Yangiliklar

not found

2024-yil yakunlari sarhisob qilindi

"Dori-Darmon"  aksiyadorlik kompaniyasining 2024-yil yakunlariga bag‘ishlangan  navbatdagi hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniya Boshqaruv raisi Mirzanozim Mirzabekovich, kuzatuv kengashi raisi Farhod Faradeevich, bo‘lim boshliqlari hamda kompaniya tarkibidagi jamiyatlarning rahbarlari  ishtirok etishdi. Yig‘ilishda kompaniya tarkibidagi aksiyadorlik va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar rahbarlarining 2024-yil yakunlari va 2025-yil uchun biznes loyihalari va kutilayayotgan natijadorlik to‘g‘risidagi hisobotlarii tinglandi. Xususan, 2024-yil davomida “Farg‘ona Dori-Darmon” aksiyadorlik jamiyatining umumiy tovar aylanmasi 121,6 mlrd.so‘mni, shundan ulgurji tovar aylanmasi 72,6 mrld so‘mni,  chakana tovar aylanmasi 49,0 mlrd so‘mni, “Buxoro Dori-Darmon” MCHJning umumiy tovar aylanmasi 62,7 mlrd.so‘mni, shundan ulgurji tovar aylanmasi 19,0 mrld so‘mni,  chakana tovar aylanmasi 43,7 mlrd so‘mni, “Surxon Dori-Darmon” MCHJning umumiy tovar aylanmasi 35,3 mlrd.so‘mni, shundan ulgurji tovar aylanmasi 22,8 mrld so‘mni,  chakana tovar aylanmasi 12,5 mlrd so‘mni, “Samarqand Dori-Darmon” aksiyadorlik jamiyatining umumiy tovar aylanmasi 32,1 mlrd.so‘mni, shundan ulgurji tovar aylanmasi 14,1 mrld so‘mni,  chakana tovar aylanmasi 18,0 mlrd so‘mni tashkil etgan. “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibidagi jamiyatlar aholini ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari  bilan ta’minlashda yetakchi o‘rinni egallaydi.  Xususan, 2024-yil davomida “Samarqand Dori-Darmon” tomonidan 5,16 mlrd so‘mlik, “Farg‘ona Dori-Darmon” tomonidan 3,07 mlrd so‘mlik,  “Surxon Dori-Darmon”  tomonidan 2,54 mlrd so‘mlik,  “Buxoro Dori-Darmon” tomonidan 2,15 mlrd  so‘mlik, "Qoraqalpoq Dari-Darmak" tomonidan 1,18 mlrd. so‘mlik dori vositalari ambulatoriya sharoitida davolashda imtiyozga ega bo‘lgan bemorlarga bepul berilgan.  Yig‘ilish davomida faoliyatida yaxshi natijalarni ko‘rsatib kelayotgan “Farg‘ona Dori-darmon” AJ hamda “Buxoro Dori-darmon” MCHJ rahbarlari jamiyat ish faoliyatini yuritishdagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.   Yig‘ilish yakunida kompaniya boshqaruv a’zolari tomonidan jamiyat rahbarlariga qarzdorliklarni barataraf etish borasida bajarilishi zarur bo‘ladigan ishlar yuzasidan tavsiyalar berildi. Savdo xajmini, buning uchun esa dori vositalari assortimentini oshirish, mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik faoliyatini kuchaytirish, ayniqsa bugungi kunda aholi o‘rtasida talab ko‘p bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalarini olib kelinishi tezlashtirish masalalari hamda faoliyatda duch kelinayotgan muammolar muhokama qilindi. Takliflar o‘rganildi.

  • 28 Fevral, 11:50
  • Batafsil
not found

Ofis xodimlari boshqalarga qaraganda tezroq qarishi isbotlandi

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni tasdiqladi: ko‘p vazifalar va ishlash, "poyga" muhiti va ishdagi asabiylik bilan bog‘liq doimiy stress "oq yoqalilar" salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy faollikning yetishmasligi esa muammoni yanada kuchaytiradi. Hammasi birgalikda organizmning tezroq qarishiga olib keladi, biologik yoshni oshiradi. Sidney universitetining bir guruh olimlari 37 ta ilmiy ish natijalarini umumlashtirib, meta-tadqiqot o‘tkazdilar va ish joyidagi doimiy stress ishchilarning ruhiy salomatligini yomonlashtirishini aniqladilar. BMJ jurnalida chot etilgan yakuniy maqolada mualliflar salbiylikning asosiy sabablarini sanab o‘tdilar: ishni muvozanatsiz tashkil etish (me’yordan ortiqcha ishlash, vazifaning ko‘pligi), kasbiy noaniqlik, qadr-qimmat va xodimga hurmatning yo‘qligi. "Ishga bo‘lgan yuqori talablar va rahbarlarning qattiq nazorati, xodimlarning sa’y-harakatlari va xodimlar o‘rtasidagi nomutanosib mukofotlash, ish joyida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning pastligi - bularning barchasi xodimlarda ruhiy salomatlik muammolari rivojlanishining yuqori xavfi uchun sabab bo‘ladi," deb yozadi ish mualliflari. Surunkali stress oqibatlari asta-sekin to‘planib boradi - uyqu buziladi, doimiy charchoq hissi paydo bo‘ladi va xodimni ish natijalari qiziqtirmay qo‘yadi. Va bunga qarshi chora ko‘rilmasa ertami-kechmi jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi. "Emotsional charchash sindromi, ruhiy va jismoniy charchoq rivojlanishidan tashqari, surunkali stress ta’sirida somatik kasalliklar, ya’ni gipertoniya, oshqozon yara kasalligi, bronxial astma, neyrodermit rivojlanadi", - deb tushuntirdi Pirogov universiteti psixiatriya va tibbiy psixologiya kafedrasi professori Sergey Igumnov. Garvard tibbiyot maktabi olimlarining tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, stress salomatligimiz ostiga chuqur "qazadi," hujayra darajasidagi o‘zgarishlarga olib keladi, bu esa tezlashgan qarishdan dalolat beradi. Lekin yaxshi yangilik shundaki, inson organizmi ancha egiluvchan bo‘lib chiqdi va biologik yoshga ta’sir qiluvchi salbiy omillarni yo‘qotish yoki hech bo‘lmaganda kamaytirish va ijobiy omillarni qo‘shish orqali organizm holatini va uning bioyoshini boshqarish mumkin.

  • 28 Fevral, 08:59
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech