Yangiliklar

not found

ChatGPT dorilar bilan bogʼliq savollarga javob berishdan bosh tortdi

Long-Aylend universiteti (AQSh) mutaxassislari ChatGPT chatbotining bepul versiyasida dori vositalari bilan bogʼliq notoʼgʼri maʼlumotlar berilganligini aniqladi. Tadqiqot tashkilot saytida chop etildi. Tajriba davomida olimlar dasturga tibbiy mavzularga oid 45 ta savol berishdi. Chatbot ulardan 11 tasiga bevosita javob berishdan bosh tortdi,10 ta savolga aniq boʼlmagan javoblarni bergan va 12 ta savolga notoʼgʼri javob bergan. Har bir savol uchun tadqiqotchilar manba soʼrashdi: ChatGPT faqat 8 ta javobga havolalarni taqdim etdi, lekin ularninghech biri mavjud emas edi. Shunday qilib, tadqiqot mualliflari chatbotdan COVID-19 uchun virusga qarshi dori pakslovid va qon bosimini pasaytiruvchi verapamil preparati bir-biri bilan oʼzaro taʼsir qiladimi yoki yoʼqligini soʼradi. Bot, dorilar oʼrtasida hech qanday oʼzaro taʼsir yoʼqligini aytdi, garchi aslida ularni birgalikda qoʼllash qon bosimining haddan tashqari pasayishiga olib kelishi mumkin. Muayyan preparatning dozasini aniqlash soʼralganda, ChatGPT jiddiy xatoga yoʼl qoʼydi: chatbot dozani mikrogramlar oʼrniga milligrammlarda koʼrsatdi. "Botdan yordam soʼragan har qanday tibbiyot xodimi belgilanganidan 1000 baravar kam doza oladi."dedi tadqiqot muallifi Sara Grossman. Materialda aytilishicha, olimlar chatbotning 2021-yil sentabr oyidan kechiktirmay yuklab olingan va qayta ishlangan maʼlumotlarga kirish uchun bepul versiyasidan foydalangan. Mutaxassislarning xulosasiga koʼra, ushbu vositaning pulli versiyasi aniqroq javob beradi.  Аvvalroq, sunʼiy intellekt ilovasi yurak yetishmovchiligi kasalligini u sodir boʼlishidan oldin aniqlay oldi

  • 11 Dekabr, 13:00
  • Batafsil
not found

“Dori-Darmon” АKga dekabr oyida 2 000 000 АQSh dollarlik import dori vositalari kelishi kutilmoqda

Аslida dardga darmon sifatida qabul qilinadigan dorilar inson salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmogʼi lozim. Аna shunday ezgu maqsad yoʼlida Oʼzbekiston farmatsevtika sohasida faoliyat olib borayotgan “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi yurtimiz bozoriga sifatli, ishonchli va arzon dori vositalari hamda tibbiyot buyumlarini olib kirayotgan, ulgurji va chakana savdo bilan shugʼullanuvchi tashkilot sanaladi. Kompaniyamiz tizimida 1 avgust holatiga koʼra 1747 ta ijtimoiy dorixona va dorixona shaxobchalari faoliyat yuritadi. Ushbu dorixonalarning 1143 tasi yoki 65 foizi qishloq hududlarida joylashgan. Shuningdek, maxsus jihozlangan avtomobillarda 95 ta koʼchma dorixona tashkil etilgan. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 iyuldagi “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 204-son Qarori bilan ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqiga ega boʼlgan shaxslarning 14 toifasi roʼyxati tasdiqlangan. Ularni dori vositalari va tibbiy buyumlari bilan taʼminlash uchun sarflanadigan xarajatlar davlat tomonidan qoplanishi belgilangan. Ushbu toifaga kiruvchi bemorlarga Kompaniya tizimidagi dorixonalari orqali 2022 yilda 27,1 mlrd. soʼmlik, joriy yilning 9 oyi davomida 17,8 mlrd. soʼmlik dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi. “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi 100 dan ortiq mahalliy va chet ellik yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, kompaniya joriy yilning 2-choragida Germaniya, Vengriya, Rossiya, Hindiston, Ukraina davlatlari bilan dori vositalari sotib olish boʼyicha sharnomalar tuzdi. Dekabr oyida Rossiya, Ukraina, Hindiston kabi davlatlardan 2 000 000 АQSh dollarlik import dori vositalari kelishi kutilmoqda.

  • 7 Dekabr, 17:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech