Yangiliklar

not found

Dori-darmonga 15,5 trillion so‘m — o‘zbekistonliklar nimalarga eng ko‘p xarajat qilmoqda?

2024-yilda onlayn nazorat-kassa mashinalari eng ko‘p oziq-ovqat mahsulotlari uchun chek bergan bo‘lsa, keyingi o‘rinda dori vositalari turibdi. O‘zbekistonliklar sotib olgan 1,2 milliard dollarlik dori vositalarining 78 foizi xorijiy mahsulotlar hisoblanadi. ONKM avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil oktyabr oyiga qadar 2,1 milliard donadan ortiq chek berilgan. Bu cheklar tushumi 251 trillion 497 milliard so‘mdan oshadi – qariyb 19,7 milliard dollar. Faoliyat turlari bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari (652 mingta), transport xizmatlari (230 mingta) hamda farmatsevtika mahsulotlari (199 mingta) uchun eng ko‘p cheklar berilgan. Sotilgan tovar va xizmatlar borasidagi eng ko‘p cheklar esa — transport xizmatlari (247 mingta), alkogolsiz ichimliklar (205 mingta) hamda dori vositalari (190 mingta) uchun berilgan. Ikkala ustunda ham ikkinchi o‘rinda eng ko‘p sarflanayotgan pullar dori vositalari (farmatsevtika mahsulotlari) ekanini ko‘rish mumkin. Sotilgan dori vositalari uchun sarflangan pul miqdori – 15 trillion 512 milliard 910 million so‘mdan (taqriban 1,2 milliard dollar) oshadi. Dorilarning 22 foizi – 3 trillion 280 milliard so‘mlik mahalliy mahsulot bo‘lsa, 78 foizi – 12 trillion 232 milliard so‘mlik xorijiy mahsulotlar hisoblanadi. 2024-yilning 10 oyi davomida O‘zbekistonda sotilgan dorilar aholi jon boshiga hisoblaganda 421 ming so‘mdan tushmoqda. Sotib olingan dori mahsulotlari summasi bo‘yicha hududlar miqyosida eng yirik to‘lovlar Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Soddaroq qilib tushuntirsak, Toshkent shahrida 2024-yilning 10 oyi davomida sotib olingan jami dori vositalarining summasi poytaxt aholisiga bo‘linsa, bir kishiga 1 million 387 mingdan to‘g‘ri kelmoqda. Bu o‘rinda Toshkentda eng yirik shifoxonalar borligi hamda butun respublika bo‘yicha millionlab aholi poytaxtga kelib davolanishga majbur bo‘lishini hisobga olish kerak. Shu holat ham Toshkentda dori vositalarining savdosi boshqa hududlardan keskin farq qilishiga asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Buxoro va Samarqand viloyatlarida ham ushbu davrda dori-darmon savdosi aholi jon boshiga hisoblaganda yuqori – 500 ming so‘mdan oshadi. Qolgan hududlarda summalar o‘xshash 200 mingdan 380 ming so‘mgacha. Hisobot organi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 7 hududda aholi jon boshiga dorilar uchun sarflanayotgan summa BHMdan oshadi. Eng ko‘p sotilayotgan dori vositalari — yurak-qon tomir, infeksion va asab tizimi kasalliklari hamda og‘riq qoldiruvchi vositalar guruhiga kirishi qayd etilgan. Shuningdek, hududlarda asosan qaysi turdagi kasalliklarga qarshi dori vositalari ko‘proq sotilayotgani ham ko‘rsatilgan.

  • 4 Noyabr, 12:45
  • Batafsil
not found

Qon haqida siz eshitmagan qiziqarli faktlar

Qon tanadagi ko‘plab muhim funksiyalarni bajaradigan suyuq to‘qimadir. U kislorodni tashiydi va to‘qimalarimizni "oziqlantiradi", hujayra chiqindilarini to‘playdi va viruslar hamda bakteriyalardan himoya qiladi. 12-asrgacha odamlar jigar qon aylanishi uchun javobgar deb o‘ylashgan. Tog‘da yashovchi xalqlar u yerda inson ruhi joylashganiga ishonishgan. Qadimgi Xitoyda bu organ tananing "onasi" hisoblangan, chunki u tanamizga havo va oziq-ovqat bilan kiradigan barcha yot narsalarni filtrlashga qodir. Ammo 17-asrda ingliz olimi Vilyam Garvey yurak qonni butun tanada tashish uchun mas’ul ekanligini aniqladi. Bugungi kunda qonning xarakterga ta’siri haqida ilmiy dalillar mavjud emasligiga qaramay, Yaponiyada tanishuv jarayonida qon guruhi so‘raladi. Birinchi qon guruhining egalari beparvo va xushmuomala, ikkinchi qon guruhi esa jiddiy va zerikarli ekanligiga ishonishadi. Yaponlar uchinchi qon guruhga mansub odamlarga ijodkorlik bilan shug‘ullanishni tavsiya qiladilar - ular izlanuvchan va ijodkordir. Va to‘rtinchi qon guruhi egalari ikki yuzlamachi, xotirjam va sovuq qonli hisoblanadi. Shuningdek, Yaponiyada qon guruhi ko‘pincha tanishish, ishga yollash, sport va parhez tanlashda hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin. Butun tananing qoni yuragimiz orqali bir soat ichida taxminan 70-100 marta oqib o‘tadi va shu bilan birga doimiy ravishda yangilanib turadi. Va agar katta yoshlilarning barcha qon tomirlari bir qatorga qo‘yilsa, uning uzunligi taxminan 100 ming km. ni tashkil qiladi. Bu masofa Yer ekvatori atrofida ikki marta aylanishga yetadi. Qulog‘imizga dengiz chig‘anog‘ini qo‘yganimizda, dengizning ovozi eshitilayotgandek tuyuladi. Ammo bu aslida atrof-muhitdan aks ettirilgan tovushlar va tomirlar bo‘ylab harakatlanadigan qonning ovozi. Bizning butun tanamiz tomirlar bilan qoplangan. Voyaga yetgan inson tanasida ularning uzunligi 95 ming km dan oshadi. Qon tomirlari orqali qon barcha organlarga, shu jumladan quloqlarga yetib boradi. Shuning uchun qulog‘imizga chig‘anoqni qo‘yganimizda, qonning harakatini eshitamiz.

  • 1 Noyabr, 17:45
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech