Yangiliklar

not found

Ijtimoiy tarmoqlarda 4 ming 500 dan ortiq reklamalar yuzasidan oʼrganishlar oʼtkazilgan

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʼmitasining asosiy faoliyat yoʼnalishlaridan biri bu – reklama bozorini tartibga solishdan iborat. Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʼmitasi raisi oʼrinbosari Аsadulla Qayumov ishtirokida brifing tashkil etildi. Unda sohaga oid maʼlumotlar taqdim etildi. Qayd etilishicha, nazorat va profilaktika tadbirlari oʼtgan yillarga nisbatan oshirilishi hisobiga, huquqbuzarliklar soni va darajasini kamaytirishga erishilmoqda. Jumladan, ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda, tashqi reklama vositalarida joylashtirilgan (tarqatilgan) reklamalarning qonunchilik hujjatlariga mosligi yuzasidan jami 24 mingdan ortiq oʼrganishlar oʼtkazildi. Soʼnggi yillarda ommalashib borayotgan axborot almashish va tarqatish manbai hisoblangan ijtimoiy tarmoqlarda 4 ming 500 dan ortiq reklamalar yuzasidan oʼrganishlar oʼtkazilgan, shundan (Facebook – 144 ta, Instagram – 344 ta, Telegram – 4 ming 108 ta) qonunbuzilish holatlari aniqlangan va bartaraf etilgan. Isteʼmolchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini himoya qilish maqsadida ovqatga qoʼshiladigan biologik faol qoʼshimchalarning va oziq-ovqat qoʼshimchalari reklamasini nazorat qilish boʼyicha Sogʼliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan. Maʼlumki, reklama faoliyati Oʼzbekiston Respublikasining “Reklama toʼgʼrisida”gi qonuni va boshqa (10 ga yaqin) normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Qoʼmita reklama bozorini tartibga solishni nafaqat nazorat funktsiyalari orqali, balki tushuntirish va profilaktika oʼtkazish, qonunbuzilish holatlarining oldini olish va tezkor bartaraf etish choralarini koʼrish yoʼli bilan amalga oshirishga koʼproq eʼtibor qaratgan. Qoʼmita tomonidan biologik faol qoʼshimchalar, malhamlar, surtmalar, balьzamlar, damlamalar, shifobaxsh va maʼdanli suvlarning reklamasida qayd etilgan xususiyati yuzasidan Sogʼliqni saqlash vazirligidan 150 dan ortiq holat boʼyicha eskpert xulosasi olinib, 103 ta holat boʼyicha kamchiliklar bartaraf etilgan. Shuningdek, reklamaga oid qonunbuzilishlarga nisbatan tezkor choralar koʼrish maqsadida bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani targʼib qiluvchi saytlarga kirishni bloklash choralari koʼrilmoqda. Olib borilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarini targʼib qiluvchi 92 ta veb-saytni bloklash boʼyicha АOKАga takliflar kiritilgan boʼlib, shundan 27 ta sayt bloklangan. Ijtimoiy tarmoqlarda estrada yulduzlari, sportchilar va blogerlar tomonidan totalizatorlar va bukmekerlik xizmatlarini reklama qilish holatlari boʼyicha ichki ishlar organlariga 11ta tegishli mazmundagi xat taqdim etilgan. Mutaxassisga koʼra, qoʼmita tegishli masʼul idoralar bilan birgalikda respublikamizda mavjud tashqi reklama obʼektlaridagi reklamalarning davlat tili qoidalariga mosligini oʼrganish yuzasidan jami 9 mingdan ortiq monitoring oʼtkazgan. Shundan, 3 mingdan ortiq (35 foiz) reklamalar davlat tili qoidalariga muvofiq emasligi aniqlangan va ularni tezkor bartaraf etish choralari koʼrilgan.

  • 20 Sentyabr, 12:03
  • Batafsil
not found

Olis va chekka hududlarga borib ishlayotgan shifokorlar qancha maosh oladi?

Bugun yurtimizda tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi oʼrni va maqomini kuchaytirish, ularning ijtimoiy muhofazasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilyapti. Xususan, soʼnggi paytlarda bemorlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tibbiyot xodimlariga nisbatan kuch ishlatish holatlari tez-tez kuzatilayotgani sababli Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksida toʼgʼridan toʼgʼri javobgarlik belgilandi. Bunday holatlarda fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha; mansabdor shaxslarga esa – 7 dan 10 baravarigacha jarima solishga yoki oʼn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʼladi. Ushbu turdagi javobgarlik belgilanishi tibbiyot xodimlari huquqlarini himoya qilish va ularning kasbiy faoliyatiga turlicha aralashuvlarning oldini olish va fuqarolarga oʼz vaqtida va sifatli tibbiy yordam koʼrsatishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, tibbiyot xodimlarining oylik maoshi 3,3 barobarga oshirilib, ularning majburiy mehnatga jalb etilishiga chek qoʼyildi. Jumladan: 2022 yil 1 iyundan boshlab oliy va birinchi malaka toifalarga ega boʼlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari oylik lavozim maoshlari 15 foiz, ikkinchi malaka toifasiga ega boʼlgan va toifaga ega boʼlmagan, shuningdek boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining maoshlari 10 foiz, tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlarining oylik maoshlari esa 15 foizga oshirildi. Xususan, ayni paytda oliygohni yangi tamomlagan salohiyatli oilaviy shifokorning oʼrtacha oylik ish haqi ustamalar bilan birga 5,4 mln. soʼmni, ilmiy darajasi mavjud boʼlganda 6,2 mln. soʼmni, yangi ish boshlaganligi uchun qoʼshimchasi bilan 7,2 mln. soʼmni tashkil qilmoqda. Аgar ushbu darajadagi shifokor olis va chekka hududlarga borib ishlasa, 9,2 mln. soʼm miqdorda maosh oladi.

  • 19 Sentyabr, 17:45
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech