Yangiliklar

not found

Antibiotiklar vaksinalarning samaradorligini pasaytirishi aniqlandi

Avstraliyalik olimlar hayotning birinchi haftalarida antibiotiklarni qabul qilgan chaqaloqlar organizmiga emlashlarga yomonroq javob berishini aniqladi. Ular vaksinalarga nisbatan zaif immunitetga ega bo‘lishadi, bu, ehtimol, ichak mikroflorasi tarkibining buzilishi bilan bog‘liq. Tadqiqot natijalari Nature jurnalida chop etilgan. Tajribada 191 nafar sog‘lom bola ishtirok etgan. Ulardan 32 nafar chaqaloq tug‘ilgandan darhol antibiotiklarni qabul qilgan, yana 79 nafari esa onalari orqali bilvosita - tug‘ilish paytida yoki undan keyingi dastlabki olti hafta ichida dorilar ta’siriga duchor bo‘lgan. Bu bolalarda 7 va 15 oyligida bir qator vaksinalarga, jumladan pnevmokokk va gemofil infeksiyasiga qarshi vaksinalarga qarshi antitelalar darajasi pasaygan. Mualliflar bu ta’sirni bifidobakteriyalar - foydali bakteriyalar ulushining kamayishi bilan bog‘lashadi, odatda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ichaklarida, ayniqsa ona suti bilan oziqlanadigan emizikli bolalarning ichaklarida ustunlik qiladi. Ushbu bakteriyalar immunitet tizimini to‘g‘ri "sozlash" bilan shug‘ullanadi va vaksinalarga javobni kuchaytiradi. Olimlar, shuningdek, steril sichqonlar ustida tajriba o‘tkazdilar: bifidobakteriyalarning mavjudligi emlashdan keyin antitelalar ishlab chiqarishni ko‘paytirishini va bu bakteriyalar bilan probiotikni yuborish immunitet reaksiyasini tiklashini ko‘rsatdi. Yaqin kelajakda tadqiqotchilar guruhi bifidobakteriyalarga asoslangan probiotikning klinik sinovlarini boshlaydi, u antibiotiklardan keyin chaqaloqlarda immunitetni tiklay oladimi yoki yo‘qmi ayni shu jihatni o‘rganish maqsad qilingan.

  • 7 Aprel, 14:29
  • Batafsil
not found

Davolashning samaradorligi bevosita dori-darmonlarni qabul qilish qoidalariga rioya qilishga bog‘liq

Tabletkalar yoki kapsulalarni qabul qilish usuli, dozasi, dorilar orasidagi interval va boshqa omillar davolash jarayoniga bevosita ta’sir qiladi. Qoidalarga rioya qilmaslik terapevtik samaradorlikning pasayishiga yoki yon ta’sirlarga olib keladi. Dori-darmonlarni qabul qilishning asosiy qoidalari: • Gazlangan suv, qahva, choy va sut bilan ichmang. Gazlangan suv tarkibidagi kislotalar va shakar dorining so‘rilishini sekinlashtirishi yoki tezlashtirishi mumkin. Kofein va taninlar temir moddasi hamda antibiotiklarning, sutdagi kalsiy esa faol moddalarning so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi. Bu, ayniqsa, bakterial infeksiyalarni davolash uchun ishlatiladigan tetratsiklin guruhidagi antibiotiklar uchun juda xavfli. • Yetarlicha toza suv iching. Agar yo‘riqnomada boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa, minimal hajm 100-150 ml ni tashkil qiladi. Suv dori vositalarining asosiy faol moddalariga ta’sir qilmaydi, tabletkalarni qizilo‘ngachda qolib ketish xavfini kamaytiradi va oshqozonga tezroq tushishiga yordam beradi. • Zarurat bo‘lmasa, tabletkalarni chaynamang. Himoya qobig‘i faol moddaning asta-sekin chiqarilishiga yordam beradi. Chaynash bu jarayonni buzadi, oqibatda faol moddaning butun dozasi bir vaqtning o‘zida tanaga kiradi. Bu ortiqcha dozaga olib kelishi va oshqozonga zarar yetkazishi mumkin. • Dozalar orasidagi intervallarga rioya qiling. Bu tanadagi faol moddaning barqaror konsentratsiyasini saqlashga yordam beradi.

  • 7 Aprel, 12:26
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech