Yangiliklar

not found

DXX: Namanganda qalbaki dori vositalarini tayyorlash va sotish bilan shugʼullangan tibbiyot xodimi ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʼyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda “Zodak”, “Аnaferon”, “Xilak Forte” va “Vitamin V6” nomli qalbaki dori vositalarini tayyorlash hamda sotish bilan shugʼullangan tibbiyot xodimining faoliyatiga chek qoʼyildi. Xususan, Chortoq tuman Tibbiyot birlashmasining tez yordam boʼlimi felьdsheri 1000 dona qalbaki “Zodak” dori vositasini Аndijon viloyatiga sotish maqsadida olib ketmoqchi boʼlgan vaqtida qoʼlga olindi. Shuningdek, uning yashash xonadoni koʼzdan kechirilganda dori vositalari ishlab chiqarish uchun moʼljallangan yashirin sex borligi aniqlanib, 763 dona “Аnaferon”, 2125 dona “Zodak”, 4000 dona “Vitamin V6” dori vositalari, 570 dona nomsiz flakonlarda siroplar, dori vositalarini qadoqlashda foydalaniladigan flakonlar, qutilar, yoʼriqnoma va yorliqlar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Taʼkidlash lozimki, mazkur shaxs tayyorlangan dori vositalarini saqlash uchun qarindoshining yashash xonadonidan ombor sifatida foydalangan va tezkor tadbir davomida ushbu manzildan ham sotish uchun tayyorlab qoʼyilgan 120 dona “Zodak”, 260 dona “Аnaferon”, 96 dona “Xilak Forte” hamda 313 dona nomsiz flakonlarda sirop holdagi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi. Tergovga qadar tekshiruv davomida, Chortoq tuman tez yordam boʼlimi felьdsheri 2023 yilning sentyabrь oyidan buyon ushbu noqonuniy ish bilan shugʼullanib kelganligi va uni hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan Аndijon viloyatida yashovchi fuqarolar Qirgʼiz Respublikasidan noqonuniy yoʼllar bilan olib kelingan dori vositalari xom-ashyolari bilan taʼminlab turganliklari maʼlum boʼldi. Yashirin sex sharoitida tayyorlangan dori vositalari asosan Аndijon, Fargʼona va Toshkent shaharlaridagi dorixonalarda sotuvga chiqarilgan. Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi “b” va “e” bandlari bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, mazkur shaxsga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʼllanildi.

  • 6 Fevral, 11:00
  • Batafsil
not found

Sunʼiy intellekt yurak xurujini 10 yil oldin bashorat qilishi mumkin

Sunʼiy intellekt yurak xuruji xavfini bashorat qilish uchun ishlatilishi mumkin, deydi britaniyalik olimlar. Tizim insonning keyingi 10 yil ichida sogʼligʼi bilan bogʼliq qanday muammolarga duch kelishini baholashga qodir. Tadqiqotni Oksford universiteti olimlari olib borishdi. Ularning fikricha, zamonaviy texnologiyalar minglab odamlarning hayotini saqlab qolishi mumkin. Bemorlarda arteriyalarning tiqilib qolishi yoki torayishini aniqlash uchun kompyuter tomografiyasi qoʼllaniladi. Buyuk Britaniyada har yili taxminan 350 ming kishi ushbujarayondan oʼtadi. Ammo tadqiqot yetarlicha aniq boʼlmasligi mumkin. Olimlarning xulosasiga koʼra, koʼkrak qafasidagi ogʼriqlar bilan kasalxonaga kelgan baʼzi bemorlarda kasalxonaga yotqizish uchun sabab topa olmaydi. Ular uyga joʼnatiladi, ammo kelajakda yurak xurujiga duchor boʼlish xavfi yuqori. Sunʼiy intellekt yurak-qon tomir tizimining holati haqida toʼliqroq maʼlumot beradi. Tadqiqotchilar 2,7 yil davomida toʼplangan 40 000 dan ortiq bemor maʼlumotlarini tahlil qilishdi. Sunʼiy intellekt vositasi 3393 bemorning maʼlumotlarini koʼrib chiqdi va yurak xuruji xavfini aniq bashorat qila oldi. Shundan soʼng shifokorlarga 744 nafar bemor uchun sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan xavf baholari taqdim etildi va 45% hollarda davolash usuli oʼzgartirildi, deya xabar beradi mir24.  Shuningdek, rossiyalik olimlar sunʼiy intellekt yordamida yurak tomirlari kasalliklarini tashxislash va davolash usullarini takomillashtirmoqda. Yurak xurujidan oʼlim xavfi har bir bemor uchun individual boʼlgan turli omillarga bogʼliq. Sunʼiy intellekt maʼlum bir bemor uchun eng xavfli omillarni aniqlash va shunga mos ravishda davolash usullarini tanlash imkonini beradi. Yaʼni, bemorda qon quyuqlashishi va buyrak muammolari boʼlsa, xavf ortadi. Ushbu holatlarni erta aniqlash noxush oqibatlar ehtimolini 5-7 baravar kamaytiradi. Tadqiqot davomida mualliflar turli maʼlumot toʼplamlarini, shu jumladan miokard infarktini oʼtkazgan 4677 bemor haqidagi maʼlumotlarni tahlil qildilar. Olimlar sunʼiy intellekt mutaxassislar nazaridan chetda qolgan alomatlarni koʼrsatishga qodir, deyishmoqda.

  • 6 Fevral, 08:59
  • Batafsil
not found

Soʻnggi ikki yilda tibbiyot sohasini raqamlashtirishga byudjetdan 90 milliard soʻm ajratilgan

Yigʻilishda ixtisoslashgan tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish talabiga javob beradigan tizim hali yaratilmagani koʻrsatib oʻtildi. Soʻnggi yillarda bepul davolanish uchun orderdan voz kechildi. Mablagʻni muassasadagi oʻrinlar soniga emas, bemorlar soniga qarab ajratish tizimi yaratildi. Lekin, haligacha bemorlarda tanlash huquqi yoʻq. Bundan tashqari, viloyat shifoxonalariga yoʻllanma olish haligacha raqamlashmagan. Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning Loyiha ofisiga viloyat shifoxonalarini ham elektron yoʻllanma tizimiga ulash, bu tizimda xususiy klinikalar ishtiroki mezonlarini ishlab chiqish topshirildi.  Ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida zamonaviy boshqaruvni yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi. Pullik xizmatlar narxi shaffof emasligi tanqid qilindi. Shu munosabat bilan 23 ta markaz, 12 ta tibbiyot oliygohi, 2 ta shifokor va oʻrta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish markazlarining har biriga zamonaviy menejerlarni ishga olib, xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish topshirildi. Bu ishlar orqali shifokor va hamshiralarni yangicha oʻqitish, davolash sifatini oshirish, dori yozishni kamaytirish, eng muhimi – rivojlangan klinikalar muhitini olib kirish muhimligi qayd etildi. Soʻnggi ikki yilda tibbiyot sohasini raqamlashtirishga byudjetdan 90 milliard soʻm yoʻnaltirildi. Lekin natija kutilganidek emas. Tuman, viloyat va respublika tashkilotlari 10 ga yaqin axborot tizimlarini ishlatayapti, lekin ularning hammasi ham bir-biriga bogʻlanmagan. Birlamchi boʻgʻin raqamlashmagani bois shifokor vaqtining uchdan ikki qismi hisobot toʻldirishga ketayapti. Shu munosabat bilan mutasaddilarga “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona” va “Elektron tibbiy karta” tizimlarini ishga tushirish, kafolatlangan paketga kirgan dorilarni elektron retsept asosida berishni yoʻlga qoʻyish topshirildi. Yigʻilishda onalar va goʻdaklar oʻlimining oldini olish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi. "Har bir ona va bola oʻlimi “favqulodda holat” deb baholanadi va soʻrov shunga yarasha boʻladi"- deya ogohlantirdi Prezident Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyat hokimlari, viloyat va tuman tibbiyot idoralari rahbarlarini. Xorijdan mutaxassislarni olib kelib, eng avvalo, ona va goʻdak oʻlimi yuqori 20 ta tuman va shahardagi tibbiyot xodimlarini oʻqitish topshirildi. “Xavf guruhi”ga kirgan homilador va tugʻruq yoshidagi ayollar bilan ishlash protokoli yangilanadi. Tibbiyot brigadalaridagi 8,5 ming doya ilgʻor tajriba asosida reproduktiv salomatlik va homiladorlar parvarishi boʻyicha oʻqitiladi. Perinatal markazlar boshqaruviga xorijiy mutaxassislarni olib kelish, 229 ta tugʻruqxonani zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash topshirildi.

  • 5 Fevral, 14:15
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech