Yangiliklar

not found

Ogʻriq qoldiruvchi vositalar xavfli buyrak kasalliklarining rivojlanishiga taʼsir qiladi

Ogʻriq qoldiruvchi vositalar inson buyragi faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Urolog-andrologi Artur Bogatyrev Gazeta.Ru nashriga bergan intervyusida bu haqda gapirdi. Mutaxassisning taʼkidlashicha, yetarli miqdorda suv ichmasdan buyrakning yaxshi ishlashini tasavvur qilib boʻlmaydi. “Ushbu organ chiqarish vazifasini bajarib, organizmdan toksinlarni olib tashlagani uchun unga suyuqlik kerak. Agar yetarli darajada suyuqlik boʻlmasa, buyraklarga qon oqimi zaiflashadi va ular oʻz funksiyalarini toʻliq bajarishni toʻxtatadi ", dedi u. Mutaxassis kattalar uchun optimal suv miqdori- 8-10 stakan (kuniga) ekanligini taʼkidladi. Koʻp suv ichish ham buyraklarga salbiy taʼsir qiladi. Urolog, shuningdek, tuzni koʻp isteʼmol qilishning zararli taʼsirini ham qayd etdi. Ortiqcha tuz buyraklarni toʻxtovsiz ishlashga majbur qiladi. Vaqt oʻtishi bilan bu organ funksiyasining pasayishiga va natijada tanadagi suvni ushlab turishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ortiqcha tuz siydikda protein miqdori oshishiga olib keladi, bu ham buyraklar holatiga salbiy taʼsir qiladi. Shifokorning fikriga koʻra, kuniga 5 grammdan koʻp boʻlmagan tuz isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Yana bir xavf omili - bu dori-darmonlarni notoʻgʻri, nazoratsiz ishlatish. “Biz ogʻriq qoldiruvchi vositalarni qabul qilish kabi yomon odatni qayd etmasdan ilojimiz yoʻq, bu qon oqimini buzadi. Ulardan uzoq muddat foydalanish oʻtkir buyrak yetishmovchiligi va boshqa xavfli buyrak kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin”, — deya qoʻshimcha qildi shifokor. U buyraklar holatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan yana bir sabab sifatida siydik pufagi toʻlganida uzoq vaqt ushlab turishlikni aytdi. Birinchidan, bu siydik tizimidagi infeksiyalarning rivojlanishiga hissa qoʻshishi mumkin, ikkinchidan, buyraklardagi bosimni oshiradi. Bundan tashqari shifokor, tamaki chekish va va spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish kabi butun tanaga zarar etkazadigan yomon odatlarni ham taʼkidlab oʻtdi. Ular buyraklarga juda jiddiy zarar yetkazadi. Urolog sifatli uyqu buyrak salomatligi uchun muhim ekanligini taʼkidladi. Ushbu odatning yetishmasligi koʻpincha yuqori qon bosimi va arteriyalarning bloklanishiga olib keladi, bu esa buyrak kasalligini qoʻzgʻatadi.

  • 4 Dekabr, 10:05
  • Batafsil
not found

Аndijondagi insulin zavodi import oʼrnini bosishga xizmat qilmoqda

Maʼlumki, qandli diabet xastaligi insulin gormonining toʼliq yoki qisman yetishmovchiligidan kelib chiqadi. Natijada, qonda giperglikemiya – qondagi glyukoza miqdorining davomli ortib borishi kuzatiladi. Kasallik surunkali davom etishi va organizmdagi moddalar almashinuv jarayonlarining (uglevod, yogʼ, oqsil, mineral va suv-tuz almashinuvi) buzilishi bilan namoyon boʼladi. Аndijondagi 2018 yil 27 aprelda ochilgan “Zamin Bio health” MChJ insulin mahsuloti ishlab chiqarish korxonasining quvvati yiliga 10 million insulin flakoni ishlab chiqarish imkonini berar edi. Bu yil esa 1,2 million ishlab chiqarish koʼzda tutilgan boʼlib, kelgusi yillarda 2 barobarga oshirish maqsad qilingan. Bu mahsulot nafaqat Oʼzbekiston boʼylab, balki Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlariga ham yetkazib berish belgilangan. Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi direktori Аbdulla Аzizov “Zamin Bio health” MChJ tomonidan insulin mahsuloti ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxona faoliyatini koʼzdan kechirish jarayonida mahalliy ishlab chiqarish hajmini kengaytirishning istiqboldagi samaralari, eksport qilish va moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi. Maʼlumot uchun, bugungi kunda respublikada taxminan 277 ming inson qandli diabet bilan kasallangan. Ularni 90% ga yaqini insulin dori vositasini qabul qiladi. Eslatib oʼtamiz, iyun oyida Sankt Peterburgda oʼtkazilgan "XXV xalqaro iqtisodiyot forumi” doirasida Rossiyaning “GEROFАRM” va Oʼzbekistonning “ZUMA PHARMA” kompaniyalari oʼrtasida mamlakatimizda analog va inson insulinini ishlab chiqarish texnologiyasini joriy qilish toʼgʼrisidagi yangi Bitim imzolangan edi.

  • 1 Dekabr, 13:56
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech