Yangiliklar

not found

Olimlar: ayrim ichak kasalliklari Parkinson kasalligi rivojlanish xavfini oshiradi

Gut jurnalida chop etilgan yangi tadqiqot bir qator ichak kasalliklari va Parkinson kasalligini rivojlanish xavfi oʼrtasidagi bogʼliqlikka bagʼishlandi.  Olimlar ich qotishi, disfagiya (ovqat yoki suv yutishning buzilishi) va yalligʼlangan ichak sindromi kabi muammolar jiddiy nevrologik kasallikning xabarchisi boʼlishi mumkinligini aniqladilar. Shunday qilib, oshqozon-ichak trakti bilan bogʼliq muammolar turli xil serebrovaskulyar (bosh miyada qon aylanishining buzilishi) buzilishlarning - miya anevrizmalarining, Altsgeymer kasalligining kelib chiqib sabablari boʼlishi mumkin, deb hisoblashadi, endi olimlar bu roʼyxatga Parkinson kasalligini ham qoʼshishdi. Ish doirasida Parkinson kasalligiga chalinishi sabablari nomaʼlum boʼlgan 24 624 kishining tibbiy maʼlumotlari oʼrganildi. Ular oʼz maʼlumotlarini Alьtsgeymer kasalligi yoki boshqa serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan bemorlar haqidagi maʼlumotlar bilan taqqosladilar. Diagnostikadan 6 yil oldin ularning jadvallarida qayd etilgan ichak patologiyalarining chastotasini solishtirish uchun yoshi, jinsi va tashxis qoʼyish muddati ham hisobga olingan. Barcha namunalardan soʼng, toʼrtta ichak patologiyasida Parkinson kasalligining rivojlanish xavfi yuqori ekanligi aniqlandi. Bularga gastroparez, yaʼni ovqat hazm qilish buzilishi, disfagiya, ich qotishi va yalligʼlangan ichak sindromi kiradi. Birinchi uchtasi 5 yil ichida neyrogenerativ kasallik rivojlanish xavfining ikki barobar ortishi bilan bogʼliq. Diareyasiz yalligʼlangan ichak sindromi bilan xavf 17% ga oshadi. Funktsional dispepsiya (oshqozonda sababsiz yonish yoki toʼqlik ), diareya bilan kechadigan yalligʼlangan ichak sindromi kabi muammolar ham Parkinson kasalligi tashxisi qoʼyilgan odamlarda koʼproq uchraydi. Ammo bu holatlar Altsgeymer kasalligi va boshqa serebrovaskulyar koʼrinishlar rivojlanganlarda ham keng tarqalgan. Tadqiqotchilarning taʼkidlashlaricha, "bu tadqiqot nafaqat ich qotishi, balki disfagiya, gastroparez va diareyasiz yalligʼlangan ichak sindromining klinik diagnostikasi Parkinson kasalligining rivojlanishini bashorat qilishi mumkin boʼlgan muhim kuzatuv dalillarini oʼrnatgan birinchi tadqiqotdir". Ushbu natijalar eʼtibor va qoʼshimcha oʼrganishni talab qiladi.

  • 6 Sentyabr, 15:01
  • Batafsil
not found

Maktab oʼquvchilarining taomnomasi qanday boʼlishi kerak?

Umumiy oʼrta, oʼrta maxsus taʼlim muassasalarida oʼquvchilarning xavfsiz va sogʼlom ovqatlanishini tashkil etish “Umumtaʼlim maktablari, oʼrta maxsus taʼlim muassasalarida oʼquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya-epidemiologik talablari” 0017-21-son sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari asosida tartibga solinadi. Goʼsht va goʼsht mahsulotlari (I kategoriyali mol goʼshti, buzoq goʼshti, yogʼsiz qoʼy goʼshti (haftada 1-2 martadan koʼp emas), parranda goʼshti, kurka, quyon goʼshti, baliq, tovuq tuxumlari (omlet yoki qaynatilgan holda). Sut va sut mahsulotlari (sut) - pasterizatsiyalangan, sterillangan, quruq, quyultirilgan sut, quyultirilib-pishirilgan sut, tvorog, oʼtkir boʼlmagan turdagi pishloq, termik qayta ishlanganidan soʼng qaymoq, kefir (qatiq); yogurtlar, qizaribroq ivigan qatiq,  bifidok va boshqa sut mahsulotlari. Oziq-ovqat yogʼlari - sariyogʼ, oʼsimlik yogʼi, salatlarga, vinegretlar, seld baligʼi, ikkinchi taomlar salat yogʼi, margarin pishiriqlar uchun (qovurish uchun cheklangan). Qandolatchilik mahsulotlar - (konfetlar (zefir, qiyom, marmelad maʼqul), shokolad haftasiga bir martadan oshmasligi kerak, qotirilgan kulcha non (galeta), pishiriq, kreker, vafli, keks (taʼm beruvchi moddalarsiz), pishiriqlar, tortlar (uvalanadigan xamirli va biskvitli, kremsiz), qiyom, murabbo, povidlo, korxonada qadoqlangan asal. Sabzavotlar - kartoshka, karam, gulkaram, sabzi, lavlagi, bodringlar, pomidorlar, qovoqcha (kabachki), kulchaqovoq (patisson), piyoz, chesnok (kichik maktab yoshidagi bolalar uchun cheklangan miqdorda), petrushka (kashnichsimon koʼkat), shivit, selderey (kashnichsimon oshkoʼk), tomat pastasi, tomat-pyure. Mevalar - olma, nok, olxoʼri, uzum, va bananlar, har kimning isteʼmol qila olish qobiliyatiga qarab sitrusli (apelsin, mandarin, limon), quritilgan mevalar. Dukkaklilar - noʼxat, loviya, soya, mosh. Sharbat va ichimliklar (imkon qadar kichik qadoqda) - konservantlarsiz va qoʼshimcha moddalarsiz ishlab chiqarish turidagi vitaminli ichimliklar, kakao, choy, ichimlik suv. Konservalar - goʼshtli konserva, konserva ovqatlari (goʼshtli suyuq ovqat (rassolnik), mol goʼshtli karam shoʼrva, mol goʼshtli grechka kabi tabiiy mahsulotlar boʼlmaganda istisno tarzida), losos (qizil goʼshtli baliq), sayra yogʼda, qovurilgan skumbriya baligʼi, sharbatlar, meva boʼlaklari, baqlajon va qovoqcha ikrasi, sterillangan pomidor va bodringlar. Non, yorma, makaron mahsulotlari — barcha turlari cheklanmagan miqdorda. Maktab oʼquvchilari oʼrtasida sogʼlom turmush tarzining asosi sifatida sogʼlom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish, oʼquvchilarning sifatli va sogʼlom oziq-ovqatlar bilan taʼminlanishini nazorat qilish sogʼlom avlod shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

  • 6 Sentyabr, 12:03
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech