Yangiliklar

not found

Baliq yog‘i qariyalar uchun nimasi bilan foydali

AQShning Oregon shtati Salomatlik va fan universiteti olimlari Altsgeymer kasalligiga genetik moyilligi bo‘lgan keksa yoshdagi odamlar uchun baliq yog‘li qo‘shimchalarning potensial foydasini ko‘rsatadigan klinik tadqiqot o‘tkazdilar. Bu haqda JAMA Network Open jurnalida e’lon qilingan maqolada xabar berilgan. Mutaxassislar baliq yog‘i tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotalarining keksalardagi kognitiv funksiyalarga ta’sirini o‘rganishdi. Tadqiqotning barcha ishtirokchilari uchun sezilarli foyda aniqlanmagan bo‘lsa-da, Altsgeymer kasalligi rivojlanish xavfining oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan APOE4 genining tashuvchilarida miyadagi nerv hujayralari nobud bo‘lishining kamayishi kuzatildi. Tadqiqotda qonda omega-3 yog‘ kislotalari darajasi past bo‘lgan 75 yosh va undan katta bo‘lgan 102 kishi ishtirok etdi. Ishtirokchilar uch yillik tadqiqot boshida va oxirida qon tomirlari orqali ozuqa moddalarining yetkazib berilishi uchun mas’ul bo‘lgan miya oq moddasidagi o‘zgarishlarni baholash uchun magnit-rezonans tomografiyadan (MRT) o‘tkazildi. Ishtirokchilarning yarmi omega-3 bilan boyitilgan baliq yog‘i qo‘shimchasini, qolgan yarmi esa soya moyi asosidagi platsebo qabul qildi. Natijalar birinchi guruhda oq moddaning zararlanishi zo‘rayishining biroz pasayishini ko‘rsatdi, ammo bu farq statistik ahamiyatga ega emas edi. Biroq, baliq yog‘ini qabul qilgan APOE4 geni tashuvchilarida tadqiqotchilar davolanish boshlanganidan bir yil o‘tgach, miya hujayralari butunligi buzilishining sezilarli pasayishini qayd etishdi, bu esa bunday qo‘shimchalarning ushbu odamlar guruhi uchun foydali bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, natijalarni tasdiqlash uchun aholining turli guruhlari ishtirokida kengroq tadqiqotlar o‘tkazish zarur. Shunga qaramay, ushbu ma’lumotlar Altsgeymer kasalligining oldini olish bo‘yicha yangi yondashuvlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lishi mumkin.

  • 7 Avgust, 11:49
  • Batafsil
not found

Prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi

Prezidentning 23.07.2024 yildagi   "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Iqlim kengashini tashkil etish toʻgʻrisida"gi PF-106-sonli Farmoni qabul qilindi.  Iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq muammolarni samarali hal qilish, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish boʻyicha yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish meхanizmlarini takomillashtirish, shuningdek Oʻzbekistonning Parij bitimi boʻyicha majburiyatlarini samarali bajarish uchun Prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etilmoqda.  Iqlim kengashi majlislari bir  yil davomida uch marta - yalpi majlislar (yilda bir marta) va oraliq majlislar (yilda ikki marta) shaklida oʻtkaziladi.  Iqlim kengashining asosiy vazifalari: ● Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish boʻyicha Milliy strategiyani, shuningdek bu yoʻnalishda yagona davlat siyosatini shakllantirish; ● Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish boʻyicha yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish boʻyicha vazirlik va idoralarning ishini muvofiqlashtirish; ● BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konvensiyasi va Parij bitimidan kelib chiqadigan Oʻzbekiston majburiyatlarining bajarilishini monitoring qilish; ● Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashishga, shu jumladan "yashil" teхnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni oʻz ichiga olgan loyihalarni resurslar bilan ta’minlash va moliyalashtirishga koʻmaklashish.  Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: ● Iqlim kengashi tarkibi; ● Iqlim kengashi toʻgʻrisidagi nizom; ● Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish boʻyicha Milliy strategiyani, shuningdek bu yoʻnalishda yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi".  Ekologiya vazirligi huzuridagi davlat muassasasi shaklidagi Yashil transformatsiya va iqlim oʻzgarishiga moslashish milliy markazi Iqlim oʻzgarishi boʻyicha milliy markaz deb qayta nomlandi.  Iqlim markazi Iqlim kengashining ishchi organi, shuningdek iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha muhim хalqaro va mintaqaviy rasmiy tadbirlarda Oʻzbekistonning ishtirokini muvofiqlashtirish va tayyorlash boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.  Vazirlik va idoralarga (roʻyхat boʻyicha) ikki hafta muddatda mavjud shtat birliklari doirasida 2-3 ta shtat birligidan iborat ekologik diplomatiya boʻlimlarini tashkil etish topshirildi.  Shu bilan birga, ilmiy va akademik salohiyatni oshirish, shuningdek fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish uchun Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetida (Green University) Iqlim ilmiy forumi (Iqlim rezidensiyasi) tashkil etilmoqda.  Hujjat Qonun hujjatlari ma’dumotlari milliy bazasida e’lon qilindi va 03.08.2024 yildan kuchga kirdi.

  • 6 Avgust, 17:45
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech