Yangiliklar

not found

2025-yil 1-apreldan boshlab faqat retsept bilan beriladigan dori vositalariga cheklangan savdo ustamalari qo‘llaniladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi Farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-apreldan boshlab: - cheklangan savdo ustamalari faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasiga nisbatan tatbiq etiladi. Bunda: -mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan amaldagi referent narxni shakllantirish tizimi saqlab qolinadi; -retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasini ulgurji va chakana sotishda ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan (bazaviy) qiymatidan 15 foizdan va chakana savdo uchun sotib olingan qiymatidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda ustama qo‘llanadi. Ushbu dori vositalarining ulgurji va chakana narxlari cheklangan ulgurji va chakana referent narxlardan yuqori bo‘lmasligi shart; - retseptsiz beriladigan dori vositalarini ulgurji va chakana realizatsiya qilishda cheklangan savdo ustamalari qo‘llanmaydi; - bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida tarkibi bir xil bo‘lgan dori vositalarini ishlab chiqarishda ushbu dori vositalarining barchasiga nisbatan eng past referent narx qo‘llanadi (dori moddalari (substansiya) ishlab chiqaruvchilarida farq bo‘lgan hollar bundan mustasno); Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasi tomonidan xorijiy valyutada qayd etilgan referent narxlar quyidagi hollarda avtomatik ravishda (tadbirkor murojaatisiz) qayta ko‘rib chiqiladi: - xorijiy valyutaning milliy valyutaga nisbatan qiymati dori vositasiga qayd etilgan oxirgi qiymatdan 3 foiz yuqori bo‘lsa — har yilning yanvar va iyul oylarida; - xorijiy valyutaning milliy valyutaga nisbatan qiymati dori vositasiga qayd etilgan oxirgi qiymatdan 5 foiz yuqori bo‘lsa — muddatidan avval.

  • 19 Mart, 08:49
  • Batafsil
not found

BMT Komissiyasi JSSTning bir qator psixoaktiv moddalar ustidan xalqaro nazoratni joriy etish bo‘yicha tavsiyalarini qo‘llab-quvvatladi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar bo‘yicha komissiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga muvofiq, beshta yangi psixoaktiv moddalar va bitta dori vositasini xalqaro nazoratga olishga qaror qildi. Tegishli tavsiyalar JSSTning dori vositalariga qaramlik bo‘yicha ekspert qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan. Xalqaro ekspertlardan iborat qo‘mita tomonidan psixoaktiv moddalarning jahon bozorida aylanishi va bu moddalarning aholi salomatligi uchun zararlari bo‘yicha to‘plangan dalillar tahlil qilingan. "JSST ga tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun aniq ko‘rsatmalarga ega bo‘lmagan, inson va jamoat salomatligiga jiddiy xavf tug‘diruvchi bunday moddalarni noqonuniy ishlab chiqarish holatlari haqidagi ma’lumotlar yuborilgan. Komissiya bu moddalarni tegishli ro‘yxatga kiritganidan mamnunmiz. Umid qilamizki, mamlakatlar va jamoatchilik ogohlikni kuchaytiradi va aholining zaif qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni ushbu moddalar aylanishidan himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘radi”– dedi JSST tibbiy mahsulotlarni tartibga solish va standartlashtirish departamenti direktori doktor Deus Mubangizi. Xalqaro nazoratga olingan yangi psixoaktiv moddalar va bitta dori vositasi: - N-pirrolidin-protonitazen, muqobil nomi protonitazepin-sintetik opioiddir. Iste’mol qilish tanaga jiddiy zarar yetkazishi, shu jumladan o‘limga olib kelishi mumkin. Ushbu moddaning terapevtik qo‘llanilishi ma’lum emas; - N-pirrolidin-metonitazen, muqobil nomi metonitazepin- sintetik opioiddir. Metonitazepamdan foydalanish inson tanasiga jiddiy zarar yetkazishi, shu jumladan o‘limga olib kelishi haqida dalillar mavjud. Ushbu moddaning terapevtik qo‘llanilishi ma’lum emas; - etonitazepin, muqobil nomi N-piperidinil-etonitazen, sintetik opioiddir. Ushbu moddadan foydalanish tanaga jiddiy zarar yetkazishi va o‘limga olib kelishi mumkinligi haqida dalillar mavjud. Ushbu moddaning terapevtik qo‘llanilishi ma’lum emas; - N-dezetil-izotonitazen, muqobil nomi norizotonitazen- sintetik opioid. Soxta dori vositalarida topilgan. Kamida ikkita mintaqada giyohvand moddalarni iste’mol qilish sababli kasalxonaga yotqizilganligi va o‘lim holati haqida xabar berilgan. Sog‘likka jiddiy zarar yetkazishi va o‘limga olib kelishi mumkinligi haqida dalillar mavjud. Ushbu moddaning terapevtik qo‘llanilishi ma’lum emas. -geksagidrokannabinol, yoki GGK, yarim sintetik kannabinoiddir. GGK ustidan xalqaro nazoratning zarurligi, aholi salomatligiga yetkazadigan zarari va ijtimoiy muammo ekanligi haqidagi dalillar bilan tasdiqlangan. - karicoprodol, markaziy ta’sirga ega miorelaksant, monopreparat shaklida, shuningdek, kombinatsiyalangan dorilarning bir qismi sifatida sotiladi. Farmatsevtika sanoatida tabletka shaklida ishlab chiqaradi, qalbaki dori vositalarida va oq kukun holida ham uchraydi. Bir qator mamlakatlarda karisoprodolni tibbiy bo‘lmagan holda qo‘llash aholi salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi haqida dalillar ko‘payib bormoqda.

  • 18 Mart, 14:59
  • Batafsil
not found

"Dori-Darmon" AKda “Kusum Uzbekistan” MCHJ rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasi tijorat direktori Ramil Abdulov  kompaniya  aholini ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari bilan ta’minlashda yetakchi o‘rinda turishi,  yurtimizda bosqichma-bosqich joriy etilayotgan Davlat tibbiy sug‘urta tizimi doirasida  aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan Reimbursatsiya dasturidagi ishtiroki,  ko‘plab mahalliy va chet ellik yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlikda ishlab kelayotganligi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. O‘z navbatida “Kusum Uzbekistan” MCHJ direktori Firuz Nasriyev  "Dori-Darmon" AK bilan muqaddam hamkorlikda ishlangani va ayrim sabablarga ko‘ra uzilgan aloqani qayta tiklash ikki tomonlama manfaatli bo‘lishi, Hindistonning "Kusum Healthcare Pvt. Ltd." kompaniyasining uchta Hindistonda va bitta Ukrainada zamonaviy zavodlari borligi, beshinchisi esa O‘zbekistonda - Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Tashkent Pharm Park” klasterining sanoat zonasida qad rostlayotgani haqida gapirdi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan 100 dan ortiq brendlar ginekologiya, kardiologiya, endokrinologiya, nevrologiya, gastroenterologiya va boshqa ko‘plab sohalarda muvaffaqiyatli qo‘llanilayotganligi ta’kidlandi. Uchrashuv davomida aholi o‘rtasida talab ko‘p bo‘lgan dori vositalarini maqbul shartlarda yetkazib berish, uzluksizligini ta’minlash hamda sohaga oid boshqa masalalar muhokama qilindi, yakunda hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilishiga kelishib olindi.

  • 18 Mart, 11:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech