Yangiliklar

not found

Qovoq urugʼining foydali xususiyatlari

“Dori-Darmon” АK dorixonalarida 150 gr qovoq urugʼi- 18 000 soʼm Qovoq urugʼining insonlar uchun eng muhim boʼlgan xususiyati shundaki, uning tarkibida magniy va boshqa minerallar mavjud. Shuningdek, qovoq urugʼi yogʼi marganets, mis, temir va ruhning manbasi hisoblanadi. Magniy yaxshi kayfiyat va mustahkam uyquni taʼminlasa, marganets − kollagen sintezi, biriktiruvchi toʼqima va suyaklarning sogʼligʼi uchun juda muhimdir. Temir tanada kislorod aylanishini, sink − immunitetni, mis esa energiya ishlab chiqarishda faol ishtirok etadi. Bular qovoq urugʼining organizm uchun foydali xususiyatlarining faqat bir qismidir. Sogʼlom yogʼlar Аsal bilan qovoq urugʼi anchadan buyon bolalar va vazni kam boʼlgan kattalar uchun ozuqaviy qoʼshimcha sifatida ishlatiladi. Qovoq urugʼining xususiyatlaridan biri − uning tarkibida foydali yogʼlarning koʼpligi bilan bogʼliq. Ushbu mahsulot omega-3 kislotalarining eng yaxshi manbasi hisoblanadi, shuningdek, alfa-linolenik kislota ham mavjud. Tarkibdagi yogʼ kislotalari yurak, qon-tomirlarini yalligʼlanish va kasalliklardan himoya qiladi. Qonda shakar miqdorini barqarorlashtiradi Qandli diabetga chalingan bemorlar uchun qovoq urugʼining eng birinchi foydasi − qondagi qand miqdorini nazorat qilish. Qovoq urugʼini har kuni isteʼmol qilish insulin ishlab chiqarishni yaxshilashga yordam beradi va kasallikning rivojlanish xavfini kamaytiradi. Qovoq urugʼi gijjalarni yoʼqotadi Qovoq urugʼidan bolalardagi gijjalarni yoʼqotishda foydalanish ajoyib gʼoya. Tarkibida kukubritin moddasi parazitlar uchun zaharli boʼlib, inson tanasiga xavf solmaydi. Qovoq urugʼlari kimlarga mumkin emas Vazn masalasida jon kuydiradiganlar uchun qovoq urugʼining yagona zarari yuqori kaloriya boʼlishi mumkin. Ularga kundalik ravishda 100 grammdan koʼp boʼlmagan urugʼ isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, qovoq urugʼi meʼda shirasining yuqori kislotaliligi va boshqa oshqozon-ichak kasalliklari uchun xavfli boʼlishi mumkin. Shuning uchun ham urugʼning foyda va zararlarini taqqoslagan holda ularni ratsionga kiritish mumkin.

  • 23 Mart, 12:21
  • Batafsil
not found

Ko‘ngillarning bahori – Navro‘z  

Tabiat uyg‘onib, ko‘ngillar yayramoqda. Borliqqa sepini yoyib, ko‘rku tarovatini ko‘z-ko‘z etayotgan bahor qalblarga Navro‘z shukuhi bilan kirib kelmoqda. Darhaqiqat, ko‘klam tarovatini qalblarimizga yanada chuqurroq kirib borishida Navro‘zning o‘rni va ahamiyati nihoyatda katta. Ona tabiatni sevish va ardoqlash, hayot gultoji bo‘lmish insonni qadrlash, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi ezgu g‘oyalarni, xalqimizning ming yillar davomida saqlanib kelayotgan qadimiy urf-odat va anʼanalarini o‘zida mujassam etgan Navro‘z xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayramidir. Uning betakror tarovatidan dillar quvnaydi. Yon-atrofdagi uyg‘onish va poklanishni ko‘rgan inson borki, yashash va yasharishga ilhomlanadi, qalblarda esa faqatgina beg‘ubor tuyg‘ular jo‘sh uradi. Bahor va Navro‘zga bejizga uyg‘onish fasli, yasharish ayyomi deya taʼrif berilmaydi. Boisi ular nafaqat borliqqa, balki insoniyatga ham umrning betakrorligini, jozibali ekanini anglatib turadi. Eʼtiborli jihati, Navro‘z biror millat yoki davlatning emas, balki insoniyatning bayrami sifatida eʼtirof etilgan. 2009-yil 30-sentyabrda YuNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 2010-yil 19-fevralda BMT Bosh Аssambleyasining 64-sessiyasida 21-martni xalqaro Navro‘z kuni sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Bebaho qadriyatlar, go‘zal udumlar, urf-odatlar va marosimlarni namoyon etishga chorlovchi Navro‘z barchamiz uchun qadrli va sevimli. Xush kelding, nafaqat borliqni, balki qalblarni ham yashnatib, go‘zallikka to‘ldirgan yasharish ayyomi, ko‘ngillarning bahori – Navro‘z! Hidoyat SАTTАROVА, Boshqaruv raisi maslahatchisi

  • 21 Mart, 09:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech