Yangiliklar

not found

Tomirlarni mustahkamlovchi va qon tozalovchi 5 ta mahsulot 

Tadqiqotchilar hayot tarziga jiddiy o‘zgarishlar kiritmagan holda yurak va tomirlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan beshta mahsulotni sanab o‘tishdi. Ularni kundalik ratsioniga qo‘shishning o‘zi kifoya. "Yomon" xolesterinni kamaytirish va "yaxshi"sini oshirish uchun taom tayyorlashda zaytun moyidan foydalanish tavsiya etiladi. U tarkibida yuqori foizli monoto‘yinmagan yog‘lar mavjudligi bilan qimmatlidir. Ular bizga yallig‘lanish va o‘smalarga qarshi kurashda yordam beradi. Kinoada mavjud bo‘lgan antioksidantlar va aminokislotalar yurak-tomir tizimiga ayniqsa ta’sir ko‘rsatadi. U hujayra darajasida himoyani ta’minlaydi, shuningdek, tarkibidagi kletchatka hisobiga xolesterin va bosimni pasaytirishga yordam beradi. Olimlar loviyaning turli xillarini ko‘rib chiqishda uning qora turiga e’tibor qaratdilar. Ular shuni aniqladiki, uni muntazam iste’mol qilish organizmga xolesterinning sog‘lom darajasini ushlab turishga va tomirlarni mustahkamlab, yurak kasalliklari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, mahsulotda o‘simlik oqsillari ko‘p. Olimlar yurak va tomirlar uchun organizmda triglitseridlar darajasini pasayishini ta’minlaydigan va boshqa afzalliklari ko`p bo`lgan omega-3 yog‘ kislotalari mavjudligi muhimligini ta’kidladilar. Bunda yong‘oqqa e’tibor berish kerak. Mutaxassislarning qo‘shimcha qilishicha, foydali yog‘lar, shuningdek, B6 vitamini dengiz baliqlarini iste’mol qilish orqali olishimiz mumkin. Tadqiqotchilarning eslatishicha, ratsionimizdagi kletchatka manbalari inson zararli ovqat bilan qabul qiladigan ortiqcha to‘yingan yog‘larni "so‘rib olish" qobiliyatiga ega. Masalan, qayta ishlangan mahsulotlar - o‘sha kolbasa, yog‘li souslar va boshqalarni iste’mol qilish orqali. Ta’kidlanishicha, qon oqimini qiyinlashtiradigan va tomirlarni ifloslantiradigan infarkt qo‘zg‘atuvchilari kletchatkadagi oziq-ovqat tolalari va mahsulotlari bilan birga organizmni tark etadi.

  • 29 Iyul, 17:47
  • Batafsil
not found

28-iyul — Xalqaro gepatitga qarshi kurash kuni!

Gepatit — og‘ir kasallik. Agar o‘z vaqtida oldi olinmasa, organizmda jiddiy asoratlar qoldirishi mumkin. Xastalikni keltirib chiqaruvchi virus 1967-yil Nobel mukofoti laureati, amerikalik shifokor Samuel Barux tomonidan aniqlangan bo‘lib, ushbu olimning tug‘ilgan kuni sharafiga har yili dunyoda 28-iyul — Xalqaro gepatitga qarshi kurash kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu yil ushbu sana "Harakat qilish vaqti keldi" shiori ostida o‘tkazilyapti. Bugun dunyoda 500 million nafardan ortiq inson gepatit virusi tashuvchisi hisoblanadi. Bu esa OIV va barcha turdagi saraton kasalliklariga chalingan umumiy bemorlar sonidan 12 baravar ko‘p demakdir. Qolaversa, sayyoramizda har yili bir milliondan ortiq odam gepatit tufayli vafot etmoqda. Bu, o‘z navbatida, chuqurlashtirilgan PZR tahlilarini olib borish, davolash va doimiy muloqotda bo‘ladigan sog‘lom shaxslarni skrining tekshiruvlaridan o‘tkazishni taqozo etadi. Shu bois yurtimizda mazkur yo‘nalishda bir qator ishlar amalga oshirilyapti. Xususan, Prezidentimizning 2022-yil 16-maydagi “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi sa’y-harakatlarni yanada jadallashtirishga xizmat qildi. Jumladan, mazkur hujjatda virusli gepatitning B va C turlarini erta aniqlash uchun yurtimizning barcha hududlarida skrining tekshiruvlarini o‘tkazish va kasallikni davolash qamrovini oshirish borasida qator muhim vazifalar belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimizdagi 65 dan ziyod oilaviy va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kasallikni aniqlash uchun bepul skrining tadbirlari tashkil etilmoqda. Hozir gepatit C tasdiqlangan bemorlarga Misr Arab Respublikasi tomonidan beg‘araz yordam sifatida yuborilgan "Daklatasvir" va "Sofosbuvir" dori vositalari bepul tarqatilmoqda. Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mamlakatimizda gepatit xastaligini davolashga ixtisoslashgan bosh muassasa hisoblanib, shifoxona barcha zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Bu yerda 7 ta davolash, 1 tadan dializ, xavfli kasalliklarni muolaja qilish hamda jonlashtirish bo‘limlari mavjud. Markaz qoshida 250 nafar qatnovga mo‘ljallangan maslahat poliklinikasi faoliyat yuritib, barcha yuqumli kasalliklar bilan murojaat qilgan bemorlarga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, markazda tashkil etilgan mobil klinika orqali mamlakatimiz hududlarida yuqumli xastaliklarga chalingan va gumon qilingan bemorlar muntazam ravishda tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Shifo maskanida, shuningdek yuqori molekulyar-genetik usullar yordamida viruslarni aniqlashga mo‘ljallangan zamonaviy laboratoriya, 2 ta Milliy kolleksiya va ilmiy izlanishlar olib boruvchi 4 ta laboratoriya mavjud. Yana bir muhim yangilik. Joriy yil muassasa qoshida antibiotiklarga mikroorganizmlarning chidamliligini o‘rganish markazi faoliyat boshladi. Natijada antibakterial vositalarni palapartish ishlatish va mikroorganizmlar turg‘unligi rivojlanishining oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyati yaratildi. 

  • 29 Iyul, 15:08
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech