Yangiliklar

not found

Retsept bilan beriladigan dori vositalarini retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga oʼzgartirish mumkinmi?

Retsept bilan beriladigan dori vositalari retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga oʼzgartirilishi mumkin. Bunda, dori vositalarining foydali xususiyatlari va nojoʼya taʼsirlari qayta baholanishi lozim. Retsept bilan beriladigan dori vositalarini retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga oʼzgartirishda ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: - elektron yoki yozma shakldagi ariza;- dori vositasini tibbiyotda qoʼllash boʼyicha yoʼriqnoma:- dori vositasining xavfsizligi boʼyicha maʼlumotlar (klinik tadqiqot hisobotlari va davriy yangilanib boruvchi hisobot);- dori vositasining qisqacha tavsifi. Аriza vakolatni organ tomonidan 90 kundan oshmagan muddatda koʼrib chiqiladi. Vakolatli organ tomonidan dori vositalarini retsept bilan beriladigan toifadan retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga oʼtkazish toʼgʼrisida qaror qabul qilinganida dori vositalarini berish tartibi aks ettirilgan hujjatlarga (tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnoma. oʼramning rangli maketi va dori vositasining meʼyoriy hujjatiga) tegishli oʼzgartirish kiritiladi hamda ushbu hujjatlar ariza beruvchiga taqdim etiladi. Vakolatli organ tomonidan dori vositalarini retsept bilan beriladigan toifadan retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga oʼtkazish rad etilganida ariza beruvchi besh ish kuni ichida elektron va yozma shaklda xabardor qilinadi.

  • 19 Fevral, 09:52
  • Batafsil
not found

Diqqat: “Bar-VIPS” dori vositasining sertifikatlashtirilmagan seriyasidan ogoh boʻling!

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi sotuvda "VIPS-MED" MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan, ogʻiz orqali yuborish uchun suspenziya tayyorlash kukuni shaklidagi "Bar-VIPS" preparatining sertifikatlashtirilmagan 520723 seriyasi aniqlanganligi haqida xabar beradi.  Ayni paytda ushbu holat boʻyicha, markaz laboratoriyasida mazkur dori vositasining sifati tekshirilmoqda. Maʼlumot uchun, “Bar-VIPS” dori preparatining quyidagi  seriyalariga 500820, 530820, 510820, 520820, 540820, 370622, 380622, 480722 mamlakatimizda tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat etilgan boʻlib, ularning sifatini tasdiqlovchi tegishli muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan. Sertifikatlashtirilgan farmatsevtika mahsulotlari haqida quyidagi manzilda tanishishingiz mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Oʻzbekiston Respublikasi hududida dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi (idoraviy mansubligidan, mulkchilik va boshqaruv shaklidan qatʼiy nazar) barcha tashkilotlarni ogohlikka chaqirib, “Bar-VIPS” preparatining sifatini tasdiqlovchi tegishli muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlmagan, shu jumladan 520723 seriyasi, (yaroqlilik muddati 08.2025) aniqlanganda uni zudlik bilan sotuvdan chiqarib tashlashini soʻraydi. Shu oʻrinda, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizom”ga muvofiq, dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzilishi hisoblanib, litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatilishiga olib kelishini eslatib oʻtamiz. Shuningdek, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislaridan "VIPS-MED" MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Bar-VIPS” dori vositasini tibbiy maqsadlarda qoʻllashda oʻramda koʻrsatilgan seriyalarga eʼtibor berishlarini hamda “Bar-VIPS” preparatining quyidagi 500820, 530820, 510820, 520820, 540820, 370622, 380622, 480722 seriyalari tibbiyot amaliyotida qoʻllash uchun tasdiqlanganligini maʼlum qiladi.

  • 16 Fevral, 16:45
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech