Yangiliklar

not found

JSST tuberkulyozni aniqlash va davolash bo‘yicha yangi tavsiyalarni e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sil kasalligini erta bosqichda aniqlash va zamonaviy muolaja usullari yordamida samarali davolash bo‘yicha yangi tavsiyalarni e’lon qildi. Qayd etilishicha, OIV tashxisi qo‘yilgan bemorlar, homilador ayollar, tuberkulyozga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan odamlar, tibbiyot xodimlari, mahbuslar, mazkur kasallik keng tarqalgan malakatlardan kelgan muhojirlar hamda giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi kishilar yuqori xavf guruhiga mansub, deb hisoblanadi. Ana shu qatlam sil kasalligini aniqlash bo‘yicha tegishli tekshiruvlardan o‘tib turishi va tuberkulyozga qarshi profilaktik davolanish kursini olishi lozim. Shuningdek, JSST ko‘rsatmalarida yuqori texnologik diagnostika texnologiyalari cheklangan hududlar va sharoitda simptomlarga ko‘ra tashxislash usullari asosiy element bo‘lib qolmoqda. Shunga qaramay, tashkilot bemorlar guruhi va mavjud resurslarga ko‘ra, ko‘krak qafasi rentgenografiyasi hamda molekulyar diagnostika kabi ilg‘or tekshiruv usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi. Latent (yashirin) tuberkulyozni aniqlash uchun esa tuberkulin teri sinamalari (TST) yoki interferon-γ (IGRA) tahlilini qo‘llashni tavsiya qiladi. O‘z navbatida, ilg‘or tashxislash usuli — bolalar va immuniteti zaif odamlarda infeksiyani aniqlashda samarali bo‘lgan Mycobacterium tuberculosis (TBST) antigeniga asoslangan teri sinamlari ham keltirib o‘tiladi. Yangi ko‘rsatmaning o‘ziga xos jihati, unga qisqa muddatli profilaktik davolash kurslarining kiritilishi bo‘ldi. Chunki 6 yoki 9 oy davomida har kuni izoniazid preparatini qabul qilish uzoq yillar standart profilaktik muolaja kursi bo‘lib keldi. Ushbu sxema amaliyotda yaxshi natija berib kelayotgan bo‘lsa-da, davomiylik uzoqligi ko‘p hollarda bemorlar uchun qiyinchilik tug‘dirayotgani sir emas. Shu sababli JSST quyidagi muqobil davolanish kurslarini taklif qiladi. Xususan: - 3 oy davomida haftalik rifapentin va izoniazid kursi (3HP); - 4 oy davomida kunlik rifampitsin kursi; - 1 oy davomida kunlik rifapentin va izoniazid kombinatsion kursi (1HP). - Tuberkulyozning ko‘p miqdordagi dori-darmonlarga yoki rifampitsinga chidamli turiga moyil kishilar uchun 6 oy mobaynida har kuni levofloksatsin qabul qilish tavsiya etiladi. JSST tavsiyalarini yuklab olish (ingliz tilida).

  • 2 Oktyabr, 14:48
  • Batafsil
not found

COVIDning salomatlikka yana bir zarari aniqlandi

Liverpul universiteti, London Qirollik kolleji va Kembrij universiteti olimlari COVID-19 ning miyaga jiddiy ta’sirini aniqladilar. Olimlar nazorat guruhiga qaraganda COVID-19 bilan kasalxonaga yotqizilgan bemorlarning kognitiv funksiyalari (bu odamlarning aqliy jarayonlari, fikrlash qobiliyati, xotira funksiyalari va e’tiborining yomonlashishiga olib keladigan holatlar) 12-18 oydan keyin yomonlashganini aniqladilar. Bu buzilish miya hajmining kichrayishi, shuningdek, miya shikastlanishiga sabab bo‘ladigan oqsillarning ko‘payishi bilan bog‘liq. Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, kognitiv buzilish 20-yillik normal qarishga teng. Tadqiqot uchun 351 bemor jalb qilindi. Ularning barchasi og‘ir shaklda COVID-19 bilan kasallangan va kasalxonaga yotqizilgan. Ularning kognitiv ko‘rsatkichlari 3000 nafar nazorat guruhidagi insonlarning ko‘rsatkichlari bilan taqqoslandi. Kognitiv testdan tashqari, miya hajmini baholash uchun magnit-rezonans tomografiyasi (MRT) va asab hujayralarining shikastlanishi bilan bog‘liq biomarkerlar darajasini o‘lchash uchun qon testlari o‘tkazilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda, hatto kasalxonaga yotqizish paytida sezilarli nevrologik asoratlar bo‘lmasa ham, kognitiv nuqsonlar kuzatiladi. Bu shuni ko‘rsatadiki, COVID-19 aniq nevrologik tashxislarsiz o‘z-o‘zidan kognitiv buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. MRT tahlili, shuningdek, kognitiv funksiya bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda miya hajmining kichrayishini ko‘rsatdi. Tadqiqotchilar, shuningdek, qondagi miyaga zarar yetkazadigan oqsillar darajasining oshishi miya hajmining kichrayishi bilan bog‘liqligini ta’kidladi, bu COVID-19 dan keyin kognitiv buzilishning asosiy biologik mexanizmlarini ko‘rsatadi. Olimlar ushbu mexanizmlar gripp kabi boshqa og‘ir infeksiyalarda ham kuzatilishi mumkinligini aytishmoqda va bu o‘rganishni talab qiladi. Topilmalar COVID-19 ning miya va kognitiv funksiyaga uzoq muddatli ta’siri o‘rganish uchun tadqiqotlarlarni davom ettirish zarurligini ko‘rsatadi. 

  • 2 Oktyabr, 11:40
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech