Yangiliklar

not found

Hindiston maymunchechakka qarshi vaktsina ustida ishlamoqda

Hindistonning eng yirik vaktsina ishlab chiqaruvchisi Hindiston Serum instituti (SII)  yil oxirigacha mpox virusiga (maymunchechakning yangi nomi) qarshi vaktsina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda med.news xabar bermoqda. "mpox epidemiyasi tufayli biz ushbu kasallikka qarshi vaktsina ishlab chiqish ustida ishlamoqdamiz. Umid qilamizki, joriy yil oxirigacha ijobiy natijaga erishiladi”, — deya SII direktori Adar Punavalla soʼzlarini keltiradi sayt. Unga koʼra, Punedagi Milliy virusologiya instituti Hindistonda 2022 yilda maymunchechak bilan kasallangan 30 ta holat qayd etilgan mpox namunalarini oʼrganish boʼyicha mamlakatdagi yetakchi tibbiy muassasaga aylangan. Аvvalroq Hindiston hukumati mpox tarqalishi xavfi tufayli aeroportlar, dengiz portlari va Bangladesh hamda Pokiston bilan chegaralarda hushyorlikni kuchaytirgan edi. Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti 2022 yil iyul oyida maymunchechak epidemiyasini xalqaro tashvishga soladigan favqulodda holat deb eʼlon qilgan edi. Hindistonda mpox infektsiyasining oxirgi holati 2024 yil mart oyida aniqlangan. Mamlakat bosh vaziri idorasi maʼlumotlariga koʼra, hozirda Hindistonda maymunchechak bilan kasallanish holatlari qayd etilmagan. Maymunchechak - kam uchraydigan virusli kasallik boʼlib, uning belgilari isitma, intoksikatsiya, kattalashgan limfa tugunlari va dogʼlar koʼrinishidagi toshmalar, pufakchalar paydo boʼlishi sanaladi. Yuqumli kasallik ikki-toʼrt hafta davom etadi, ammo ogʼir holatlarda oʼlimga olib kelishi mumkin.

  • 23 Avgust, 09:00
  • Batafsil
not found

Dorilarni vaqtida ichishni unutish nimalarga sabab bo‘lishi mumkin?

Dorilarni qabul qilishni o‘tkazib yuborish qanchalik xavfli ekanligini va bu tanamizga qanday ta’sir qilishini o‘rganamiz. Doza Infeksiyalarga qarshi kurashuvchi ba’zi preparatlar va antibiotiklar aniq dozani talab qiladi. Agar juda kam qabul qilinsa, ta’sir qiluvchi modda barcha patogenlarga bardosh bera olmaydi. Agar juda ko‘p bo‘lsa - bu nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. O‘z vaqtida qabul qilish Preparatning ta’siri ma’lum vaqtga mo‘ljallangan. Tanamiz doimo dorilarni organizmimizdan chiqarib turadi, shuning uchun qondagi faol modda konsentratsiyasi vaqt o‘tishi bilan pasayadi. Keyingi dozani o‘z vaqtida qabul qilmaslik, dori darajasi infeksiyaga qarshi kurashish uchun yetarli bo‘lmaydi. Davolash davomiyligi Simptomlar bo‘lmasa ham, davolash kursini mustaqil ravishda to‘xtatish kerak emas. Ba’zi bakteriyalar omon qolishi va yana ko‘payishni boshlashi mumkin, bu esa keyingi davolanish jarayonini yanada murakkabroq va uzoqroq qiladi. Preparatni qabul qilish vaqtini o‘tkazib yuborish kasallik nazoratini yomonlashtiradi. Dori vositasining bitta dozasini o‘tkazib yuborish xavfli emas, lekin sog‘ayish jarayonini sekinlashtirishi mumkin. Agar bunday holatlar tez-tez sodir bo‘lsa, kasallik qaytalanishi mumkin. Shuning uchun dorilarni har kuni bir vaqtda qabul qilishga harakat qiling - shunda siz rejimga ko‘nikasiz va o‘tkazib yuborish ehtimoli kamayadi. Shuningdek, shifokor tavsiyalariga amal qiling - shunda davolanish maksimal darajada samarali va xavfsiz bo‘ladi!

  • 22 Avgust, 18:01
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech