuningdek, foydalanilmagan markirovka kodlari uchun qilingan to‘lovlar yangi markirovka kodlarini sotib olishda hisobga olinadi. O‘zbekistonda raqamli markirovka jarayonlari yangi bosqichga chiqmoqda. Prezident qarori bilan (PQ-190-son, 23.05.2025 y.) tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimida muhim o‘zgarishlar kiritildi. Yangi tartiblar tadbirkorlar uchun qanday imkoniyat va majburiyatlarni taqdim etadi? Qoidabuzarliklar qanday jazolanadi? 1. Markirovka kodlarini mahsulotlarga qo‘llash va to‘lov tartibi qanday o‘zgardi? Tadbirkorlar olgan markirovka kodlarini mahsulotlarga qo‘llash uchun belgilangan 90 kalendar kunlik muddatni bekor qilindi. Shuningdek, foydalanilmagan markirovka kodlari uchun qilingan to‘lovlar yangi markirovka kodlarini sotib olishda hisobga olinadi. Markirovka kodlari mahsulotga bevosita qo‘llangandan keyin ular uchun to‘lovni amalga oshiriladi. Ya’ni, avval kodni mahsulotga qo‘yasiz, keyingina to‘lov qilib, ishni rasmiylashtirasiz. Raqamli markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalashda qo‘llanadigan markirovka kodlari bepul beriladi. Markirovka bo‘yicha tadbirkorarning murojaatlarini tezkor hal etish maqsadida 24 soat ishlaydigan “Call-markaz” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 2. 2025-yil 1-iyuldan qaysi talablar kuchga kiradi? 2025-yil 1-iyuldan import qiluvchi tashkilot tomonidan O‘zbekistonga olib kirilgan dori vositalarini sotish to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki rasmiy dilerlar orqali elektron hisobvaraq-faktura asosida amalga oshiriladi. Raqamli markirovkalangan mahsulotlarni ulgurji sotish faqat naqd pulsiz shaklda bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi. Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi tashkil etiladi. Inspeksiya raqamli markirovkalangan mahsulotlar aylanmasining barcha bosqichlarida tizimli nazoratni ta’minlaydi. Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar turini bosqichma-bosqich kengaytirib boradi. Shuningdek majburiy raqamli markirovkalash tizimi talablari buzilishining oldini olish bo‘yicha profilaktika va tushuntirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, ogohlantirish tizimini qo‘llaydi. 3. Qoidabuzarlik holatlarida qanday choralar ko‘riladi? 2025-yil 1-sentyabrdan xavfni tahlil qilish tizimida majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari soliq xavfi darajasini yuqori deb baholash uchun asos bo‘ladi. Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni realizatsiya qilishda markirovka kodi biriktirilmagan elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 4. Markirovkalash bo‘yicha soliq tekshiruvi qanday ishlaydi? 2026-yil 1-yanvardan majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlarini soliq organi axborot tizimi orqali aniqlash bo‘yicha masofaviy soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi joriy etiladi. Buning uchun tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma olish talab etilmaydi. Majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari aniqlanganda qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ogohlantirish beriladi. Ikkinchi marta ogohlantirish berilgandan so‘ng qoidabuzarlik holatlari aniqlanganda jarima qo‘llanadi. Jarima qo‘llanilgan tadbirkorga bir yil qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining o‘rni qoplanmaydi. 5. Farmatsevtika sohasida qanday litsenziyalash talablari kuchaytirildi? 2025-yil 1-sentyabrdan farmatsevtika faoliyatini hamda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash talablariga quyidagi qo‘shimcha shartlar kiritiladi: litsenziya berishda faoliyatini boshlash uchun ko‘chmas mulk bo‘yicha ijara yoki tekin foydalanish shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi; xaridorlardan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha elektron to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilganligi; soliq tekshiruvlarida hujjatsiz (ya’ni kontrafakt) yoki markirovka qilinmagan dori vositalarini sotib olish, tashish, saqlash yoki sotish holatlari aniqlansa, soliq organlari bu haqda litsenziya bergan organga ma’lumot beradi. Shu asosda, dori vositalari bilan shug‘ullanuvchi subyektning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

  • 11 Iyun, 08:45
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech