Yangiliklar

not found

“Dori-Darmon - korrupsiyadan xoli tizim” mavzusida yigʻilish oʻtkazildi

"Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi Komplayens-nazorat xizmati tomonidan “Surxon Dori-Darmon” MCHJ barcha xodimlari ishtirokida ayni “Dori-Darmon - korrupsiyadan xoli tizim”  mavzuda profilaktik yigʻilish tashkil etildi. ”Komplayens-nazorat xizmati boshligʻi J.Qayumov tomonidan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiya va unga imkon berayotgan omillarni vaqtida aniqlash va unga oʻz vaqtida chek qoʻyish dolzarb vazifa ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashishda eng avvalo har bir xodimda halollik immunitetini oshirish va mamlakat Prezidenti tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlarga xodimlar  Vatanga sadoqati hamda halol mehnati bilan javob qaytarishi lozimligi taʼkidlandi. Shuningdek, yigʻilishda  “Surxon Dori-Darmon” MCHJda xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xodimlarining ijtimoiy himoyasi borasida amalga oshirilayotgan katta islohotlarga qaramay, ayrim nopok xodimlari tomonidan taʼmagirlik, mansab vakolati doirasidan chetga chiqishlik kabi salbiy holatlarga yoʻl qoʻyilayotganligi achinarli hol ekanligi, bu esa tizimning obroʻsiga jiddiy putur yetkazishi,  bunday holatlarni oldini olishda barcha xodimlar birdek maʼsul ekanligi aytib oʻtildi.     Yigʻilishda  MCHX xodimlari ham yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar boʻyicha oʻz fikrlarini va takliflarini bildirishdi. Yigʻilish yakunida “Surxon Dori-Darmon” MCHJ direktori B.N.Xursanov soʻzga chiqib, “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi buyruqlari bilan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat hujjatlarni ish faoliyatida qoʻllash,  savdo aylanmasini oshirish va jamiyatning daromadini oshirish choralarini koʻrish haqida toʻxtalib oʻtildi.

  • 20 Noyabr, 17:30
  • Batafsil
not found

Oʻrtacha umr koʻrish darajasini 78 yoshga yetkazish uchun birlamchi tibbiy xizmatlarning sifatini oshirish zarur

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi davom etmoqda. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlamoqda. Prezident taʼkidlaganidek, sogʻliqni saqlash, taʼlim va sportni rivojlantirish boʻyicha katta dasturlarni samarali va toʻliq amalga oshirish – hamisha Hukumatning kun tartibida turishi kerak boʻlgan asosiy vazifalardir. Eng avvalo, oʻrtacha umr koʻrish darajasini 78 yoshga yetkazish uchun birlamchi tibbiy xizmatlarning aholi uchun qulayligi va sifatini oshirish zarur.   Xususan, 2025-yilda birlamchi boʻgʻinda 3 million 700 ming nafar ayolni skriningdan oʻtkazish, bu jarayonni raqamlashtirish orqali saraton kasalini erta aniqlash koʻrsatkichini 85 foizga yetkazish mumkinligi taʼkidlandi. Hukumat mahallalardagi 18 mingta tibbiyot brigadalarini oʻqitish, 884 ming nafar bemorni uy sharoitida reabilitatsiya bilan qamrab olish boʻyicha yangi tizimni joriy etadi. Shu bilan birga tugʻruqxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 100 million dollar yoʻnaltiriladi. Davlat tibbiy sugʻurtasi va aholiga “kafolatlangan paket” asosida tibbiy yordam koʻrsatish tizimi kelgusi uch yilda barcha shahar, tuman va qishloqlar qamrab olinishi zarurligi qayd etildi. Shuningdek, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi, toʻgʻri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish kabi masalalar boʻyicha Hukumat alohida dasturlar ishlab chiqishi lozim.

  • 20 Noyabr, 14:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech