News

not found

Oʼzbekistonda tadbirkorlik subyektlari toifalarga ajratiladi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Tadbirkorlik subʼektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoni qabul qilindi. Hujjat bilan tadbirkorlik subʼektlari quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratiladi: • kichik tadbirkorlik subʼektlari: • yakka tartibdagi tadbirkorlar; • mikrofirmalar – taʼsischilari (ishtirokchilari) jismoniy shaxslar boʼlgan hamda jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd soʼmgacha boʼlgan tadbirkorlik subʼektlari; • kichik korxonalar – jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd soʼmdan 10 mlrd soʼmgacha boʼlgan hamda ushbu kichik bandning uchinchi xatboshisidagi taʼsischilari (ishtirokchilari) yuridik shaxslar boʼlgan tadbirkorlik subʼektlari; • oʼrta tadbirkorlik subʼektlari – jami daromadi kalendar yil davomida 10 mlrd soʼmdan 100 mlrd soʼmgacha boʼlgan tadbirkorlik subʼektlari; • yirik tadbirkorlik subʼektlari – jami daromadi kalendar yil davomida 100 mlrd soʼm va undan yuqori boʼlgan tadbirkorlik subʼektlari. Shuningdek, farmon bilan 2023 yil 1 apreldan boshlab: • tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasi hisobidan bir yilda bir marotaba oʼrta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sugʼurta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq BHMning 20 baravaridan oshmagan qismi qoplab beriladi; • jami daromadi 10 mlrd soʼmdan kam boʼlmagan tadbirkorlik subyektlari uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi va ushbu xaridlar doirasida byudjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda 50 foiz miqdorida oldindan toʼlovni amalga oshirish nazarda tutiladi. Bunda, soliq organlari tomonidan jami daromadi 10 mlrd soʼmdan oshgan tadbirkorlik subyektlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar shakllantiriladi va maxsus axborot portali bilan maʼlumot almashinuvi taʼminlanadi; • davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda QQS summasi inobatga olinmaydi; • yuqori qoʼshilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan bogʼliq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibi bekor qilinadi.

  • 10 February, 15:38
  • Read more
not found

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman boʼlimi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.А. va boshqalar Chilonzor tumani, “Besh chinor” MFY hududida jami 826 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro А.А.ga 28,9 mln soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Departament hamda DXXning Xoʼjaobod tumani boʼlimlari tomonidan IIB xodimlari hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.K. “Yangi-Fargʼona” MFY hududidagi “Doʼstlik” nazorat postida 560 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini oʼtkazish maqsadida olib kelayotganlini aniqlanib, ashyoviy dalil sifati olingan. Departamentning Mirzo Ulugʼbek tuman boʼlimi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.I. Sergeli tumani, Yangi Qoʼyliq koʼchasida jami 182 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro X.S.ga 100 АQSh dollari va 2,9 mln soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, uning avtomobili va yashash xonadonidan 364 dona “Regapen” nomli dori vositasi ashyoviy dalil sifati olingan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

  • 9 February, 15:17
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech