Yangiliklar

not found

FDA "Prolia" organizmda kaltsiyni xavfli darajaga tushirishi haqida ogohlantiradi

FDA Amgenning osteoporozga qarshi "Prolia" dori vositasi yorligʼiga gipokalьtsiemiya haqida ogohlantiruvchi yozuvni qora bilan belgilab qoʼydi. Preparatni qabul qilish natijasida kalьtsiyning kamayishi va oqibatda kasalxonaga tushib qolish, hattoki bemorlarning oʼlimiga sabab boʼlishi mumkin. AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA)  "Prolia" (denosumab) ni qabul qilish boʼyicha yoʼriqnomaga ogohlantirish qoʼshdi. Regulyatorning taʼkidlashicha, osteoporozni davolash uchun moʼljallangan dori-darmonlarni qabul qilish qondagi kalьtsiyning juda past darajaga tushishiga olib kelishi mumkin. Gipokalьtsiemiya surunkali buyrak kasalligi boʼlgan bemorlar uchun alohida xavf hisoblanadi. Ogohlantirish qora rang bilan chizib qoʼyilishi u jiddiy yon taʼsir ekanligini koʼrsatadi. Qayd etilishicha, "Prolia"ni qabul qilish natijasida kelib chiqqan kalьtsiyning kamayishi kasalxonaga yotqizish va oʼlimga sabab boʼlgan. Gipokalьtsiemiya asemptomatik boʼlishi mumkin, ammo FDA chalkashlik, anormal yurak ritmi, hushidan ketish, mushaklarning spazmlari va zaiflik kabi alomatlarga eʼtibor berish kerakligi haqida ogohlantirdi. "Prolia" monoklonal antitela boʼlib, har olti oyda teri ostiga yuboriladi. FDA 2022 yilda preparatning gipokalьtsiemiya xavfi haqida ogohlantirib, tekshiruv boshlanishini eʼlon qilgandi. Preparat birinchi marta 2010 yilda postmenopozal osteoporozni davolash uchun tasdiqlangan. Preparat osteoklastlarning shakllanishi, faoliyati va hayotida muhim rol oʼynaydigan oqsil bilan bogʼlanish orqali ishlaydi (insonlarning yoshi ulgʼaygaynida suyaklarning tabiiy parchalanishi jarayonida ishtirok etadigan hujayralar). Amgen portfelida 2022 yilda Rossiyada roʼyxatdan oʼtgan osteoporoz uchun muqobil dori "Iveniti" (romosozumab) mavjud. Uning yorligʼida ham FDA tomonidan qondagi kaltsiy darajasining xavfli darajaga tushishi xavfi haqida ogohlantirish mavjud.

  • 23 Yanvar, 11:47
  • Batafsil
not found

Bugungi kunda respublikamiz aholisiga zombi virusi boʼyicha xavf-xatar mavjud emas

Zombi virusi qanchalik xavfli? Ommaviy axborot vositalari va internet tarmogʼi orqali fransuz olimlari tomonidan Sibirning abadiy muzligidan 5 ta zombi virusini topib, ularni laboratoriya sharoitida yoshi 48 500 yil boʼlgan zombi virusini jonlantirishgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bu boʼyicha Sanepidqoʼmita axborot xizmati maʼlumot berdi.  Eng qadimgi namuna 16 metr chuqurlikdagi yer osti koʼlida topilgan. Ushbu virus odamlar hayoti uchun oʼta xavfli. Chunki inson tanasi bunday qadimiy viruslar bilan kurashishga moslashmagan. Olimlar maʼlum boʼlgan viruslarning beshta yangi oilasini allaqachon aniqladi. Ular bir nechta virus shtammlarini jonlantirishdi va ularni patogenlik xavfini mavjudligini aniqlаshga erishishdi. Tadqiqotchilar “zombi viruslar” deb ataydigan bunday patogenlar jamoat salomatligiga xavf solishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Inson immuniteti turli xil viruslar bilan aloqasi natijasida ularga qarshi turgʼun immunitet hosil qilgan. Biroq, insoniyat ilgari duch kelmagan qadimiy shtammlar bilan immunitet bardosh bera olmasligi mumkin. Soʼnggi yillarda olimlar qadimgi viruslar va bakteriyalar bilan bogʼliq tahdid haqida koʼproq gapirishmoqda. Oʼn minglab yillar davomida ular abadiy muzliklarda saqlangan. Biroq, hozirda abadiy muzliklar erishi oqibatida tabiatga tarqalish ehtimoli mavjud. Bugungi kunda frantsiyalik olimlar iqlim oʼzgarishi tufayli muzliklar juda tezlik bilan erib borishi sababli, qadimiy viruslar tabiiy sharoitlarda ham tirilishi mumkin. Shu holatga tayyor boʼlish uchun olimlar viruslarni laboratoriya sharoitida jonlantirib, ularga qarshi profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar koʼrishga tayyorgarlanishmoqda.

  • 23 Yanvar, 09:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech