Yangiliklar

not found

Layfxak: Aspirindan 5 ta noodatiy foydalanish

Аspirin deyarli har qanday birinchi yordam toʼplamida mavjud boʼlgan dori. U nafaqat ogʼriq bilan kurashadi, balki boshqa koʼplab hayotiy vaziyatlarda ham foydali boʼlishi mumkin. 1. Oʼsimliklarni saqlang.Suvga qoʼshilgan aspirin kesilgan gullarning umrini sezilarli darajada uzaytirishi maʼlum. Biroq, u bogʼdorchilikda ham yaxshi yordamchi. Bitta tabletkani bir litr suvda eritib, bu eritma bilan zamburugʼ bilan kasallangan tuproqni sugʼorish kifoya. Kasallik yoʼqoladi va oʼsimliklar yaxshiroq oʼsadi. 2. Dogʼlardan xalos boʼling.Ikkita aspirin qoʼshilgan 100 millilitr suvga dogʼ kiyimlar solinadi. 3 soat davomida qoldiriladi. Bu usul orqali nafaqat dogʼlarni, terlashdan qolgan sariq dogʼlarni osonlikcha bartaraf etish mumkin. 3. Husnbuzar bilan kurashish.Aspirin teri yalligʼlanishida yaxshi yordam beradi, shuning uchun u toʼsatdan chiqqan husnbuzarni deyarli koʼrinmas holga keltirishi mumkin. Buning uchun maydalangan aspirin ustiga bir necha tomchi suv solib, hosil boʼlgan massani yalligʼlangan joyga bir necha daqiqaga qoldirish kifoya. 4. Qazgʼoqdan xalos boʼling.Bunda maydalangan aspirin qoʼshilgan shampun yordam beradi. Bosh yuvganda aspirin aralashtirilgan shampun sochlarda bir necha daqiqa ushlab turiladi va yuviladi. Soʼngra oddiy shampun bilan sochni yana bir marta yuvish lozim. 5. Hasharot chaqqanda terini tinchlantirish.Agar sizni ari yoki boshqa hasharot chaqib olgan boʼlsa, zararlangan joyga suvga namlangan aspirin surting. Qichishish yoʼqoladi va yalligʼlanish kamroq seziladi. OgohlantirishAspirinning dori ekanligini unutmang, shuning uchun uni ehtiyotkorlik bilan ishlating. Misol uchun, astmasi borlar yoki aspiringa allergiyasi boʼlganlarlar bu doridan foydalanmasliklari kerak.

  • 16 Fevral, 11:51
  • Batafsil
not found

СOVID-19 ni boshidan oʼtkazgan bemorlarda kuzatilayotgan olti xavfli asorat

Dunyoda koronavirus pandemiyasi eʼlon qilinganidan buyon roppa-rosa 3 yil oʼtdi. Bu davrda kasallik qariyb 6,8 million nafar kishini hayotdan olib ketdi. Eng yomoni, hozir ham qator mamalakatlarda epidemiologik vaziyat murakkab. Virus Yer yuzi boʼyicha oyiga 80-90 ming odamning oʼlimiga sabab boʼlyapti. Shu bois Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti SOVID-19 pandemiyasini yana uch oyga uzaytirishga majbur boʼldi. Boz ustiga, soʼnggi oylarda turli mintaqalarda “omikron” shtammining XBB.1.5 subvarianti keng tarqalmoqda. U hozirgacha bizga maʼlum mutatsiyalar orasida eng yuquvchani sifatida baholanyapti. Аmmo mutaxassislarni tashvishga solayotgan omil shundangina iborat emas. Negaki, bu dard vaqt oʼtishi bilan qator xavfli asoratlarini ham namoyon qilmoqda. Shulardan eng koʼp uchrayotgani — tromboz. U ortiqcha vazn, semizlik va qandli diabet kabi metabolik kasalliklardan aziyat chekuvchi bemorlarda ayniqsa, koʼp kuzatilyapti. Ikinchi xavfli asorat — yurak faoliyati buzilishi. Gap shundaki, virus qon tomirlari, oʼpka, yurak va boshqa organlar toʼqimalariga kirgach, ularni yoʼq qilib, yalligʼlanishni keltirib chiqarmoqda. Bu esa, oʼz navbatida, miokardit yuzaga kelishiga sabab boʼlyapti. Uchinchi xavfli asorat — depressiya va xotira susayishi. Pandemiya boshlanganidan buyon shifokorlar COVID-19ni boshdan oʼtkazgan bemorlarda xuddi shu alomatlarni qayd etishmoqda. Toʼrtinchi xavfli asorat — insult. Bu mazkur infektsiya oqibatida miya tomirlarida kuzatilayotgan yalligʼlanish jarayoni bilan bogʼliq. Beshinchi xavfli asorat — oʼpka fibrozi. Koronavirusli pnevmoniyaga chalingan bemorlarda tegishli muolajalardan soʼng, oʼpkada chandiqlar hosil boʼlib, bu nafas olish samaradorligi pasayishiga olib keladi. Oltinchi xavfli asorat — son suyagi, yelka, tizza boʼgʼimlari yemirilishi bilan kechmoqda. Oqibatda endoprotezlash amaliyotiga muhtoj bemorlar soni koʼpaymoqda. Shifokorlar xulosasiga koʼra, koronavirusga qarshi emlanish nafaqat uning yuqishi yoki ogʼir kechishi, balki xavfli asoratlaridan ham ishonchli himoyalaydi. Аyniqsa, katta yoshli insonlar, surunkali kasallikka chalingan va immuniteti zaif kishilar, birinchi navbatda, vaktsina olishlari lozim.

  • 15 Fevral, 11:13
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech