Yangiliklar

not found

"Qashqadaryo Dori-Darmon" МЧЖ GDP сертификатини олди

Kuni kecha boʻlib oʻtgan matbuot  anjumanimizda “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi va tizimdagi “Fargʻona Dori-Darmon”, "Toshkent viloyat Dori-Darmon" hamda "Samarqand Dori-Darmon" aksiyadorlik jamiyatlari, "Qoraqalpoq Dari-Darmak", “Oʻzbekiston dori taʼminoti"  masʼuliyati cheklangan jamiyatlari “Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)” sertifikatini olganligi haqida maʼlumot bergan edik. Bugun ularning safi bittaga koʻpaydi "Qashqadaryo Dori-Darmon"masʼuliyati cheklangan jamiyati ham GDP  sertifikatini oldi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentyabrdagi 788-son qarorida mahalliy farmatsevtikaga GxP zarur amaliyotlar talablarini joriy etish nazarda tutilgan. barcha mahalliy va xorijiy dori vositalari ishlab chiqaruvchilar Zarur ishlab chiqarish amaliyotining (GMP) milliy talablariga, farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shugʻullanuvchi barcha mahalliy tashkilotlar Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP) milliy talablariga, farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shugʻullanuvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur distribyutorlik amaliyotining (GDP) milliy talablariga muvofiq boʻlishi lozim.  Zarur amaliyotlarni tatbiq etishning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: -sifatsiz maxsulotni import qilinishini oldini olish; -aholini sifatli, xavfsiz va bezarar dori vositalari bilan taʼminlash; -farmatsevtika mahsulotlarini xavfsizligini taʼminlash uchun javobgarlikni aniq belgilash; -hodimlarni oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida sifatli bajarishini taʼminlash; -farmatsevtika mahsulotlarining sifati va xavfsizligini taʼminlashga yondashuvni oʻzgartirish, bu nuqsonlarni paydo boʻlishi va mahsulotni chaqirib olish holatlarini kamaytirish; -farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligiga ishonchni hujjatlar bilan tasdiqlash; -xalqaro talablarga javob beradigan sifat tizimini yaratish; -realizatsiya jarayonida texnik baryerlarni bartaraf etish; -mahalliy maxsulotlarni chet el davlatlariga eksport qilinishi uchun keng yoʻl ochib berish hamda mahalliy maxsulotlarni raqobatbardoshligini taʼminlash; -qalbaki va sifatsiz dori vositalarini taʼminot zanjiriga kirish xavfi oldi olish; -farmatsevtika mahsulotlarini xususiyatlari oʻzgarmagan xolda isteʼmolchilarga yetkazib berilishini taʼminlash; -farmatsevtika mahsulotlarini davlat xaridlari boʻyicha tenderlarda qatnashish.

  • 23 Avgust, 17:39
  • Batafsil
not found

Tadqiqot: AQSHda yoshlar orasida oshqozon-ichak saratoni bilan kasallanish koʻpaymoqda

2010 va 2019-yillar oraligʻida Qoʻshma Shtatlarda saraton tashxisi darajasi 100 000 kishiga 100 dan 103 gacha koʻtarildi, eng muhim oʻzgarishlar 30 yoshdan 39 yoshgacha boʻlgan odamlar guruhida kuzatildi. Tadqiqot natijalari AMA Network Open jurnalida chop etilgan. Tadqiqot  mualliflari toʻqqiz yil davomida saraton kasalligiga chalingan 50 yoshgacha boʻlgan 560 mingdan ortiq odamning maʼlumotlarini oʻrganishdi. Tadqiqotga koʻra, koʻkrak bezi saratoni 50 yoshgacha boʻlgan odamlarda saratonning keng tarqalgan turi boʻlib qolmoqda. Shuningdek, oshqozon-ichak trakti saratonining turlari orasida eng sezilarli oʻsish kuzatilgan. Oshqozon-ichak saratoni, jumladan, yoʻgʻon ichak saratoni, appendiks saratoni va boshqa turlari bilan kasallanganlar soni 15 foizga oshdi. Bundan tashqari, 2010-2019-yillarda onkologik kasalliklar ayollarda koʻproq aniqlangani, erkaklar oʻrtasida kasallanish 5 foizga kamaygani maʼlum boʻldi. Maʼlumotlarni irqi va etnik kelib chiqishi boʻyicha tahlil qilgan tadqiqotchilar Osiyo, Tinch okeani, ispan, amerikalik hindlar yoki Alyaskaning tubjoy aholisi orasida saraton kasalligi koʻpayib borayotganini aniqladilar.  Yoshlar oʻrtasida saraton kasalligining koʻpayishi sabablari noaniq, ammo mumkin boʻlgan shartlar - semirish, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish, chekish, uyquning yetishmasligi yoki sifati yomonligi, harakatsiz turmush tarzi, atrof-muhitning kanserogenlar bilan ifloslanishi.  Loyiha bilan tanishgan onkolog Pol Obershteyn  "Agar biz bu xavfga nima sabab boʻlayotganini tushunmasak va uni oʻzgartirish uchun biror narsa qila olmasak, vaqt oʻtishi bilan bu tobora jiddiy muammoga aylanishidan qoʻrqaman", -dediThe Washington Post nashriga bergan intervyusida. 

  • 23 Avgust, 08:45
  • Batafsil
not found

20 daqiqada qonni 50ta koʼrsatkich boʼyisha tekshiradigan qurilma ishlab chiqildi

Vital Biosences Inc kompaniya taʼsischilariga koʼra, qurilma bir necha tomchi qon yordamida 50 ga yaqin laboratoriya tahlillarini oʼtkazishga yordam beradi. Vital bosh direktorining aytishicha, ular bu qurilma uchun 48 million dollar sarmoya olishga muvaffaq boʼlgan, bu miqdor ishlanmani yakunlash va klinik sinovlarni boshlash uchun yetarli. Qurilma qanday ishlaydi? VitalOne deb nomlangan diagnostika mashinasi bir vaqtning oʼzida uchta turdagi tahlillarni oʼtkazishga qodir: gematologik, klinik kimyoviy va immunologik. Sinovlar anemiya, metabolik kasalliklar yoki yuqori insulin darajasi kabi qon kasalliklari mavjudligi yoki yoʼqligini koʼrsatadi. Qurilma shifokor xonasida boʼladi, shuning uchun bemorga qon namunalarini olish uchun boshqa klinikalarga borish shart emas va qon tahlilini bir necha kun kutishga toʼgʼri kelmaydi. Bemor shifokorning qabulxonasida qon topshirishi va natijalarni 20 daqiqa ichida olishi mumkin, bu esa bemor va shifokorning vaqtini tejashga yordam beradi, takroriy tashriflarni bartaraf etadi. Vital Biosences kompaniyasining qurilmasi keng jamoatchilikka taqdim yetilmaydi. Qurilmaning birinchilarini bozorga 2024 yilga yaqin olib chiqish rejalashtirilgan, chunki ungacha bu qurilma sinovdan oʼtishi va FDA tomonidan tasdiqlanishi kerak. Tahlil minimal qon miqdorini talab qiladi. Ishlab chiquvchining fikriga koʼra, test uchun 6 tomchi qon yetarli.

  • 22 Avgust, 16:44
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech