Yangiliklar

not found

Dunyodagi eng qimmat dori roʼyxatga olindi

АQShda dunyodagi eng qimmat doriga ruxsat etildi, uning bitta dozasi — 4,25 mln dollar. Bu dori bolalarning kam uchraydigan va oʼlim xavfi yuqori kasalligini davolash uchun qoʼllaniladi, deb xabar berdi Scripps News. Gap Orchard Therapeutics kompaniyasi ishlab chiqqan Lenmeldy dori vositasi haqida boryapti. Bu dori metaxromatik leykodistrofiya (MLD) bilan xastalangan bolalarni davolash uchun yagona vosita boʼlib qolmoqda. Metaxromatik leykodistrofiya davosi yoʼq nasliy kasallik boʼlib, А arilsulfataza (АRSА) fermenti yetishmovchiligiga olib keluvchi gen mutatsiyasi bilan bogʼliq. Buning oqibatida hujayralarda sulьfatidlar deb ataluvchi zaharli yogʼlar toʼplanib qoladi. Ular nerv tolalari atrofidagi yogʼ qoplamini yemirishni boshlaydi. Oqibatda bolaning nerv tizimi buzilishi va butunlay ishdan chiqib, oʼlimga olib kelishi mumkin. Аksariyat hollarda kasallik kechikkan MLD sifatida tasniflanadi, yaʼni simptomlari 6 oylikdan 2 yoshgacha davrda paydo boʼlishni boshlaydi. Bu toifaga mansub bolalar 5 yoshgacha vafot etadi. Boshqa holatlarda yuvenil MLD kuzatilib, kasallikning bu toifasiga mansub bemorlar simptomlar paydo boʼlganidan soʼng 6–14 yil davomida vafot etadi. FDA klinik sinovida 37 nafar bolalar ishtirok etdi. Ularga dorining bir dozasi berildi. Tadqiqot shuni koʼrsatdiki, preparatni qoʼllash mazkur preparatni qabul qilmagan bolalarga nisbatan jiddiy harakat buzilishi yoki oʼlim xavfini sezilarli darajada kamaytirdi. Va FDA maʼlumotlariga koʼra, terapiya bilan davolangan bolalarning 71 foizi 5 yoshida boshqalar yordamisiz yura olgan, 85 foizi esa normal IQ va nutq koʼrsatkichlariga ega boʼlgan. Bugungi kunda Lenmeldy yuqoridagi har ikki toifa MLD xastaligi uchun yagona dori vositasi sanaladi. Yangi dori bemorlarga, simptomlarni kamaytirgan holda, koʼproq umr koʼrish imkonini beradi, deyiladi xabarda.

  • 28 Mart, 08:47
  • Batafsil
not found

Transyogʼlar. Аsosiy faktlar

- Transyogʼlar, yoki transyogʼli kislotalar (TFA) - sanoat yoki tabiiy kelib chiqadigan toʼyinmagan yogʼli kislotalar. - Har yili sanoatda ishlab chiqarilgan transyogʼlari dunyo boʼylab 278 000 dan ortiq oʼlimga sabab boʼladi. - Transyogʼlar arteriyalarning tiqilib qolishiga hissa qoʼshadi, yurak xuruji va oʼlim xavfini oshiradi. - Sanoatda ishlab chiqarilgan transyogʼlari margarinda, oʼsimlik yogʼi birikmasi, Vanaspati yogʼi, qovurilgan ovqatlar va pishirilgan mahsulotlar, ayniqsa krakerlar, pechenьe va piroglarda mavjud. Sanoatda ishlab chiqarilgan transyogʼlari koʼchada va restoranlarda taklif qilinadigan koʼplab qovurilgan va pishirilgan mahsulotlarda mavjud. Tabiiy transyogʼlarni kavsh qaytaruvchi hayvonlardan (masalan, sigir, qoʼy, echki) olingan goʼsht va sut mahsulotlarida topish mumkin. - Sanoatda ishlab chiqarilgan va tabiiy transyogʼlari bir xil darajada zararli. - Sanoatda ishlab chiqarilgan transyogʼlaridan foydalanishdan voz kechish va oziq-ovqat narxini, taʼmini yoki foydaliligini buzmasdan, oʼrniga sogʼlom yogʼlar bilan almashtirish mumkin. JSST kattalar uchun transyogʼlarni isteʼmol qilishni umumiy kaloriya miqdorining 1% dan koʼp boʼlmagan miqdorda cheklashni tavsiya qiladi, yaʼni kunlik ratsionda 2000 kaloriya boʼlsa, trans yogʼlar 2,2 grammga toʼgʼri kelishi kerak. - Yurak-qon tomir kasalliklari dunyoda oʼlimning asosiy sababidir. Ushbu kasalliklarning asosiy xavf omillari notoʼgʼri ovqatlanish, jismoniy faollikning yetishmasligi va tamaki va spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishdir. Ratsiondagi xavflardan biri transyogʼlarini koʼp isteʼmol qilishdir, bu barcha sabablarga koʼra oʼlim xavfini 34% ga, yurak ishemik kasalligidan oʼlim xavfini 28% ga va yurak ishemik kasalliklarini rivojlanish xavfini 21% ga oshiradi. Trans yogʼlarning sogʼliq uchun foydalari aniqlanmagan. 

  • 27 Mart, 09:09
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech