17:05 (01.12.2023)

527

Namangan viloyatida juda koʼp miqdordagi etil spirtini noqonuniy muomalaga kiritgan korxonalar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda "E.l.", "G.E." va "E.M." MChJ rahbarlari antiseptik mahsulotini ishlab chiqarish maqsadida birja savdolari orqali jami 102,7 mlrd soʼmlik 4 025 tonna etil spirtini xarid qilib, amalda antiseptik mahsulotlarini ishlab chiqarmasdan etil spirtini boshqa shaxslarga sotib yuborganliklari aniqlangan.

Shu kabi, "A.F." MChJ rahbari А.А. birja savdolari orqali xariid qilingan 34,8 mlrd soʼmlik 1 263 tonna etil spirtidan antiseptik mahsuloti ishlab chiqarmasdan, etil spirtini boshqa shaxslarga sotib yuborganligi, shuningdek ushbu mablagʼlar hisobidan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasini xarid qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining  tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech