News

not found

Belorussiyada dorixonalar oʼrtasidagi masofa belgilandi

Belorussiyada dorixonalar orasidagi minimal masofa belgilab qoʼyildi. Аholi turar-joylarida ular bir-biridan 500 metr radiusda joylashgan boʼlishi kerak. Bitta binoda agar u yirik savdo markazi boʼlsa, bir nechta dorixonalarni ochishga ruxsat beriladi.  Belorussiyada dorixonalar orasidagi minimal masofani belgilaydigan yangi qonun qabul qilindi. Shunday qilib, umumiy maydoni 5 ming kvadrat metrgacha boʼlgan savdo markazlarida faqat bitta dorixona, 5-10 ming kvadrat metrlik savdo markazlarida esa ikkitadan koʼp boʼlmagan dorixonaga ruxsat etiladi. 10 ming kvadrat metrlik savdo markazida uchtagacha dorixona boʼlishi mumkin. Aholi punktlarida 500 metr radiusda bitta shoxobcha ochishga ruxsat beriladi, bu haqda mamlakat Sogʼliqni saqlash vazirligining milliy huquqiy internet-portalida joylashtirilgan tegishli qarorida qayd etilgan. Shahar va tumanlar, qishloq joylarda xizmat koʼrsatish radiusi kamida 1000 metr boʼlgan masofada ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va tayyor dori vositalari bilan savdo qiluvchi dorixonalarni ochish mumkin, deyiladi qarorda. Dorixonaning xizmat koʼrsatish radiusi yangi ochilgan dorixonadan piyodalar va transport yoʼllari boʼylab eng yaqin 2-3 ta dorixonagacha boʼlgan barcha masofalarning oʼrtacha arifmetik qiymati sifatida aniqlanadi. Masalan, eng yaqin 2 ta dorixonagacha boʼlgan masofa 800 va 1200 m, dorixona xizmat koʼrsatish radiusi: (800 + 1200): 2 = 1000 (m). Mahalliy ijro etuvchi va boshqaruv organlarining arxitektura va shaharsozlik boshqarmasining eng yaqin dorixonalargacha boʼlgan masofa toʼgʼrisidagi maʼlumotnomasi ushbu hisob-kitob uchun asos boʼladi.

  • 2 March, 12:16
  • Read more
not found

Tibbiy maʼlumotnomalarni berish elektron shaklga oʼtkaziladi

Prezident farmoni bilan 2022–2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi. Davlat dasturiga koʼra, aholini sifatli tibbiy xizmatlar bilan taʼminlash maqsadida: 2023 yilda 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punkti va 520 tagacha ixcham mahalla tibbiyot punktlari tashkil etiladi; 18-40 yoshli 12,6 million nafar aholini profilaktik koʼrikdan oʼtkaziladi;  40 yosh va undan katta yoshdagi surunkali kasalligi boʼlmagan 6,3 million nafar aholini yurak qon-tomir kasalliklari va qandli diabet, 3 million nafar aholini onkologik kasalliklarni erta aniqlash boʼyicha skrining tekshiruvlaridan oʼtkaziladi; spinal mushak atrofiyasi bilan kasallangan 112 nafar bola dori vositalari bilan taʼminlanadi; 250 nafardan ortiq zaif eshituvchi bolada koxlear implantatsiya operatsiyalari oʼtkaziladi, shuningdek, bunday operatsiyalar oʼtkazilgan 132 nafar bolada nutq protsessorlarini almashtirish choralari koʼriladi; Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalarni berish bosqichma-bosqich elektron shaklga oʼtkaziladi. Bunda: vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalarni berish Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida – 2023 yil 1 iyuldan boshlab, Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida – 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab, respublikaning boshqa hududlarida – 2024 yil 1 yanvardan boshlab elektron shaklga oʼtkaziladi. 2024 yil 1 yanvardan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalarni qogʼoz shaklda talab qilish taqiqlanadi; 2023 yil 1 iyuldan Toshkent shahrida bosqichma-bosqich davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlari joriy etiladi. 2023 yil yakuniga qadar nogironligi boʼlgan shaxslarni ambulator va statsionar sharoitda bepul tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya choralari bilan qamrab olish koʼlami 30 ming nafarga yetkaziladi. Аholi orasida yuqumli boʼlmagan kasalliklarning oldini olish, sogʼlom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Toʼgʼri ovqatlanish va sogʼlom turmush tarzi” umummilliy harakati yoʼlga qoʼyiladi: ➖aholiga smartfon va mobil ilovalar yordamida oʼz sogʼligʼi va ovqatlanishini nazorat qilishni oʼrgatish, toʼgʼri ovqatlanish boʼyicha mobil ilova yaratiladi; ➖bolalarga moʼljallangan nosogʼlom oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari hamda energetiklar, dori vositalari, biologik faol moddalar reklamasiga talab va cheklovlar kuchaytiriladi; ➖taʼlim muassasalarida bolalar va yoshlar uchun tavsiya etilmaydigan mahsulotlar, shu jumladan, tarkibida shakar, tuz, transyogʼlar miqdori yuqori boʼlgan oziq-ovqat mahsulotlari, taʼm va rang beruvchi qoʼshimchalar roʼyxatini tasdiqlanib, ularning isteʼmolini kamaytirish choralari koʼriladi; ➖ mahalliy mahsulotlar turlaridan kelib chiqib, aholining har bir xavf guruhi va kasallik turlari uchun alohida-alohida sogʼlom ovqatlanishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi; ➖ yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, bolalar, kattalar va keksalar uchun qisqa toʼgʼri ovqatlanish boʼyicha tavsiyalar, sogʼlomlashtirish mashqlari va gigiena qoidalari toʼplamini yaratiladish; ➖ ish joylarida xodimlarning jismoniy tarbiya bilan shugʼullanishi va sogʼlom ovqatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish choralari koʼriladi.

  • 1 March, 12:28
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech