Yangiliklar

not found

Sifatsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar qanday usulda yoʻq qilinadi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning egalarining yoki sudning qarori boʻyicha muomaladan chiqariladi va yoʻq qilinadi. Tegishli tashkilot vakillaridan iboratyoʻq qilish komissiyasi tuziladi.  Ushbu dori vositalari shakliga qarab quyidagi usullarda yoʻq qilinadi:  Suyuq dori shakllari. Ampulalardagi inyeksiya qilish uchun eritmalar, paketlar va flakonlardagi, aerozol ballonlardagi eritmalar, miksturalar, tomchilar sindirib (ezilib), (aerozol ballonlar oldindan teshib qoʻyiladi) hamda suv bilan kamida 1:100 nisbatda suyultirilib, hosil boʻlgan eritma kanalizatsiya tizimiga toʻkiladi. Boʻshagan ampulalar, aerozol ballonlar, paketlar va flakon qoldiqlari konteynerlarga joylashtiriladi va chiqindilarni utilizatsiya qilish talablariga muvofiq yoʻq qilinadi.  Tarkibida suvda eriydigan moddalar boʻlgan qattiq dori shakllari. Kukunlar, tabletkalar, kapsulalar maydalanib, kukun holiga kelgunga qadar eziladi. Suv bilan kamida 1:100 nisbatda suyultirilib, hosil boʻlgan suspenziya (yoki eritma) kanalizatsiya tarmogʻiga toʻkiladi.  Tarkibida suvda erimaydigan moddalar boʻlgan qattiq dori shakllari. Kukunlar, tabletkalar, kapsulalar, yumshoq dori shakllari (maz, suppozitoriylar), dori vositalarining transdermal shakllari, shuningdek substansiyalar faolsizlantirilib, maxsus konteynerlarga joylashtiriladi va chiqindilarni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan joyga tashlanadi.  Tarkibida tirik organizmlar (tibbiy immunobiologik preparatlar) mavjud dori vositalari. Avval dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida faolsizlantirilib, yuqori bosim hamda harorat taʼsirida ularning hujayralari parchalanadi va chiqindilarni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan joyga tashlanadi.  Tibbiy buyumlar ularning fizik va kimyoviy xususiyatlarini hisobga olgan holda yoʻq qilinadi.  Tarkibida radioaktiv elementlar mavjud boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlar. Atrof-muhitga bezararligi toʻgʻrisida tegishli komissiya xulosasi olingandan keyin, mazkur Nizom bilan tashkil etiladigan va unda nazarda tutilgan tartibda tasdiqlanadigan Komissiya tomonidan ularni yoʻq qilish masalasi koʻrib chiqiladi.

  • 13 Sentyabr, 09:41
  • Batafsil
not found

SSV: Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tashkil etildi

Prezidentimizning 2023 yil 20 iyundagi tegishli qaroriga muvofiq Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimida tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining nazariy bilimlari, amaliy koʼnikmalari, kasbiy mahoratini attestatsiyadan oʼtkazish va ularga malaka toifalari berish funktsiyalarini amalga oshiruvchi Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tashkil etildi. Quyidagilar markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: ♦ tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakalarini baholash va ularga malaka toifalarini berish, bu borada mutaxassislar bilimi, koʼnikmalari va qobiliyatlarini obʼektiv baholashning zamonaviy uslublarini joriy qilish; ♦ tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining oʼz malakasi va kasbiy darajasini muntazam ravishda oshirib borishida koʼmaklashish; ♦ attestatsiyalarni oʼtkazish va malaka toifalari berish boʼyicha meʼyoriy-huquqiy asoslarni ishlab chiqish va takomillashtirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali uning shaffofligini taʼminlash; ♦ tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga qoʼyiladigan amaldagi talablarni tahlil qilish va zamonaviy malakaviy talablarni hamda ularni roʼyxatdan oʼtkazishning normativ-huquqiy bazasini yaratishda ishtirok etish. Shuningdek, Sogʼliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʼi bilan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malaka toifasi olish boʼyicha hujjat topshirish va attestatsiyadan oʼtkazishning mutlaqo yangi shaffof va adolatli tizim asosida tashkil etish tartibi tasdiqlandi. Unga koʼra: ♦ malaka toifasini berish boʼyicha attestatsiyalarning onlayn tartibi joriy yilning sentyabridan boshlab, sinov tariqasida vrach va farmatsevtlarga, 2024 yil 1 yanvardan boshlab, barcha tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga bosqichma-bosqich joriy etiladi; ♦ malaka toifasi berish boʼyicha tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining hujjatlarini elektron shaklda qabul qilish va ularga elektron sertifikatlar rasmiylashtirilishini yoʼlga qoʼyish uchun “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifasi berish boʼyicha attestatsiyadan oʼtkazish va ularga sertifikat berish” yagona axborot tizimi (tibtoifa.ssv.uz) yaratildi va 2023 yil 11 sentyabrdan tajriba sinov tariqasida joriy etiladi. Endilikda malaka toifasi berish boʼyicha tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining hujjatlari faqat elektron shaklda tibtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali qabul qilinadi. Bunda, hujjat topshirish uchun har bir tibbiyot va farmatsevtika xodimi Yagona identifikatsiya tizimi (OneID)da id.egov.uz havolasi orqali roʼyxatdan oʼtishi lozim. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifasi berish boʼyicha ixtisoslashtirilgan attestatsiya komissiyalari yigʼilishi jadvali tuzildi, tasdiqlandi va Sogʼliqni saqlash vazirligining ssv.uz hamda markazning tmbm.ssv.uz rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilindi. Malaka toifasi berish boʼyicha attestatsiyalar joriy yilning 16 sentyabridan boshlanadi.

  • 12 Sentyabr, 14:27
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech