13:56 (01.12.2023)

547

Аndijondagi insulin zavodi import oʼrnini bosishga xizmat qilmoqda

Maʼlumki, qandli diabet xastaligi insulin gormonining toʼliq yoki qisman yetishmovchiligidan kelib chiqadi. Natijada, qonda giperglikemiya – qondagi glyukoza miqdorining davomli ortib borishi kuzatiladi. Kasallik surunkali davom etishi va organizmdagi moddalar almashinuv jarayonlarining (uglevod, yogʼ, oqsil, mineral va suv-tuz almashinuvi) buzilishi bilan namoyon boʼladi.

Аndijondagi 2018 yil 27 aprelda ochilgan “Zamin Bio health” MChJ insulin mahsuloti ishlab chiqarish korxonasining quvvati yiliga 10 million insulin flakoni ishlab chiqarish imkonini berar edi. Bu yil esa 1,2 million ishlab chiqarish koʼzda tutilgan boʼlib, kelgusi yillarda 2 barobarga oshirish maqsad qilingan. Bu mahsulot nafaqat Oʼzbekiston boʼylab, balki Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlariga ham yetkazib berish belgilangan.

Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi direktori Аbdulla Аzizov “Zamin Bio health” MChJ tomonidan insulin mahsuloti ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxona faoliyatini koʼzdan kechirish jarayonida mahalliy ishlab chiqarish hajmini kengaytirishning istiqboldagi samaralari, eksport qilish va moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda respublikada taxminan 277 ming inson qandli diabet bilan kasallangan. Ularni 90% ga yaqini insulin dori vositasini qabul qiladi.

Eslatib oʼtamiz, iyun oyida Sankt Peterburgda oʼtkazilgan "XXV xalqaro iqtisodiyot forumi” doirasida Rossiyaning “GEROFАRM” va Oʼzbekistonning “ZUMA PHARMA” kompaniyalari oʼrtasida mamlakatimizda analog va inson insulinini ishlab chiqarish texnologiyasini joriy qilish toʼgʼrisidagi yangi Bitim imzolangan edi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech