News

not found

Ukrainaning «Yuriya-farm» kompaniyasi Oʼzbekistondagi farmkorxonani sotib oldi

Ukrainaning «Yuriya-Farm» farmatsevtika kompaniyasi Oʼzbekistondagi «Reka-Med» farmatsevtika kompaniyasini sotib oldi. Buning uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) krediti hisobidan 10 mln yevro ajratdi, deya xabar qildi bank matbuot xizmati. YeTTB krediti mahsulotining 30 foizini (shundan 15 foizi Oʼzbekistonga) eksport qiluvchi «Yuriya-farm»ga Oʼzbekiston bozori uchun dori vositalarini ichki ishlab chiqarish hamda Ukrainadagi ishlab chiqarish quvvatlarining qariyb 10 foizini boshqa dori vositalarini ishlab chiqarish uchun boʼshatish imkonini beradi. YeTTBning taʼkidlashicha, «Yuriya-Farm» Ukrainadagi yetakchi beshta farmatsevtika ishlab chiqaruvchilardan biri boʼlib, oʼz dori vositalarini dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlariga eksport qiladi. «Rossiya va Ukraina oʼrtasidagi urush sharoitida eksport qiyinlashib, qimmatlab borayotgan bir paytda oʼzbek kompaniyasini sotib olish eng yaxshi strategik qadam boʼldi», — deya qayd etdi bank. «Ushbu kelishuv Ukrainada ham, Oʼzbekistonda ham dori vositalarining mavjudligini oshiradi. Shuningdek, u «Yuriya-Farm»ning rentabelligini oshiradi hamda Ukrainadan tashqarida qoʼshimcha maydonlarni joylashtirish orqali ishlab chiqarish xatarlarini diversifikatsiya qiladi», — dedi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Sharqiy Yevropa va Kavkaz boʼyicha boshqaruvchi direktori Matteo Patrone. «Yuriya-farm» YeTTB bilan dastlabki kredit shartnomasini 2019 yil may oyida imzolagan. Kompaniya 25 mln yevro jalb qildi, bu mablagʼ ikki transhda ajratilishi kerak edi. Dastlabki 15 mln yevro qadoqlash liniyalarini takomillashtirish, arzon individual dozalarda saraton kasalligini davolash uchun dori vositalari ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish hamda ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlariga sarflandi. Ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish uchun moʼljallangan ikkinchi transh esa sarflanmadi, endilikda u «Reka-Med»ni sotib olishga yoʼnaltiriladi.

  • 3 April, 10:18
  • Read more
not found

Hindiston soxta dori vositalari ishlab chiqargan 18 ta farmatsevtika kompaniyasining litsenziyasini bekor qildi

Sifatsiz dori-darmonlarni ishlab chiqarishga qarshi keng qamrovli chora-tadbirlar natijasida markaziy va davlat nazorat organlari 76 farmatsevtika kompaniyasida birgalikda tekshiruv oʼtkazdi. Ulardan 18 tasida soxta dori vositalari ishlab chiqargani uchun litsenziyalari bekor qildi. Tekshiruvlar soʼnggi 15 kun ichida mamlakat boʼylab oʼtkazilgan. Manbaning maʼlum qilishicha, sifatsiz dori vositalari ishlab chiqarishga qarshi maxsus harakatning birinchi bosqichida 76 korxonaga nisbatan chora koʼrilgan. «Soxta dori vositalari ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish amaliyoti qoidalarini buzganlik uchun 18 ta farmatsevtika kompaniyasining litsenziyalari bekor qilindi. Bundan tashqari, yana 26 tasiga sabablar yuzasidan ogohlantirish berildi», deyiladi manbada. Manbada aynan qaysi kompaniyalarning litsenziyalari bekor qilingani aytilmagan. Taʼkidlashicha, maxsus harakat doirasida regulyatorlar 203 ta firmani aniqlagan. Kompaniyalarning aksariyati Himachal-Pradesh (70), Uttarakxand (45) va Madxya Pradesh (23) shtatlarida faoliyat olib borgan. Soʼnggi paytlarda Hindistonda joylashgan kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan dori-darmonlarning sifati haqida savollar paydo boʼldi. Fevralь oyida Tamil Naduda joylashgan «Global Pharma Healthcare» kompaniyasi koʼz tomchilari АQShda koʼrish qobiliyatini yoʼqotish bilan bogʼliq salbiy taʼsirlarga sabab boʼlgani maʼlum boʼlgandi. Bungacha Hindistonda ishlab chiqarilgan yoʼtal siroplari oʼtgan yili Gambiya va Oʼzbekistonda bolalar oʼlimiga aloqadorligi aniqlangan edi.

  • 31 March, 09:40
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech