Yangiliklar

not found

JSST yangi antibakterial dorilarni ishlab chiqish holati toʻgʻrisidagi hisobotini eʼlon qildi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti dunyo boʻylab klinik va klinikadan avvalgi sinovlardan oʻtayotgan antibakterial dorilar, jumladan, antibiotiklar boʻyicha yangi hisobotni taqdim etdi. Unda aytilishicha, klinik tadqiqotlardagi antibakterial dorilar soni 2021-yilda 80 tani tashkil qilgan boʻlsa, 2023-yilda 97 taga yetgan. Shunga qaramay, xavfli yuqumli kasalliklarni davolash uchun keng qoʻllanilishi natijasida samaradorligini yoʻqotayotgan mavjud antibiotiklar oʻrnini bosadigan yangi, innovatsion dori vositalarini yaratish dolzarb boʻlib turibdi. Muammo nafaqat ishlab chiqarilayotgan antibakterial dorilarning juda kamligida, balki haqiqatan ham innovatsion ishlanmalarning yetarli emasligidadir. Ustuvor roʻyxatdagi patogenlar keltirib chiqaradigan infeksiyalarni davolash uchun ishlab chiqilayotgan 32 ta antibiotikdan faqat 12 tasini innovatsion deb hisoblash mumkin. Ishlab chiqarilayotgan preparatlarda koʻplab boʻshliqlar mavjud: masalan, bolalar uchun dorilar, ularning ambulator sharoitda qabul qilish uchun qulayroq boʻlgan peroral shakllari yoki oʻsib borayotgan doriga chidamlilikka qarshi kurashadigan turlari mavjud emas. Shunga qaramay, bakteriofaglar, antitanalar, antivirulent va immunomodulyator dorilar kabi noanʼanaviy biologik vositalarga, shuningdek, antibiotiklarni toʻldiruvchi yoki muqobil sifatida mikrobiomni modulyatsiya qiluvchi preparatlarga eʼtiborning kuchayishi biroz umid bagʻishlaydi. Shu bilan birga, ushbu dorilarni klinik amaliyotda qachon va qanday qoʻllash mumkinligini aniqlash uchun klinik tadqiqotlar oʻtkazish talab etiladi. Hisobotda taʼkidlanganidek, ishlab chiqilayotgan yangi antibakterial preparatlar haqidagi maʼlumotlarning shaffofligini oshirish potensial innovatsion boʻlgan, ammo qiyin loyihalar boʻyicha hamkorlikning rivojlanishiga olib kelishi, olimlar va ishlab chiquvchilarga yordam berishi hamda yangi antibakterial vositalarni yaratishga katta qiziqish uygʻotishi mumkin. 

  • 21 Iyun, 08:55
  • Batafsil
not found

Havoning ifloslanishi dunyoda oʼlimga olib keluvchi ikkinchi xavfli omilga aylandi

19 iyun kuni Health Effects Institute tomonidan eʼlon qilingan hisobotga koʼra, havo ifloslanishi 2021 yilda dunyo boʼylab 8,1 million oʼlimga sabab boʼlgan. Dunyo boʼylab millionlab odamlar allaqachon yomon havo bilan bogʼliq surunkali kasalliklar bilan yashamoqda. UNICEF bilan hamkorlikda birinchi marta tayyorlangan hisobotda aytilishicha, besh yoshgacha boʼlgan bolalar ayniqsa himoyasiz. 2021-yilda havo ifloslanishi natijasida bu yoshdagi bolalar oʼrtasida 700 mingdan ortiq oʼlim sodir boʼlgan (ushbu yosh toifasidagi barcha bolalar oʼlimining 15 foizini tashkil qiladi), ulardan 500 mingdan ortigʼi turar joy binolari ichidagi havo ifloslanishi bilan bogʼliq. Besh yoshgacha boʼlgan bolalar orasida havo ifloslanishi toʼyib ovqatlanmaslikdan keyin ikkinchi oʼlim xavfi hisoblanadi. 2021 yilda ozonning uzoq muddatli taʼsiri butun dunyo boʼylab 489 518 kishining oʼlimiga sabab boʼlgan. Sayyora iqlim oʼzgarishi taʼsiri tufayli isishda davom etar ekan, sogʼliq uchun yanada salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Taʼkidlanishicha, havo sifatining yomonligi erta oʼlim uchun gipertoniyadan keyin ikkinchi asosiy xavf omilidir. Roʼyxatda keyingi oʼrinlarda tamaki isteʼmoli, notoʼgʼri ovqatlanish va qon plazmasidagi glyukozaning yuqori yetishmovchiligi turadi. Tadqiqot natijalariga koʼra, havoning ifloslanishi pastki nafas yoʼllari infektsiyalari tufayli oʼlim holatlarining 30 foiziga, yurak ishemik kasalliklari tufayli oʼlim holatlarining 28 foiziga va oʼpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari tufayli oʼlim holatlarining 48 foiziga sabab boʼladi. Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, havo ifloslanishi immunitet tizimining infektsiyaga qarshi kurashish qobiliyatini pasaytiradi, bu nafas olish yoʼllari viruslari, shu jumladan, COVID-19 ni keltirib chiqaradigan viruslarning organizmga osonroq kirib borishiga imkon beradi.

  • 20 Iyun, 11:43
  • Batafsil
not found

Mutaxassislar saratonning eng xavfli turlarini davolashda immunoterapiyani muhokama qilishdi

Moskvada Rossiya va Xitoyning yetakchi mutaxassislari eng ogʼir onkologik kasalliklarni davolash sohasidagi soʼnggi tadqiqotlarni muhokama qildilar. Mutaxassislar eʼtibori, birinchi navbatda, qiziloʼngach va gepatotsellyulyar saratonini (jigar saratoni) davolashga qaratildi. Gepatotsellyulyar saraton dunyoda saraton kasalligidan oʼlim sabablari orasida uchinchi oʼrinni egallaydi va barcha saraton turlari orasida eng kam davolanadi. Jigar saratoniga yangi tashxis qoʼyilgan holatlar soni boʼyicha Xitoy yetakchi hisoblanadi - tashxislarning 45 foizi va 71 foiz holatlarda bu kech bosqichda aniqlanadi, bemorlarning oʼrtacha yoshi 53 yoshni tashkil qiladi. Qiziloʼngach saratonining global tarqalishi boʼyicha ham Osiyo mamlakatlari ustunlik qiladi: kasallanish 100 ming aholiga 6,3ni, oʼlim darajasi 100 ming aholiga 5,6 ni tashkil qiladi. Rossiyada 2022 yilda 6400 ta qiziloʼngach saratonining yangi holatlari aniqlangan, ularning 60% dan ortigʼi III va IV bosqichlarda, bir yil ichida oʼlim darajasi 51,5% ni tashkil etadi. Rossiyada har yili иjigar saratoni holatlari qayd etiladi va 10 bemordan 6 nafari tashxis qoʼyilgandan keyin birinchi yilda vafot etadi. Bu saratonning oʼlim soni dastlabki tashxislar sonidan oshadigan yagona turi hisoblanadi. Bunday yuqori oʼlim darajasi shuni anglatadiki, 10 nafar bemordan faqat 3 nafari bir nechta terapiya kursini olish imkoniyatiga ega va shuning uchun birinchi kurs hal qiluvchi rol oʼynaydi. Mutaxassislar kamrelizumab preparati yordamida jigar va qiziloʼngach saratoni bilan ogʼrigan bemorlar uchun immunoterapiyaning xalqaro klinik sinovlari natijalarini muhokama qilishdi. Preparatning taʼsir qilish mexanizmi oʼsimta hujayralarini tanib, oʼldirishga qodir boʼlgan oʼsimtaga xos sitotoksik T-limfotsitlarni qayta faollashtirishga imkon beradi.  Operatsiyasiz va metastatik jigar saratoni bilan ogʼrigan bemorlarni davolash uchun kamrelizumab va rivotsenib preparatlari kombinatsiyasini oʼrganish natijalari ham taqdim etildi. Bemorlarning umumiy omon qolish muddati 14,2 oygacha oshdi, kasallikning rivojlanish xavfi nazorat guruhiga nisbatan 48% ga va oʼlim xavfi 38% ga kamaydi. Metastatik qizilo'ngach saratoni bilan og'rigan bemorlar uchun monoterapiya ikkinchi kurs sifatida kimyoterapiyaga nisbatan ESCORT sinovining mavzusi bo'lib, u ham sezilarli foyda ko'rsatdi: kamrelizumab rivojlanish va o'lim xavfini 31% ga kamaytirdi. ESCORT-1 tadqiqoti kamrelizumab guruhida o'rtacha omon qolishning yuqoriroq bo'lishiga olib keldi: nazorat guruhidagi 6,2 oyga nisbatan 8,3 oy. Kamrelizumab preparatini oʼrganish davom etmoqda. Hozirgi vaqtda butun dunyoda, jumladan Rossiya, Yevropa, AQSh va Janubiy Koreyada kamrelizumabning 33 dan ortiq klinik sinovlari oʼtkazildi va oʼtkazilmoqda. Preparat Jiangsu Hengrui Pharmaceuticals Co., Ltd global farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va 2019 yilda roʼyxatdan oʼtgan. Oʼshandan beri Xitoyda 300 mingdan ortiq bemor davolandi, preparatni Yevropada roʼyxatdan oʼtkazish uchun regulyatori tomonidan koʼrib chiqilmoqda. Dori 2024-yilda Rossiyada roʼyxatga olinishi rejalashtirilgan.

  • 20 Iyun, 09:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech