Yangiliklar

not found

Avstraliyalik olimlar diqqatni jamlolmaydigan odamlar uchun bosh tasmasini o‘ylab topishdi. Bu nima uchun kerak?

Avstraliyaning Neurode startapi diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik buzilishini (DEGB) davolashga yondashuvni o‘zgartiruvchi ishlanma haqida e’lon qildi. Tadqiqotchilar an’anaviy dori-darmonlar o‘rniga, invaziv bo‘lmagan yengil elektr miya stimulyatsiyasidan foydalanishni taklif qilishdi. Tasmani kuniga 20 daqiqa taqish kifoya. New Atlas portali ma’lumotlariga ko‘ra, startapga besh yoshida DEGB tashxisi qo‘yilgan nevrolog Natali Guayyard asos solgan. Muhandis Damian Sofrevski bilan birgalikda u qurilma uchun 3,7 mln.dollar sarfladi va qurilmani ko‘ngillilarda sinab ko‘rishni boshlashga tayyor. Qurilma bosh miyaning katta maydoni bo‘lgan prefrontal qobiq (PFC) uchun engil elektr stimulyatsiyasini ta’minlaydi. Prefrontal qobiq hissiyotlarni, ijro etuvchi funksiyani va diqqatni nazorat qiladi. Ijodkorlarning ta’kidlashicha, tasma kuniga 20 daqiqa taqilganda miyaga diqqatni jamlash, xotira va impulslarni boshqarishga yordam beradi. Neurode miya monitoringi ilovasiga ulanadi va prefrontal qobiq faoliyati ma’lumotlarini smartfon orqali kuzatish mumkin bo‘ladi. Rey nomli sun’iy intellekt yordamchisi ilovaga integratsiya qilingan bo‘lib, birinchi navbatda foydalanuvchilarga qurilmani sozlash va kun davomida o‘z faoliyatini tizimlashtirishda yordam beradi. Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik buzilishi - maktab yoshidagi bolalarning 5-8% da uchraydigan va 60% hollarda voyaga etgunga qadar davom etadigan nevropsixologik kasallik. O‘g‘il bolalarda bu sindrom qizlarga qaraganda 4-5 marta ko‘p uchraydi. Ba’zi bolalarda kasallik belgilari o‘smirlik davrida yo‘qoladi. Ammo bolalarning yarmida DEGB belgilari o‘smirlik va balog‘at yoshida davom etadi (ayniqsa, ular davolanmasa). Patologiya o‘ndan ortiq alomatlarga ega. Eng tez-tez uchraydigan holatlar — uzoq vaqt davomida diqqatni jamlay olmaslik, beparvolik, e’tiborsizlik, bezovtalik, jahldorlik va past xotira.

  • 4 Oktyabr, 08:58
  • Batafsil
not found

JSST: Marburg virusi dunyoda yangi pandemiyaga sabab bo‘lishi mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yaqin orada sayyoramizda yangi pandemiya paydo bo‘lishi xavfidan ogohlantirdi. Bunga dunyo bo‘ylab Marburg virusi keng tarqalishi sabab bo‘lishi mumkin. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, og‘ir gemorragik isitmani keltirib chiqaruvchi ushbu infeksiyadan o‘lim darajasi o‘ta yuqori — 90 foizga teng. Hozir Afrika qit’asining Ruanda davlatida mazkur patologiya bilan bog‘liq ko‘plab holatlar qayd etilgan. Olimlar xavfli virus endi Yer yuzi bo‘ylab keng tarqalishidan xavotirda. Ma’lum bilishicha, Marburg isitmasi odamlarga ko‘rshapalaklardan yuqishi mumkin. Qolaversa, infeksiyaga chalingan bemorlardan ajraladigan biologik suyuqliklar (qon, so‘lak, peshob) bilan bevosita aloqa qilish, shuningdek, turli jismlar yuzalari orqali ham faol tarqaladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Marburg virusi Ebola singari o‘ta yuqumli bo‘lib, hozircha tasdiqlangan davo muolajalari mavjud emas. Qolaversa, bu xastalikka qarshi vaksinalar ham yaratilmagan. Kasallik belgilari boshqa tropik isitma patologiyalari bilan o‘xshash. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, alomatlar to‘satdan boshlanadi va bemor yuqori tana harorati, kuchli bosh og‘rig‘i hamda bezovtalikdan aziyat chekadi. Mushaklarda og‘riqlar kuchayib, tez-tez talvasa yuz beradi. Qolaversa, diareya, ko‘ngil aynishi va qayt qilish holatlari ham kuzatilishi mumkin. Kasallikning beshinchi kunida ko‘krak, orqa va qorin bo‘shlig‘ida toshmalar paydo bo‘lishi mumkin. Og‘ir vaziyatlarda esa sakkizinchi-to‘qqizinchi kunga borib o‘lim holati sodir bo‘lishi ehtimoli bor. Eslatib o‘tamiz, avvalgi yillarda Marburg virusi Gana va Ekvatorial Gvineya mamlakatlarida ham ro‘yxatga olingan edi.

  • 3 Oktyabr, 17:55
  • Batafsil
not found

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buvayda tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.X. inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi 6 dona “Tropikamid” va 14 dona “Pregabalin” nomli dori vositalarini fuqaro A.A.ga 2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shu kabi, Departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.M. fuqaro M.X.ga 468 ta kapsula kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 1,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Departamentning Oltinsoy tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “X.-N.” xususiy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchisi X.M. xaridorga kirim hujjatlari bo‘lmagan 250 dona “BENZONAL” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 750 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shu kabi, Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "G.P." MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi M.S. xaridorga shifokor retseptisiz tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 3 quti “BENZONAL” nomli dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 170 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

  • 3 Oktyabr, 15:30
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech