Yangiliklar

not found

JSST : virusli gepatit har kuni 3500 kishining hayotiga zomin boʼladi

Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining 2024 yilgi global gepatit hisobotiga koʼra ushbu kasallik qurbonlari soni doimiy ravishda oʼsib bormoqda. Gepatit dunyoda eng koʼp odamlar vafot etadigan yuqumli kasalliklar orasida ikkinchi oʼrinda turadi: u yiliga 1,3 million oʼlimga sabab boʼladi - bu yuqumli kasalliklar orasida oʼlimning asosiy sababi boʼlgan sil kasalligi bilan bir xil. Butun jahon gepatit sammitida taqdim etilgan ushbu hisobotda diagnostika va davolashning yaxshilanishiga va arzon tibbiy mahsulotlarga qaramay, test va davolashni qamrab olish koʼrsatkichlari oʼsmagan. Аmmo, agar hozir chora koʼrilsa, JSSTning 2023 yilgacha gepatitni bartaraf etish maqsadiga erishish mumkin boʼladi. 187 mamlakatdan olingan yangi maʼlumotlar shuni koʼrsatadiki, virusli gepatitdan vafot etganlarning taxminiy soni 2019 yildagi 1,1 milliondan 2022 yilda 1,3 millionga koʼpaygan, 83 foiz gepatit B va 17 foiz gepatit C sabab boʼlgan. Har kuni dunyo boʼylab 3500 kishi gepatit B va C infektsiyasidan vafot etadi. Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining yangilangan hisob-kitoblariga koʼra, 2022 yilda gepatit B bilan kasallanganlar soni 254 million va C gepatiti bilan kasallanganlar soni 50 million kishini tashkil qiladi. Surunkali gepatit B va C infektsiyalari bilan kasallanganlarning yarmi 30-54 yoshdagi insonlar, 12% esa 18 yoshgacha boʼlgan bolalar hisoblanadi. Barcha holatlarda kasallanishning 58% ni erkaklar tashkil qiladi. Yangi hisob-kitoblar 2019 yilga nisbatan gepatit biroz pasayganligini koʼrsatmoqda, ammo virusli gepatitning umumiy tarqalishi yuqoriligicha qolmoqda. Har kuni 6000 dan ortiq odam virusli gepatit bilan kasallanadi. Qayta koʼrib chiqilgan hisob-kitoblar milliy tadqiqotlarning kengaytirilgan maʼlumotlariga asoslanadi. Hisobotda shuningdek, 2030 yilgacha kasallik epidemiyasini tugatish yoʼlidagi harakatni tezlashtirish uchun bir qator chora-tadbirlar belgilab berilgan: - test va diagnostika vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;- teng munosabatni taʼminlash uchun strategiyalardan amalga oshirishga oʼtish;- birlamchi tibbiy yordam doirasida profilaktika choralarini kuchaytirish;- xizmatlar koʼrsatishni soddalashtirish, tartibga solish va mahsulot yetkazib berishni optimallashtirish;- gepatit bilan kasallangan insonlar va fuqarolik jamiyatini jalb qilish orqali gepatit B diagnostikasi va potentsial davolash usullarini takomillashtirish boʼyicha tadqiqot ishlarini rivojlantirish.

  • 18 Aprel, 14:43
  • Batafsil
not found

Oshqozon osti bezi saratonini keltirib chiqaruvchi xavfli omillar sanab oʼtildi

Oshqozon osti bezi saratoni oldindan aytib boʼlmaydigan oʼsmalarning eng koʼp uchraydigan turlaridan biridir. Statistik maʼlumotlarga koʼra, saratonning bu turi onkologiyadan oʼlim darajasi boʼyicha uchinchi oʼrinda turadi. Oshqozon osti bezi saratoni bilan ogʼrigan bemorlarning 80 foizida agressiv adenokarsinoma aniqlanadi. Koʼpincha, bemorlarga dahshatli kasallikning tashxisi qoʼyilganda, oʼsimta allaqachon ildiz otib ulgurgan boʼladi va uni davolash juda qiyin. Bemorlarning 85 foizidan ortigʼi tashxis qoʼyilgandan keyin bir yil ichida vafot etadi. Jahon statistik maʼlumotlariga koʼra, ushbu kasallik bosqichidan qatʼi nazar, tashxis qoʼyilgandan keyingi birinchi yilda bemorlarning atigi 25 foizi tirik qoladi. Shu bilan birga, 6 foizidan koʼp boʼlmagani 5 yil yashaydi, ammo agar saraton dastlabki bosqichlarda aniqlansa va operatsiya oʼtkazilsa, bu koʼrsatkich 22 foizgacha koʼtariladi. Ushbu kasallikning rivojlanishiga sabab boʼladigan xavfli omillarga surunkali pankreatit, irsiyat, yomon odatlar va diabet kiradi. Shifokorlarning fikriga koʼra, uzoq muddatli pankreatit saraton kasalligini rivojlanish xavfini 25 barobar, irsiy pankreatit esa 70 barobar oshiradi. Onkologlar orasida "oilaviy oshqozon osti bezi saratoni" maxsus atamasi mavjud. KRAS2 genlari boʼlgan odamlar ayniqsa xavf ostida hisoblanadi. Xavfli omillardan yana biri yomon odatlar: spirtli ichimliklar ichish va chekish. Onkologning soʼzlariga koʼra, oshqozon osti bezi saratoni holatlarining 33 foizi chekish bilan bogʼliq. Spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishning salbiy oqibatlari ham bu koʼrsatkichdan kamni tashkil qilmaydi. Notoʼgʼri ovqatlanish ham saratonning ushbu turini rivojlanishiga turtki boʼlishi mumkin. Oʼz navbatida, diabet ham oshqozon osti bezi saratonining dastlabki belgilaridan biri boʼlishi mumkin. 

  • 18 Aprel, 11:43
  • Batafsil
not found

"Rinotin kids" mahsulotining ruxsatnomasi bekor qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Rinotin kids" mahsuloti toʼgʼrisidagi xabarlar tarqaldi. Sanepidqoʼmita xabarlarda nomi qayd etilgan "Rinotin kids" mahsuloti yuzasidan oʼrganib chiqib, quyidagilarni maʼlum qiladi: “Rinotin kids” siropi - dori vositasi emas, balki biologik faol qoʼshimcha boʼlib, Italiya davlatida ishlab chiqariladi. Ushbu mahsulotni Oʼzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun “Gricar Chemical S.R.L.” kompaniyasining ishonchnomasiga binoan “CYNERGY PHARMCO” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2022 yil 29 aprelda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 30 apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʼtish tartibi toʼgʼrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 131-sonli qaroriga muvofiq ruxsatnoma berilgan. Mazkur mahsulotga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 318-sonli qaroriga binoan belgilangan tartibda xavfsizligini tasdiqlovchi Sanitariya-epidemiologik xulosa olingan. Sanepidqoʼmita mutaxassislari tomonidan ushbu holat yuzasidan qonun doirasida oʼrganish ishlari olib borilib, aholi orasida ovqatdan zaharlanish holatlarini kelib chiqishining oldini olish maqsadida sirop mahsulotlariga berilgan ruxsatnomalar bekor qilindi. Shu bilan birgalikda “CYNERGY PHARMCO” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga respublika hududlaridagi barcha savdo tarmoqlari hamda dorixonalardagi “Rad Gida Laboratuvarive Ilac Sanayi Ticaret Limited” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Rinotin kids” sirop mahsulotlarini qaytarib olish topshirigʼi berilib, ijrosi nazorat ostiga olindi. Bugungi kun holatiga korxona tomonidan 28 ta dorixonalardan mahsulotlar qaytarib olindi. Mazkur holat yuzasidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda. Hurmatli fuqarolar biologik qoʼshimchalarni xarid qilishdan avval ularning xavfsizligi tekshirilganligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni Sanepidqoʼmitaning sanepid.uz saytiga joylashtirilgan elektron katalog orqali tekshirib olishingizni tavsiya qilamiz,deyiladi xabarda.

  • 18 Aprel, 09:12
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech