Yangiliklar

not found

28 iyul – Xalqaro gepatitga qarshi kurash kuni!

Dunyoda yuqumli kasalliklarning turi koʼp. Biroq ular orasida virusli gepatit eng xavfli xastaliklardan biri hisoblanadi. 1967 yil Nobel mukofoti laureati, amerikalik shifokor Samuel Barux jigar kasalligini keltirib chiqaruvchi gepatit B virusini aniqlashga muvaffaq boʼlgan. Ushbu olimning tugʼilgan kuni sharafiga 2011 yildan buyon har yili dunyoda 28 iyul — Xalqaro gepatitga qarshi kurash kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Gepatit virusli kasallik hisoblanib, bemorda jigar hujayralari zararlanishi kuzatiladi. Qolaversa, uning faoliyati buzilishi oqibatida organizmda intoksikatsiya — zaharlanish yuz beradi. Virusli gepatitning asosan 6 ta — A, B, C, D, E, G kabi turlari mavjud. Ular klinik kechishi va oqibatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Yurtimizda esa asosan kasallikning A, B, C turlari koʼp uchraydi. Misol uchun, gepatit А – eng koʼp aniqlanadigan, biroq boshqa turlarga nisbatan xavfsizroq xastalik boʼlib, asosan bemorlarda oʼtkir kechadi. Аmmo surunkali tus olmaydi hamda oʼlim va boshqa jiddiy oqibatlarga olib kelmasligi bilan farqlanadi. Bu xastalikning yana bir nomi “iflos qoʼllar kasalligi” deb ham ataladi. Virusni asosan kirlangan suv, taom, yaxshi yuvilmagan idish hamda bemor bilan muloqotda boʼlish orqali yuqtirish mumkin. Gepatit B ushbu kasallik turlari orasida eng xavflisi boʼlib, har yili dunyoda minglab insonlar mazkur virus tufayli vafot etadi. Bugungacha uning qoʼzgʼatuvchisiga bevosita taʼsir etuvchi preparat topilgani yoʼq. Shuningdek, gepatitning C turi koʼpincha jigar sirrozi yoki saratonga sabab boʼluvchi xavfli xastalik hisoblanib, uni shifokorlar “muloyim qotil” deb ham atashadi. Sababi kasallikning rivojlanish davrida bemorda hech qanday salbiy belgilar kuzatilmaydi. Virus asosan qon orqali, yaʼni ehtiyotsizlik sabab stomatolog, manikyur va boshqa amaliyotlarda qon tekkan buyumdan oʼzga bir insonga yuqishi mumkin. Qolaversa, tish choʼtkasi yoki ustara ham kasallanish uchun sabab boʼladi. JSST maʼlumotlariga koʼra, har yili dunyoda 325 millionga yaqin odam gepatit B va kamida 200 million kishi gepatit C virusi bilan kasallanmoqda. Butunjahon gepatit alyansining 2021 yilgi maʼlumotlariga koʼra, kasallikning B va C turlari tufayli har yili jahonda 1,4 million odam vafot etadi. Bu esa OIV/OITS va bezgakdan koʼproq koʼrsatkichdir. Bugun yurtimizda ushbu xavfli xastalikni oʼz vaqtida profilaktika va diagnostika qilish, ularni davolash boʼyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2022 yil 16 maydagi PQ-243-son qarori bu yoʼnalishdagi saʼy-harakatlarni yanada jadallashtirishga xizmat qildi. Unga koʼra, virusli gepatitning B va C turlarini erta aniqlash maqsadida respublikadagi 65 dan ziyod oilaviy va koʼp tarmoqli markaziy poliklinikalarda bepul skrining tashkil etilgan. Shuningdek, 2021 yildan boshlab yurtimizda yangi tugʼilgan chaqaloqlarni gepatit Bga qarshi emlash tadbiri Milliy emlash taqvimiga kiritilgan. Qolaversa, bugungi kunda Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordami sifatida kasallikning S turiga qarshi “Daklotasvir” va "Sofosbuvir" dori vositalari yetkazib berilmoqda. Mazkur insonparvarlik yordami Prezidentimizning shu yil 20-21 fevral kunlari Misrga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda. Eng muhimi, dunyoning 17 ta mamlakati qatori Oʼzbekistonda ham C virusli gepatitga chalingan bemorlar davlat hisobidan bepul davolanyapti.

  • 28 Iyul, 09:21
  • Batafsil
not found

BMT: OITS muammosi 2030 yilgacha hal bo`lishi mumkin

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta'kidlashicha, agar kasallikning oldini olish va davolash uchun yetarlicha mablag sarflansa, OITS muammosini yaqin 7 yil ichida hal qilish mumkin. BMT ta'kidlaganidek, bu "agar mamlakatlar profilaktika va davolanishga sarmoya kiritish uchun siyosiy irodani namoyish etsa va kamsitmaydigan qonunlarni qabul qilsa" juda realdir. UNAIDS (Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV/OITS bo'yicha Qo'shma Dasturi) ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilda dunyo bo'ylab taxminan 39 million odam OIV bilan yashaydi, va davolanmagan taqdirda, u OITSga aylanishi  mumkin. “Agar biz odamlarni birinchi oʻringa qoʻyish va dalillarga asoslangan OIV profilaktikasi va davolash dasturlariga sarmoya kiritish boʻyicha qatʼiy majburiyat olgan mamlakatlarni na`munasi qilib olsak, bu masala yechimini topadi”, deyiladi UNAIDS hisobotida. Shuningdek, unda OIVga qarshi samarali javob berish, boshqa tashabbuslar qatorida, kamsitmaydigan qonunlarni qabul qilish va jamoat tarmoqlarini kuchaytirishni ham anglatadi. OIV yoki OITS bilan yashaydigan odamlar ko'plab mamlakatlarda ajratish, kamsitish va zo'ravonlikka duch kelishadi. “Afrikaning sharqiy va janubiy qismi kabi moliyaviy sarmoyalar eng koʻp boʻlgan mamlakatlar va mintaqalarda sezilarli yutuqlarga erishildi, bu yerda OIV bilan yangi kasallanganlar soni 2010 yildan beri 57 foizga kamaydi”, deyiladi hisobotda. Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada esa, aksincha, yangi bemorlar soni keskin o'sib bormoqda. "Ushbu tendentsiyalar, birinchi navbatda, OIV profilaktikasi xizmatlarining yetishmasligi ... shuningdek, jazo qonunlari va ijtimoiy kamsitishlar tomonidan yaratilgan to'siqlar bilan bog'liq", - deya tushuntiradi UNAIDS. Uning xabarlariga ko'ra, o'tgan yili 1,3 million kishi OIV bilan kasallangan va 630 ming kishi OITS bilan bog'liq asoratlardan vafot etgan.

  • 27 Iyul, 14:58
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech