Yangiliklar

not found

Olimlar fudomiks yoʻnalishda tadqiqotlar olib bormoqda

Olimlar Oʻzbekiston aholisining yurak-qon tomir kasalliklari va diabet kasalligining oldini olishga qaratilgan taomlanish dasturini ishlab chiqmoqdalar.  Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi Daniyaning Kopengagen universiteti bilan hamkorlikda fudomiks yoʻnalishda tadqiqotlar olib bormoqda. Fudomiks oziq-ovqat tarkibidagi molekulalar miqdori va ularning sifati analizi bilan shugʻullanadigan soha boʻlib, mahsulotlarning inson sogʻligiga ijobiy yoki salbiy taʼsirini oʻrganadi. Hozirda loyiha doirasida oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy va biologik xususiyatlarining tahlili amalga oshirilmoqda. Bunda aholi tomonidan eng koʻp ishlatiladigan mahsulotlar (masalan, oʻsimlik yogʻi)ning toksik va patogen xususiyatlari molekulyar darajada oʻrganilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarining molekulyar tarkibini tahlil qilish orqali ularning inson salomatligiga taʼsiri tadqiq etiladi uva fudomik-platforma yaratiladi. Bu oʻz navbatida oziq-ovqat mahsulotlariga eng zamonaviy standart talablarini qoʻyish imkonini yaratadi. Hozirda Ilgʻor texnologiyalar markazi olimlari tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqotlarda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan kasalliklar – qon-tomir kasalligi va diabetning 2-turiga oziq-ovqat mahsulotlarining taʼsiri oʻrganilmoqda. Bunda shifokorlar, biologlar, biokimyogarlar va kimyogar-tahlilchilar hamkorlikda ish olib bormoqda. Oʻzbekistonda fudomiks sohasida ilk bora amalga oshirilayotgan mazkur loyiha yurtimiz aholisi orasida yurak-qon tomir kasalliklari va diabet kasalligining oldini olish, erta oʻlim sabablarini kamaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, tadqiqot natijalariga koʻra, yurtimiz aholisi uchun milliy ovqatlanish anʼanalaridan kelib chiqqan holda eng maqbul ovqatlanish ratsioni ishlab chiqiladi. Ushbu loyihani amalga oshirish aholi guruhlarining fiziologik ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ovqatlanish tavsiyalarini shakllantirish uchun dalillarga asoslangan platforma yaratadi.

  • 4 Sentyabr, 10:02
  • Batafsil
not found

7 oy davomida 195 turdagi yangi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilgan

Farmatsevtika sogʻliqni saqlash tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri boʻlib, ushbu sohaning rivojlanish darajasi aholining hayot sifati koʻrsatkichlariga bevosita taʼsir qiladi.  Davlatimiz  rahbari tomonidan ham sohani rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash, aholini zarur dori vositalari bilan taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.  Bugungi kunda Oʻzbekiston farmatsevtika sanoatida 220 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari faoliyat olib bormoqda. Xususan, 87 ta dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar, 37 ta tibbiy texnikalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar, 88 ta tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar, 8 ta dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish va boshqa  korxonalar.  2023-yilning yanvar-iyul oylarida umumiy qiymati 2,0 trln. soʻmlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, yil yakuniga qadar farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 5,2 trln soʻmga yetkazish rejalashtirilgan.  Oʻtgan 7 oy davomida 195 turdagi yangi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Maʼlumotlarga koʻra, stomatologiya, onkologiya, toksikologiya hamda pulmonologiya guruhlariga kiruvchi dori vositalarini mahalliylashtirish darajasi oshgan. Oʻtgan davr oraligʻida 795,0 mln. dollarlik farmatsevtika mahsulotlari import qilingan. Yaponiya, Shveysariya, Avstriya, Germaniya, Italiya  davlatlarida ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning hajmi sezilarli darajada koʻpaygan boʻlib, Hindiston va Xitoy  davlatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar importi qisqargan.  7 ta mamlakatga jami 80 mln. dollarlik farmatsevtika mahsulotlari va xizmatlari eksport qilingan boʻlib, yil yakuniga qadar 187,5 mln. dollarlik mahsulotlarni eksport qilish rejalashtirilgan. Oʻzbekiston aholisining yillik ehtiyoji 1500 dan ortiq turdagi umumiy qiymati 1,6 mlrd. dollarlik doriga teng. Yillik talabning qoplanganlik darajasi 2022-yilda  45 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2023-yilning yakuniga qadar 55 foizga yetkazish maqsad qilingan.

  • 31 Avgust, 09:54
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech