Yangiliklar

not found

Elektron retseptda qanday ma’lumotlar aks ettiriladi va dorixonadan qanday tartibda olinadi?

Elektron retsept tibbiy axborot tizimida tegishli yozuvlari mavjud bo‘lgan bemor uchun rasmiylashtiriladi. Elektron retseptda har bir tashxis bo‘yicha uchtagacha dori vositasi ko‘rsatilishi mumkin. Elektron retseptda: - birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasining nomi; - elektron retsept raqami va berilgan sana; - bemorning JSHSHIR, familiyasi, ismi va otasining ismi, tugilgan sanasi; - XKTga muvofiq qo‘yilgan tashxis; - dori vositasining XPN bo‘yicha nomlanishi, raqami (elektron retsept raqamiga bog‘langan holda), shakli, dozasi, foydalanish usuli, davolanish kursining davomiyligi (surunkali kasallikka chalingan bemorlar uchun bir oydan oshmagan holda); - shifokorning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda telefon raqami; - elektron retseptni tasdiqlagan shifokorning familiyasi, ismi va otasining ismi aks ettirilishi zarur: Elektron retsept rasmiylashtirilgan kundan boshlab yetti kalendar kun amal qiladi. Shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept tasdiqlanganidan so‘ng axborot dasturi orqali Jamg‘arma bilan shartnoma tuzgan dorixonalarga uzatiladi hamda bemorning mobil telefon raqamiga mazkur retseptning raqami va sanasi aks ettirilgan SMS-xabarnoma avtomatik ravishda yuboriladi. Bemor dorixonaga murojaat qilib, elektron retsept raqamini ma’lum qilganidan so‘ng dorixona xodimi tomonidan axborot dasturida mazkur elektron retsept bo‘yicha dori berilishi to‘g‘risida amaliyot bajariladi hamda bemor mobil telefon raqamiga SMS-xabarnoma orqali maxsus kod yuboriladi. Dorixona xodimi maxsus kodni bemordan so‘raydi va axborot dasturiga kiritadi, kod axborot dasturi tomonidan qabul qilinganidan so‘ng reimbursatsiya dasturiga kiritilgan eng past cheklangan qoplash qiymatiga ega bo‘lgan dori vositasi bemorga beriladi hamda axborot dasturida dori vositasi berilganligi dorixona xodimi tomonidan tasdiqlanadi va mazkur elektron retsept yopiladi.

  • 11 Oktyabr, 11:50
  • Batafsil
not found

Turkiy davlatlar donor organlarining yagona bazasini yaratadi

8-oktyabr kuni turkiyzabon davlatlarning Sog‘liqni saqlash vazirlari “Türktransplant” yagona axborot tizimini yaratish bo‘yicha protokol imzoladi. Bu haqda Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, hujjat Ozarbayjonning Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar Sog‘liqni saqlash vazirlarining 4-anjumani doirasida imzolangan. Unga Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirlari imzo chekkan. Protokolning maqsadi TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida donorlik va organ transplantatsiyasi jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi yagona axborot tizimini yaratish hisoblanadi. “Türktransplant” tizimi donorlar va oluvchilar haqidagi ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash, organ transplantatsiyasini tashkil qilishni osonlashtirish va donorlik hamda transplantatsiya bilan bog‘liq masalalarni birgalikda hal qilishga imkon yaratadi. Shuningdek, protokol tashxis qo‘yish usullarini standartlashtirish, transplantatsiya markazlarini yaratish va operatsiyalarni amalga oshirish, shuningdek, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish maqsadida birgalikda treninglar o‘tkazishni nazarda tutadi. Asosiy maqsadlardan biri TDT davlatlarida organ transplantatsiyasi bo‘yicha yagona qonunchilikni ishlab chiqish va a’zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik asosida donor organlari bazasini yaratish. Ma’lum qilinishicha, barcha tadbirlar Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

  • 10 Oktyabr, 17:43
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech