Yangiliklar

not found

Dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun berilgan arizalar qancha muddatda koʻrib chiqilishi kerak?

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani roʻyxatdan oʻtkazish va guvohnoma berish Davlat markazi tomonidan  amalga oshiriladi.  Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi ariza Davlat markazi tomonidan ariza quyidagi muddatlarda koʻrib chiqiladi:  15 ish kuni — tan olish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkaziladigan dori vositalari, tibbiy texnika, tibbiy buyumlar va ularning butlovchi qismlari; 50 kun — dori moddalari (substansiyalar) uchun; 60 kun – Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan dori preparatlari va “in vitro” tashxis tibbiy buyumlari uchun; 120 kun — qadoqlangan va oʻrash-joylash materialiga joylangan farmakopeya dorivor oʻsimlik xomashyosi shaklidagi dori vositalari, bogʻlov materiallari, teshish, inyeksiya, transfuziya va soʻrib olishga moʻljallangan buyumlar, kontratseptivlar, rezina, rezina mato, lateks, polimerdan tayyorlangan tibbiy buyumlar, bemorlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, bemorlarni parvarish qilish uchun tibbiy buyumlar. 155 kun — qolgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika uchun.   Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Davlat markazi hisob raqamiga oʻtkaziladi.

  • 11 Fevral, 15:03
  • Batafsil
not found

Tadqiqot: Kremniy nanozarralari dorilarning eruvchanligini 2000 barobarga oshiradi

Garvard universiteti va Gonkong universiteti olimlaridan iborat xalqaro guruh dori vositalarining eruvchanligini sezilarli darajada yaxshilaydigan ilg‘or texnologiyani taqdim etdi. Potensial dori vositalarining 60% dan ortig‘i past eruvchan bu ularning samaradorligi va biologik ta’sirini cheklaydi. Zarrachalar hajmini kamaytirish yoki lipid tizimlaridan foydalanish kabi yeruvchanlikni oshirishning an’anaviy usullari ko‘pincha qimmat va barqaror yemas. Yangi tadqiqotda jamoa silanol guruhlarining o‘ta yuqori zichligi (20 OH/nm2) bo‘lgan kremniy nano-yuzalarni yaratdi. Bu yuzalar quruq sharoitda dori molekulalarini adsorbsiyalashga qodir. Suv bilan aloqaga kirishganda, suv molekulalari yuqori bog‘lanish yaqinligi tufayli dorilarni siqib chiqaradi; bu yesa dori vositalarining tez ajralib chiqishi va yerishiga olib keladi. Sinovlar shuni ko‘rsatdiki, yangi texnologiya ibuprofenning chiqarilishini bir soat ichida 90% gacha oshirdi, kristalli shaklda yesa olti soat ichida 20% dan kamroq. Bundan tashqari, usul 15 ta yomon yeriydigan dori vositalarining, shu jumladan ketoprofen va dosetakselning yeruvchanligini 10-2000 marta oshirdi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, agar texnologiya klinik sinovlardan o‘sa, u dori vositalarini ishlab chiqish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishi, talab qilinadigan dozani kamaytirishi va bemorlar uchun dorilardan foydalanish imkoniyatini yaxshilashi mumkin.

  • 11 Fevral, 08:57
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech