Yangiliklar

not found

2011-yildan buyon nojoʼya taʼsirlar yuzasidan 5 mingdan ortiq xabarlar oʼrganilgan

Xabaringiz bor, joriy yilning 6-noyabr sanasidan butun jahonda dori vositalarining nojoʼya taʼsirlari haqida xabar berish muhimligi toʼgʼrisida habardorlikni oshirish maqsadida, #MedSafetyWeek-2023 global kampaniyasi oʼtkazilmoqda. Mazkur tadbirlarda dori vositalarini nazorat qiluvchi 85 dan ortiq agentliklar va bir qancha nodavlat tashkilotlar faol ishtirok etmoqda. Maʼlumot uchun, #MedSafetyWeek-2023 haftaligi – Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST)ning dori vositalarining xalqaro monitoringi markazi bilan hamkorlik qiladigan Uppsala (UMC)ning monitoring markazi tomonidan har yili oʼtkazib kelinadi. Kampaniya JSST va dori vositalarini boshqaruvchi organlar xalqaro koalitsiyasi(ICMRA) aʼzolari tomonidan qoʼllab quvvatlanadi. “Kim xabar berishi mumkin?” mavzusiga bagʼishlangan bu yilgi kompaniyada eʼtibor nojoʼya samaralar haqida xabar berishdagi har bir bemor, shifokor, tibbiyot hamshirasi va farmatsevtning asosiy roliga qaratilgan boʼlib, bundan koʼzlangan maqsad dori vositalarini xavfsiz qoʼllanilishiga yordam berishdir. Taʼkidlash joiz, aholini dori vositalari bilan bogʼliq zararlardan himoya qilish boʼyicha aniq chora – tadbirlarni belgilash maqsadida, Markazga kelib tushgan barcha hisobotlar puxta baholanadi va oʼrganiladi. Jumladan, 2011 yildan buyon nojoʼya taʼsirlar yuzasidan kelib tushgan besh mingdan ortiq xabarlar sinchkovlik bilan oʼrganilgan boʼlib, bunda bemorlar, ularni parvarish qiluvchi shaxslar, va tibbiyot xodimlar muhim oʼrin tutgan. Dori vositalarining nojuya taʼsirlari haqidagi xabarlarni Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasiga yuborishingiz mumkin.

  • 8 Noyabr, 09:00
  • Batafsil
not found

Ogʼir bolalar infektsiyalari patogenlari anʼanaviy antibiotiklarga chidamliligini koʼrsatdi

JSST tomonidan tavsiya etilgan koʼplab antibiotiklar pnevmoniya, sepsis va meningit kabi bolalar infektsiyalarini davolashda 50% dan kam samaradorlikni koʼrsatadi. 2013 yilgi tavsiyalarni yangilash kerak. Sidney, Oksford universitetlari va Avstraliyadagi bolalar markazlari olimlari Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeanidagi past va oʼrta daromadli mamlakatlardagi bolalarda keng tarqalgan empirik antibiotiklar sxemalari samaradorligini oʼrganishdi. Tadqiqot natijalari The Lancet: Regional Health jurnalida chop etildi. Empirik sxemalar qamrovini baholash uchun 11 mamlakatdan 6648 ta bakterial izolyatlardan olingan maʼlumotlar tahlil qilindi. Keyin maʼlumotlar bolalar infektsiyasini qoʼzgʼatuvchi oddiy bakteriyalarning oʼziga xos antibiotiklarga (aminopenitsillinlar, gentamitsinlar, uchinchi avlod sefalosporinlari va karbapenemlar) sezgirligini tekshirish natijalari bilan taqqoslandi. Neonatal sepsis/meningit uchun aminopenitsillin bilan qoplash 26%, gentamitsin bilan qoplash 45% ni tashkil etdi. Uchinchi avlod sefalosporinlari yangi tugʼilgan chaqaloqlarda sepsis/meningit uchun atigi 29%, bolalar sepsisi uchun 51% va bolalarda meningit uchun 65% ni tashkil etdi. Karbapenemlar eng yuqori qamrovni koʼrsatdi: neonatal sepsis/meningit uchun 81%, bolalar sepsisi uchun 83% va bolalar meningit uchun 79% (62-91). Shunday qilib mualliflar Osiyo-Tinch okeani mintaqasida neonatal va bolalar sepsisi va meningitini davolash uchun keng tarqalgan empirik davolash usullariga nisbatan yuqori qarshilik koʼrsatadigan dalillarni keltirdilar. 

  • 7 Noyabr, 15:07
  • Batafsil
not found

Indoneziyada 200 dan ortiq bola oʼlimiga sabab boʼlgan dori ishlab chiqaruvchilari qamaldi

Indoneziyada 200 dan ortiq bolaning oʼlimiga aloqador boʼlgan yoʼtal siropi firmasining boshligʼi va yana uch nafar amaldori qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda BBC xabar berdi. “Afi Farma” firmasi ortiqcha miqdorda zaharli moddalar boʼlgan yoʼtal siroplarini ishlab chiqarishda ayblangan. Kompaniya advokati ular beparvolikni rad etishlarini va firma apellyatsiya berish yoki bermaslikni koʼrib chiqayotganini aytgandi. Prokurorlar “Afi Farma” bosh direktori Аrief Prasetya Harahapni toʼqqiz yilgacha, qolgan ayblanuvchilarni esa yetti yildan qamoq jazosiga hukm qilishni soʼragan edi. Prokurorning taʼkidlashicha, 2021 yilning oktyabridan 2022 yil fevraliga qadar kompaniya yoʼtalga qarshi sirop tayyorlash uchun ishlatiladigan propilen glikolning ikki partiyasini olgan. “Bu partiyalarda 96 foizdan 99 foizgacha etilen glikol bor edi”, deydi prokuror. Ikkala modda ham erituvchilarga qoʼshimcha sifatida ishlatilishi mumkin. Propilen glikol toksik boʼlmagan va dori-darmonlar, kosmetika va oziq-ovqatda keng qoʼllaniladigan boʼlsa-da, etilen glikol zaharli boʼlib, boʼyoq, qalam va tormoz suyuqligida ishlatiladi. Prokurorlarga koʼra, kompaniya yoʼtal siropida ishlatiladigan ingredientlarni sinovdan oʼtkazmagan va buning oʼrniga yetkazib beruvchining sifat va xavfsizlik sertifikatlariga tayangan. “Afi Farma”ning advokati Samsul Hidoyatning BBC'ga aytishicha, Indoneziyaning dori vositalarini tartibga soluvchi organi dori ishlab chiqaruvchilardan ingredientlarni qattiq sinovdan oʼtkazishni talab qilmagan. Sharqiy Yavaning Kediri tuman sudi sudьyasi toʼrt nafar ayblanuvchini xavfsizlik standartlariga javob bermaydigan farmatsevtika mahsulotlarini qasddan ishlab chiqarishda aybdor deb topgan. Bu holat butun dunyo boʼylab zaharlanishdan keyin dori taʼminoti zanjirlari ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlar kuchaygan bir paytda yuz berdi. Shunday qilib firma boshligʼi va yana uch nafar amaldor ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilindi va 1 milliard Indoneziya rupiyasi (63 056 dollar) miqdorida jarimaga tortilgan. 2022 yildan beri 200 dan ortiq indoneziyalik bolalar, ularning aksariyati besh yoshga toʼlmagan, ifloslangan yoʼtal siropi bilan bogʼliq oʼtkir buyrak jarohati tufayli vafot etdi. Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST) Hindiston va Indoneziyada ishlab chiqarilgan oltita yoʼtal siropi haqida ogohlantirish bergan.

  • 7 Noyabr, 12:07
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech