Yangiliklar

not found

“Davlat xaridlari” boʼyicha malaka oshirildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi «Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʼsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʼgʼrisida»gi PF-101-son Farmonining 9-ilovasi bilan tasdiqlangan qoʼshimcha chora-tadbirlar rejasining 24-bandini ikkinchi xatboshida davlat boshqaruvi organlari xodimlarining: davlat boshqaruvi, korporativ boshqaruv va boshqa yoʼnalishlar boʼyicha malaka oshirishini tashkil etish belgilangan. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 4 aprelda «Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ-108-son qarorida zamonaviy iqtisodiy bilimlar boʼyicha vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat vakillari, hokim oʼrinbosarlari hamda iqtisodiyot tarmoqlarida kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi hamda tizimdagi aktsiyadorlik va masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan xaridlarni amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi bir guruh xodimlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi biznes va tadbirkorlik oliy maktabida ”Davlat xaridlari” kursida bilim va malakasini oshirdi. Kurs yakunida test imtihonlari asosida olingan bilimlar sinovdan oʼtkazildi va sertifikatlar topshirildi.

  • 20 Mart, 11:47
  • Batafsil
not found

Plastmassadan sogʼliq uchun xavfli boʼlgan 4000 dan ortiq birikmalar topildi

Olimlar plastmassada mavjud boʼlgan 16 mingta kimyoviy moddalarni aniqladilar. Ularning 4000 dan ortigʼi inson salomatligi va atrof-muhit uchun xavfli boʼlib chiqdi. Tadqiqot bir yil davom etdi. Xalqaro espertlar guruhi plastik tarkibida ilgari taxmin qilinganidan koʼra koʼproq kimyoviy moddalar bor degan xulosaga keldi. Ulardan 4200 tasi (26%) “doimiy, bioakkumulyator, harakatchan va/yoki toksik” tabiati tufayli tashvishga solmoqda. Ushbu roʼyxatda keng tarqalgan xom ashyo, stabilizatorlar va boʼyoqlar mavjud. Hisobotda aniqlangan 400 dan ortiq kimyoviy moddalar oziq-ovqat qadoqlari kabi mashhur plastik mahsulotlarda topilgan. Sinovdan oʼtgan barcha plastmassalar atrof-muhitga xavfli kimyoviy moddalar chiqardi. Oldingi tadqiqotlar shuni koʼrsatdiki, plastmassa tarkibidagi baʼzi moddalar, masalan, ftalatlar reproduktiv tizimga zarar yetkazishi va bolalarda astma xavfini oshirishi mumkin. Perftoralkil i poliftoralkil moddalari saraton va immunitet tizimi buzilishi xavfini oshiradi. Olimlarning taʼkidlashicha, Turgʼun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolьm konventsiyasi kabi global shartnomalar plastmassalardan faqat mingga yaqin kimyoviy moddalardan foydalanishni tartibga soladi. Qolganlari esa tartibga solinmaydi. Tadqiqot mualliflari plastikdan tayyorlangan kimyoviy mahsulotlarni tartibga solishda yondashuvni oʼzgartirishga chaqirdi. Shunday qilib, shaffoflikni oshirish va potentsial xavf tugʼdiradigan kimyoviy moddalarni yanada yaqinroq kuzatib borish kerak, deya xabar beradi The Independent. 

  • 20 Mart, 08:56
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech