09:03 (30.11.2023)

719

BioNTech kompaniyasi saratonga qarshi vaktsinani muvaffaqiyatli tarzda sinovdan oʼtkazdi

BioNTech saratonga qarshi vaktsinani muvaffaqiyatli tarzda sinovdan oʼtkazdi. Bu haqda BioNTech asoschilaridan biri Ugʼur Shahin maʼlum qildi.

Uning taʼkidlashicha, bundan koʼzlangan maqsad 2025 va 2029 yillar oraligʼida bir qator boshqa terapevtik yondashuvlar uchun maʼlumotlariga ega boʼlishdir.

Shahin birinchi shaxsiylashtirilgan mRNK asosidagi saratonga qarshi vaktsinalar 2030 yilgacha tasdiqlanishi mumkinligiga umid qilmoqda.

“Biz bemordan qon va oʼsimta naʼmunalarini olamiz va toʼrt haftadan soʼng individual emlashni amalga oshiramiz... Ideal holda, bu 100 emas, balki yiliga oʼn minglab bemorlar”, dedi u.

Oʼtgan oy kompaniya mRNK saratoniga qarshi vaktsina va CАR-T hujayralari terapiyasining kombinatsiyasi boʼyicha birinchi klinik sinov natijalarini eʼlon qildi. Deyarli barcha bemorlarda oʼsmalar oʼsishni toʼxtatdi va deyarli uchdan ikki qismga qisqardi.

Uning qoʼshimcha qilishicha, kelajak strategiyasi turli yondashuvlardan foydalangan holda kombinatsiyalangan terapiyadir.

“Ishonchim komilki, kelgusi bir necha yil ichida ADCS (antitela dori konʼyugatlari - tahr.) saraton kasalligining turli sharoitlarida anʼanaviy kimyoterapiya emas, balki maqsadli kimyoterapiyaga aylanadi”, - dedi Shahin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech