Yangiliklar

not found

Tuzning ko‘p iste’moli ham, undan butunlay voz kechish ham zararli bo‘lishi mumkin

Inson to‘g‘ri ovqatlanishga o‘tganda, u tuzdan voz kechishi kerakmi yoki yo‘qmi, deb o‘ylaydi. Ushbu mavzu bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqotlar mavjud, ba’zida ular bir-biriga zid xulosalarni ham keltiradi. Nima uchun tuzni “oq o‘lim” deb atashadi? Ushbu ibora tuzning ortiqcha iste’moli bilan bog‘liq inson tanasiga salbiy ta’sirini o‘rganish natijasida paydo bo‘lgan. Uning asosiy zararli ta’sirlari quyidagicha: • organizmda suyuqlikni ushlab turish; • semirish; • gipertoniya xavfi ortishi; • buyraklarga salbiy ta’siri; • kalsiyni yuvib yuborishi; • oshqozon-ichak traktining yomonlashishi. Ammo agar birdaniga va butunlay tuzdan voz kechilsa, qator noxush alomatlarga duch kelish mumkin: ♦ ishtaha bilan bog‘liq muammolar; ♦ ko‘ngil aynishi; ♦ bosh va mushaklardagi og‘riqlar; ♦ bosh aylanishi; ♦ qon bosimining pasayishi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, kattalar iste’moli uchun optimal kunlik tuz miqdori 5 grammdan oshmasligi kerak. Bu taxminan bir choy qoshiqdan biroz kamroq. Ushbu me’yor faqat gipertoniya, oshqozon-ichak yoki buyrak kasalliklari bo‘lmagan sog‘lom odamlarga mos keladi. Albatta, inson kun bo‘yi qancha tuz iste’mol qilganini kuzatib borishi juda qiyin. Shuning uchun asosan ta’m retseptorlariga tayanish, shuningdek, har bir mahsulotni iste’mol qilishdan oldin uning tarkibiga e’tibor qaratishga odatlanish kerak. Endokrinologlar fikriga ko‘ra, sho‘r ovqatlarga bo‘lgan ishtiyoq ko‘pincha tanada magniy kamligidan dalolat beradi, bu 300 ga yaqin fermentlar ishida ishtirok etadigan, energiya ishlab chiqarish, asab impulslarini o‘tkazish va xotirjam hissiy fon uchun javob beradigan mineral hisoblanadi. Tuz iste’molini kamaytirishning eng yaxshi usuli uni boshqa ziravorlar bilan almashtirishdir. Ovqatga xushbo‘y ziravorlar qo‘shish orqali ta’m hissingizni boyitish mumkin. Shunda inson asta-sekin bunga ko‘nikadi va sho‘r mahsulotlarni iste’mol qilish istagidan xalos bo‘ladi.

  • 25 Noyabr, 09:29
  • Batafsil
not found

Xitoylik olimlar diyetani tanlashda yashash hududini hisobga olishni maslahat berishmoqda

Xitoy olimlari yashash hududiga qarab diyetani shakllantirishni tavsiya qilishdi. Ularning ta’kidlashicha, bu semizlik va u bilan bog‘liq kasalliklarning ko‘payishi sharoitida mamlakatda ovqatlanish odatlarini yaxshilash uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, mahalliy oziq-ovqatlarni ratsionga kiritish tabiiy resurslarni saqlashga yordam beradi. Xitoy semirishni tashxislash-va davolashni standartlashtirish bo‘yicha birinchi ko‘rsatmalarini e’lon qildi. Mamlakatda katta yoshli aholining yarmidan ko‘pi allaqachon ortiqcha vaznga ega yoki semizlikdan aziyat chekadi. Bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etishi kutilmoqda. Hukumat semizlikni davolash va oldini olishda sog‘lom-ovqatlanish muhimligini ta’kidladi. Guanchjoudagi Sun Yat-sen universiteti jamoasi o‘z tadqiqotida "sayyoraviy salomatlik diyetasi" tamoyillariga amal qilish, sut mahsulotlari va qizil go‘sht iste’molini kamaytirish tarafdori ekanini aytdi. Tadqiqot Nature Food jurnalida chop etilgan. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, shimoliy Xitoyda yashovchi, ko‘p miqdorda sut mahsulotlarini iste’mol qiladigan va sabzavotlarni kam iste’mol qiladigan odamlar o‘z ratsioniga ko‘proq meva va don mahsulotlarini kiritishlari kerak. Tadqiqotda aytilishicha, iqlimi qattiqroq va suv tanqis bo‘lgan janubi-g‘arbiy hududlarda odamlar dukkaklilar va sabzavotlarni afzal ko‘rishlari va qizil go‘shtni ko‘p iste’mol qilmasliklari kerak. O‘zining unumdor yerlari bilan mashhur bo‘lgan sharqda aholiga ko‘proq don, dengiz mahsulotlari va sabzavotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.

  • 22 Noyabr, 17:51
  • Batafsil
not found

Grippning simptomlaridan ko‘ra uning asorati xavfli

Kuz-qish mavsumi — grippga chalinish holatlari ko‘payadigan davr. Shu bois isitma me’yorlashib, yo‘tal va burun oqishi to‘xtagach, kasallikdan to‘liq tuzaldim, deb o‘ylash — yanglish xulosa. Grippning o‘tkir bosqichidan so‘ng jismoniy va ruhiy toliqqan, suvsizlangan hamda ko‘p quvvat yo‘qotgan organizmning tiklanish davri boshlanadi. Bu vaqtda tanada holsizlik, charchoq va zaiflik kuzatiladi. Har kimda kasallik bosqichi har xil kechadi. Tiklanish muddati bemorning kasallik boshlanishidan avvalgi immuniteti holatiga bog‘liq. Virus surunkali xastaliklar otit va sinusit, balki virusli pnevmoniya, meningit, yurak ishemik kasalliklari, bronxial astma va surunkali bronxitni ham keltirib chiqarishi mumkin. Viruslarga qarshi kurashish natijasida immunitet zaiflashib, ichki a’zolar faoliyati buzilishi bilan izohlanadi. Shuningdek, xastalik chog‘ida infeksiyalar tufayli asab tizimi zararlanadi. Oqibatda bemor to‘liq oyoqqa turganidan keyin ham toksinlarning miyaga ta’siri uzoq davom etadi. Shu sababli, bemor holsizlik, jizzakilik, bosh og‘rig‘i, uyqu buzilishi, xotira susayishi va ish qobiliyati pasayishidan aziyat chekishi mumkin. Grippdan tuzalgan bemorlarga jismoniy faollik va stressdan saqlanish, immunitetni mustahkamlash, to‘g‘ri ovqatlanish,  vitamin terapiyasi, ichak mikroflorasini tiklashga qaratilgan dori-darmon muolajaci, massaj va fizioterapiya mashqlari tavsiya etiladi.

  • 22 Noyabr, 15:44
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech