Yangiliklar

not found

Litsenziyalashga oid qonunchilikka oʼzgartirish kiritildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʼRQ–878-son, 15.11.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritildi. Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksga kiritilgan oʼzgartirishga koʼra, sanitariya qonunchilikni, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiena normativlarini buzish: • fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (ilgari BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha edi); • mansabdor shaxslarga 15 baravaridan 20 baravarigacha (ilgari 5 baravaridan 10 baravarigacha edi) miqdorda jarima solishga sabab boʼladi. “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʼgʼrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʼshimcha va oʼzgartirishlarga muvofiq: • qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyat turlari uchun 1 yil muddatga litsenziyani olish yoki sudning qaroriga (hukmiga) asosan shaxsga nisbatan muayyan faoliyat turi bilan shugʼullanish taqiqlanganligi litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʼgʼrisidagi arizani rad etish uchun asos boʼladi. Shuningdek, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat quyidagi hollarda ham bekor qilinishi belgilandi: • litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari muntazam ravishda (1 yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilganda; • litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari 1 marotaba qoʼpol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarlik fuqarolarning hayoti va sogʼligʼiga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof-muhitga ziyon yetkazilishiga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazilishiga, tinchlik va xavfsizlikka tahdid solinishiga olib kelgan boʼlsa. Ushbu hollarda qonunchilikda belgilangan faoliyat turlari uchun 1 yil davomida qaytadan litsenziya berilmaydi. Mazkur talab tadbirkorlik subʼektining muassisi yoki benefitsiar mulkdori tomonidan tashkil etiladigan yangi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.

  • 16 Noyabr, 11:43
  • Batafsil
not found

"Farma Oʼzbekiston va Markaziy Osiyo: farmatsevtika zavodlarini qurish va modernizatsiya qilish” 2-xalqaro kongress va koʼrgazmasi

Poytaxtimizning "Hilton" mehmonxonasida "Farma Oʼzbekiston va Markaziy Osiyo: farmatsevtika zavodlarini qurish va modernizatsiya qilish” 2-xalqaro kongress va koʼrgazmasi boʼlib oʼtmoqda. Kongressda Oʼzbekiston, Qozogʼiston, Tojikiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari farmatsevtika tarmogʼi yetakchilari, yirik korxonalar rahbarlari, davlat idoralari, regulyator-nazorat organlari vakillari, qurilmalar ishlab chiqaruvchi va qurish kompaniyalari vakillari yigʼilgan. Tadbirda ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va modernizatsiyalash boʼyicha yirik investitsion loyihalarni hamda farmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi amaldagi korxonalar faoliyatining samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi. Kongressning birinchi sessiyasida Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi direktori Аbdulla Аzizov, Bayer kompaniyasining Oʼzbekistondagi boʼlinmasi boshligʼi Аbdulla Xakimov, BIOKАD kompaniyasining MDH davlatlari bozorini rivojlantirish departamenti direktori Yuliya Utkina oʼz maʼruzalarini taqdim etdilar. Maʼruzalardan soʼng ishtirokchi va spikerlar orasida kizgʼin baxs-munozaralar, xamda savol-javoblar bulib utdi. " Dori-Darmon" АK Boshqaruv raisi oʼrinbosari А. Kamilov, tijorat direktori N. Husanov, rivojlantirish va investitsiya direktori B. Masharipovlar ham mazkur tadbirda ishtirok etmoqda. Kongress oʼz ishini ertaga 16 noyabrь kuni xam davom ettiradi.

  • 15 Noyabr, 18:09
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech