Yangiliklar

not found

Antibiotiklarni qabul qilishdagi eng muhim qoidalar

Antibiotiklar qatʼiy tartib asosida qabul qilinishi shart. Bu dorilar insonda kasallik chaqiruvchi mikroblarga zaharli taʼsir etib, ularni nobud qiladi va notoʻgʻri qoʻllash oqibatida koʻplab nojoʻya taʼsirlar keltirib chiqarishi mumkin.   Antibiotiklarni qatʼiyan mutaxassis koʻrsatmasiga binoan qoʻllash lozim. Aynan belgilangan soatlar paytida qabul qilish. Buning sababi bir marta qabul qilingan (masalan amoksitsillin) dori uzogʻi bilan 8 soat davomida taʼsir koʻrsatadi. Mikroblar doriga koʻnikib, chidamli boʻlib qolmasligi uchun ularga 24 soat mobaynida taʼsir koʻrsatish kerak. Shuning uchun dorini qabul qilish vaqtini oʻtkazib yubormang. 3 kun qoidasi. Kasallikning barcha belgilari yoʻqolgandan keyin 3 kundan keyin dorini isteʼmol qilishni toʻxtatish kerak. Undan ertaroq toʻxtatish kasallikni surunkali koʻrinishga oʻtish yoki qaytalash xavfini keltirib chiqarishi mumkin. Uzoq muddat antibiotiklar qabul qilish vaqtida ichak mikroflorasini tiklash va himoya qilish uchun shifokor maslahati bilan probiotiklarni qoʻllash zarur. Antibiotiklar organizimdagi zararli mikroblar bilan birga, koʻpincha ichakdagi foydali bakteriyalarni ham nobud qiladi. Bu esa ovqat hazm qilish tizimida muammolarga olib keladi. Probiotiklar bunday paytda organizmga yordam beradi. Dorini qabul qilish tartibi. Ushbu preparatlarni ovqatdan oldin yoki keyin, shuningdek, nima bilan ichish kerakligiga doir koʻrsatmalarni mutaxassis yoki dorining yoʻriqnomasidan aniqlashtiring. Davolash kursi vaqtida parhezga amal qiling. Alkogol, nordon mahsulotlar, dudlangan va shoʻr taomlarni isteʼmol qilmang.

  • 25 Avgust, 11:34
  • Batafsil
not found

“Tapendol” giyohvandlik vositasi Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan giyohvandlik vositalari roʻyxatiga kiritildi

Vazirlar Mahkamasining 19.08.2023-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 399-son qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra,  “Tapendol” giyohvandlik  vositasining noqonuniy savdosi hamda isteʼmolini oldini olish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan giyohvandlik vositalarining roʻyxatiga kiritildi.  Bundan tashqari,  kuchli taʼsir qiluvchi moddalar  muomalasi bilan bogʻliq nazoratni kuchaytirish hamda ularni  oʻtkazishda tegishli tarzda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish maqsadida ularga TIF TN kodlari biriktirilmoqda. Ma’lumot uchun, “Tapentadol” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi bo‘lib, tibbiyotda o‘rtacha va og‘ir intensivlikdagi o‘tkir hamda surunkali og‘riq sindromida, operatsiyadan so‘ng va og‘riqli diagnostika jarayonlarida qo‘llanadi. Mazkur dori vositasini muntazam iste’mol qilish qaramlikni shakllantiradi.Uni notibbiy maqsadlarda suiiste’mol qilish nafas olish tizimining buzilishi, bosh miya shikastlanishi va ruhiy tushkunlikka tushish, anamnez holatida talvasa sindromi, jigar yetishmovchiligi, o‘t qopi patologiyasi va o‘tkir pankreatit, qon bosimining tushish holatlarini keltirib chiqaradi.2014 yilda BMTning giyohvandlik bo‘yicha ekspertlar qo‘mitasi tomonidan “Tapentadol” dori vositasining nazoratini kuchaytirish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berilgan. Shuningdek Rossiya, Buyuk Britaniya, Kipr, Estoniya, Finlyandiya, Gretsiya, Latviya, Ispaniya va boshqa davlatlarda “Tapentadol” dori vositasi milliy nazorat ostiga olingan ro‘yxatlarga kiritilgan.

  • 24 Avgust, 15:22
  • Batafsil
not found

JSST har yili qancha odam ovqatdan zaharlanishini eʼlon qildi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hisob-kitoblariga koʻra, har yili 600 million odam ovqatdan zaharlanadi. Bu sayyoramizning deyarli har 10 aholisidan biri, degani. Ayni shu sabab bilan yiliga 420 ming kishi vafot etayotgani ham raqamlarda koʻrsatilgan. Koʻpchiligimiz uchun ovqatdan zaharlanish tezda oʻtib ketadigan, yengil holatdek koʻrinadi. Ammo dunyo boʻyicha aniqlangan raqamlar buni koʻrsatmayapti. Odatda, ovqatdan zaharlanish mikroorganizmlar yoki kimyoviy moddalar bilan ifloslangan oziq-ovqatlarni isteʼmol qilish oqibatida yuzaga keladi. Va ushbu holatning 40 foizi 5 yoshgacha boʻlgan bolalarga toʻgʻri kelar ekan. Har yili 125 ming bola ana shu kasallikdan vafot etmoqda. Gap shundaki, kasallik keltirib chiqaradigan bakteriyalar, viruslar, parazitlar yoki zararli kimyoviy moddalarni oʻz ichiga olgan xavfli oziq-ovqatlar diareyadan saratongacha boʻlgan 200 dan ortiq xastaliklarga sabab boʻladi. Albatta, bular orasida diareya ovqatdan zaharlanishning eng keng tarqalgan koʻrinishi boʻlib, ushbu kasallik dunyo boʻyicha besh yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimining ikkinchi asosiy sababi hisoblanadi. Demak, vaziyat ancha jiddiy. Shunday ekan bunga beʼetibor boʻlmagan maʼqul. Xoʻsh, oziq-ovqatdan zaharlanishning oldini olish uchun uy sharoitida nimalarga eʼtibor berish kerak? Bu borada mutaxassislar bir qancha tavsiyalarni beradi. Jumladan, mahsulotlar, ayniqsa, tayyor yoki yarim tayyor mahsulotlarni saqlash muddatiga ahamiyat bering; goʻsht, baliq, yarim tayyor mahsulotlar, salatlarni muzlatgichda saqlang; xom va pishgan goʻsht, baliqlarni qayta ishlashda alohida kesish taxtalaridan foydalaning; xom mahsulotlarni toʻgʻrab boʻlgach, pichoqlarni yaxshilab yuving; sabzavot, meva va rezavorlarni yaxshilab oqar suvda yuvib, soʻng qaynoq suvda chaying; oshxona va shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qiling.

  • 24 Avgust, 12:37
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech